|
Dars ishlanmasi (konspekt) 7-dars dars sanasi: Sinf: Fan nomi: Texnologiya
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #116861 |
Bog'liq Dars ishlanmasi (konspekt) 7-dars dars sanasi Sinf Fan nomi T
DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) 7-DARS
Dars sanasi: _______ Sinf: ___________
Fan nomi: Texnologiya
Mavzu: Barglardan qushchalar shaklini yasash
Maqsad:
Ta’limiy: Barglardan qushchalar shaklini yasash haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Tejamkorlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchida ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish,
Qog’oz va qaychi,tabiiy materiallar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi:tabiiy materiallar, qog’oz,qaychi,yelim,albom varog’i.
Kommunikativ kompetensiya:
texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish
Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi
Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:
mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi
Tayyor yasalgan applekatsiya namunalari.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
2
|
7
|
20
|
10
|
3
|
3
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish:
Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni.
1.O’quvchilar bilan tabiiy materiallar haqida suhbat o’tkazish.
2.Ularni turlari haqida savol-javob o’tkazish.
3Tabiiy materiallarni darsimizdagi o’rni haqida suhbat.
4.Yasalgan ish namunalarini ko`rsatish.
5.Yong`oqning yarimtakisidan qanday hayvon ko`rinishini yasasa bo`ladi?
6.Toshbaqa qanday qismlardan yoki tana azolaridan iborat?
7.Uning boshi va oyoqlarini yasashda plastelindan foydalanamiz.
8.Yasash bosqichlarini ko’rsatib berish.
9.O’quvchilar mustaqil yasaydilar.
10.Yasash vaqtida o’quvchilar ishi kuzatib boriladi.
11.Qaychidan foydlnishda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish
12.Jonivorlar haqida topishmoqlar aytish va javoblarini topish.
13.Jonivorlar haqidagi klasterni yechish
Toshbaqa haqidagi topishmoq aytiladi,o`quvchilar topadilar.
Usti tosh,tagi tosh.
O`rtasida jondor bosh.
IV. Darsni mustahkamlash:
1.Yasab bo’lgan o’quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o’tkazaman.
2Qanday tabiiy materiallar turlarini bilasiz?
3.Yong`oqdan qanday hayvonlarni yasash mumkin?
4.Toshbaqa qanday qismlardan yoki tana a`zolaridan iborat?
V.O’quvchilar ishini baholayman.
VI. Uyga vazifa:
Darsda ulgurmagan ishlarni tugatib kelish.
|
| |