|
Darajasini nazorat qilish, prognozlashtirish va boshqarishBog'liq g-o-zaning-holati-va-asosiy-zararkunandalari-bilan-zararlanish-darajasini-nazorat-qilish-prognozlashtirish-va-boshqarishMUHOKAMA
Biroq qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari (xususan g‘o‘zaning asosiy
zararkunandalari) rivojlanishini avtomatlashtirilgan prognozlashtirish va ularga asoslangan holda
intellektual kurash tizimini zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlab chiqish
masalalari nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham tadqiq qilinmagan.
Tadqiqot ishining asosiy maqsadi g‘o‘za rivojlanish davrida zarar keltiradigan asosiy
zararkunandalari g‘o‘za tunlami, kuzgi tunlam, trips, o‘rgimchakkana, shiralarning rivojlanishi,
tarqalishini prognozlashtirish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimini, uning asosida himoya
tadbirlari rejalarini ishlab chiqishdan iborat.
Ilmiy tadqiqot ishlarimizning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini qishloq xo‘jaligida va xususan o‘simliklarni
himoya qilishda qo‘llash.
2.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy zararkunandalari ko‘sak qurti, ildiz qurti,
trips, shira va o‘rgimchakkananing rivojlanish monitoringi tizimlarini yaratish va joriy qilish.
3.
Ko‘sak qurti, ildiz qurti, trips, shira va o‘rgimchakkana ga qarshi o‘tkaziladigan
himoya ishlarini rejalashtirish.
4.
Axborotlarni to‘plash qayta ishlash va saqlash texnologiyasining kontseptual
asoslarini va avtomatlashtirilgan tizimning axborot ta’minotini ishlab chiqish;
5.
Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni biologik va kimyoviy ximoya qilish vositalariga
bo‘lgan talablarni joriy va ko‘p yillik rejalashtirish usullarini ishlab chiqish;
6.
Foydali entomoflarni ishlab chiqaradigan biologik fabrikalar ishlarini optimal
rejalashtirish usullarini ishlab chiqish;
7.
G‘o‘zaning asosiy zararkunandalari ko‘sak qurti, ildiz qurti, trips, shira va
o‘rgimchakkananing rivojlanishi va tarqalishini avtomatlashtirilgan prognozlashtirish tizim
asosida intellektual kurash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Tadqiqotlarda umumentomologik (Golub va b., 1980; Doroxova va b., 2001; Alexin,
2002; Tanskiy va b., 2002), prognozlashtirish (Larchenko, 1973; Zapevalova, 1983; Moroko,
1986; Babaxanova, 1988; YAxyaev, 1994) va boshqa (Polyakov, 1980; Saulich, 1985; Sergeyev,
Levina, 1986; Doronina, Makarova, 1994 va b.) uslublardan foydalaniladi.
Laboratoriya va dala sharoitida zararkunanda (ko‘sak qurti) va foydali hasharotlar
(trixogramma, brakon, oltin ko‘z) ning sonini aniqlash (o‘rtacha har 100 o‘simlikda qanchaligi)
Zapevalova, 1983 usulida; ko‘sak qurti rivojlanish fenologiyasini kuzatish va ularni foydali
haroratlar yig‘indisi bilan bog‘lash Zapevalova, 1983; Yahyaev, 1994 usullari yordamida;
UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
|
| |