|
Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsdagi asosiy tayanch tushunchalar
|
bet | 3/6 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #250396 |
Bog'liq Dars ishlanma m rizoDars turi: Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsdagi asosiy tayanch tushunchalar: asosiy xotira qurilmasi,monitor, magnit tasma, EMD, optik disklar, multimediya, flesh-xotira, printer, plotter, skaner, web-kamera
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism. a) O’quvchilar bilan salomlashish; b) yo’qlama qilish; c) sana va mavzuni taqdimot orqali doskaga tushirish; d) Jurnalga sana va mavzuni yozish.
II. Uy vazifasi nazorati. O’quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so’rash va tekshirib olish. Umuman uy vazifasi ishlamagan o’quvchilar aniqlanadi. O’quvchilarning uy vazifasi yuzasidan savollariga javob beriladi.
III. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilar 3 ta guruhga ajratiladi. Bunda 15 ta o’quvchi 1 dan 3 gacha raqamlangan kartochkalarni tasodifiy tanlash usuli bilan guruh raqamini aniqlashadi va shu guruhga ajratilgan joyga borib o’tirishadi. (afzallik tomoni: bunda o’quvchilar o’rtasida ziddiyat kelib chiqmaydi, keyingi darslarda guruhdagi o’quvchilar o’zgarib turadi va sinfdagi barcha o’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat shakllanadi) Oldingi darsimizda qaysi mavzu o’tilganligi o’quvchilardan so’raladi. “Kompyuterlar”. Bu mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga quyidagi topshiqiqlar beriladi:
1-topshiriq (og’zaki bayon qilish). Bu topshiriq asosida har bir guruh savollarga javob topadi va og’zaki bayon qiladi.
2-topshiriq (yozma). O’quvchilar quyidagi rasmlarga qarab Sistema blokni tashkil qiluvchilarining nomlarini yozishadi, to’g’ri jaxoblar sanaladi. Har bir to’g’ri javob uchun 1 balldan beriladi.
Har ikkala shart uchun qo’yilgan ballar kompyuterga tushib boriladi va albatta proektor yordamida doskada aks ettiriladi.
IV.Yangi mavzuni o’rganish. Aqliy hujum uyushtiriladi:
Doskaga slayd orqali bugungi mavzuga oid kompyuter texnikasi vositalari rasmlari tashaladi va guruhlardan ularning nomlari so’raladi. Bu bilan o’quvchilar faolligi oshiriladi. Ma’ruza va suhbat asosida mavzuni tushuntirish
Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. HDD, Hard – qattiq, Disk – disk, Drive – dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o’rnatilayotganda shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog’lab qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dasturlari, hujjatlari va boshqa turdagi ma’lumotlari ham shu diskda saqlanadi.
Qattiq disklarga axborotni yozish va o’qish magnitlash asosida bo’lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus. головка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo’lgan bir nechta diskdan (shu bois, ko’potar miltiq nomiga moslab “vinchester” deb ham atashadi) iboratdir. Birinchi vinchester 1973 yil IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Egiluvchan magnit disklar – (yoki, qisqacha) disketlar, asosan, ikki xil bo‘lib, himoya g’ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka – disk diametrlari bilan farqlanadilar (3,5 dyumli– 89 mm, 5,25 dyumli – 133 mm). Ularning sig’imini uning g‘ilofida ko‘rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‘imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o’qiladi. Himoya g’ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo’lsa undagi axborotni faqat o’qish mumkin bo’lib, u disketdagi axborotni o’chirish va o’zgartirishdan saqlaydi.
Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy – egiluvchan) qisqacha diskyurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo’yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o’zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ularning biri himoya g’ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o’qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo’nalishida harakatlantiradi.
|
| |