|
{ }-son
Bir tomondan Jizzax shahar MMTB
|
bet | 8/13 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 37,25 Kb. | | #112695 |
Bog'liq 5-sinf shartnoma
Bir tomondan Jizzax shahar MMTBga qarashli 17-son umumta’lim maktabi nomidan Ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi F.Rustamov shaxsida hamda ikkinchi tomondan ta’lim o’zbek tilida olib boriladigan 5-A sinf o’quvchisining ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs yoxud umumta’lim maktabi o’qituvchisi, bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi Xasanova Gulxayo Esonmurodovna
mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I.SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2023/2024 o’quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning
1.2-bandida ko’rsatib o’tilgan darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalar Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxada beriladi:
Matimatika, Ingliz-tili, Rus-tili, Texnologiya,Biologiya, Musiqa, Tarbiya, Tasviriy San`at, Ona tili, Informatika, Tarix, Adabiyot, Geografiya,
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab foydalanuvchining aybi bilan darslik va/yoki o’quv-metodik qo’llanma yo’qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va /yoki o’quv-metodik qo’llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida ko’rsatilgan tartibda to’lashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko’rsatilgan darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni foydalanishga yaroqli bo’lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko’rsatilgan darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bo’lgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalardan foydalanish shartlari va muddatlari to’g’risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarning to’liq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini ta’minlash;
3.2.2. Darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalar yo’qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi xujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko’rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to’lash:
Birinchi sinf o’quvchilarining har bir darslik va o’quv-metodik qo’llanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;
2-4-sinf o’quvchilarining har bir darslik va o’quv-metodik qo’llanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
5-11-sinf o’quvchilarining har bir darslik va o’quv-metodik qo’llanmalari uchun – uning to’rt baravari miqdorida.
|
| |