|
Dars ishlanma
|
bet | 4/6 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #250396 |
Bog'liq Dars ishlanma m rizoEgiluvchan magnit disklar – (yoki, qisqacha) disketlar, asosan, ikki xil bo‘lib, himoya g’ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka – disk diametrlari bilan farqlanadilar (3,5 dyumli– 89 mm, 5,25 dyumli – 133 mm). Ularning sig’imini uning g‘ilofida ko‘rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‘imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o’qiladi. Himoya g’ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo’lsa undagi axborotni faqat o’qish mumkin bo’lib, u disketdagi axborotni o’chirish va o’zgartirishdan saqlaydi.
Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy – egiluvchan) qisqacha diskyurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo’yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o’zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g’ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o’qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo’nalishida harakatlantiradi.
Multimedia – matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasidir. Multimedia uchun zamonaviy CD–ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987-yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD – ROM Conference) bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli multimedia paydo bo‘lishining boshlanishi deb hisoblanadi.
H ozirgi kunda axborotlarni tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri USB-yig’uvchilar bo’lib flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda. USB-yig’uvchilar – ko’p marta yoziladigan yarim o’tkazgichli xotiradir. Ular integral mikrosxemalar asosiga qurilgan bo’lib, mexanik harakatlanuvchi qismlardan holidir. Flash-xotiraning axborot sig’imi 16 Mbaytdan bir necha o’n Gbaytgacha bo’lgan turlari mavjud. Flash-xotira va flash disklarning kun sayin axborot sig’imi kattalari ishlab chiqarilmoqda.
Printer – ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o‘yma qolipli), purkovchi, lazerli. Printerlarning bosma turi hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi.
Purkovchi printer qog‘ozga chiqariladigan ma’lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo‘li bilan hosil qiladi.
Lazer printeri ma’lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta’sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog‘ozga chiqariladigan axborotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma‘lumot chop etsa, lazer printerining bu ko‘rsatkichi o‘n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma‘lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.
Plotter (grafyasagich) – chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog‘ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300300 sm o‘lchamgacha bo‘lgan katta qog‘ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
|
| |