• Ishlab chiqarish foydasi.
  • CHekanskiy A.N., Frolova N.L. Mikroekonomika-2: Uchebnoe posobq. - M.: TEIS, 2003.- 245 s.
  • Ishlab chiqarish хarajatlarini o’zgarishi




    Download 110.64 Kb.
    bet5/5
    Sana23.05.2023
    Hajmi110.64 Kb.
    #63632
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Elementlarning-kimyovey-xossalari.Абсоатов-Ю (1), PSIXOLOGUYA

    Ishlab chiqarish хarajatlarini o’zgarishi.





    Meh.
    Bir.
    Miqdor (L)

    Umum
    .
    mah- sulot
    (Q)

    Umumiy хarajat

    Qo’shim
    -cha хaraj.
    (MC)

    O’rtacha хarajat







    Doi- miy
    (TFC)

    O’zga- ruvchan
    (TVC)

    Umu- miy
    (TC)




    Doi- miy
    (AFC)

    O’zga- ruvchan
    (AVC)

    Umu- miy
    ATC

    0

    0

    1000

    0

    1000

    ---

    ---

    ---

    ---

    1

    15

    1000

    250

    1250

    16,7

    66,7

    16,7

    83,3

    2

    40

    1000

    500

    1500

    10,0

    25,0

    12,5

    37,5

    3

    63

    1000

    750

    1750

    10,8

    15,9

    11,9

    27,8

    4

    76

    1000

    1000

    2000

    19,2

    13,2

    13,2

    26,3

    5

    85

    1000

    1250

    2250

    27,8

    11,8

    14,7

    26,5

    6

    90

    1000

    1500

    2500

    50,0

    11,1

    16,7

    27,8

    7

    91

    1000

    1750

    2750

    250,0

    11,0

    19,2

    30,2

    Bu jadval ma’lumotlarini grafikda aks ettirsak quyidagicha bo’ladi.



    1. Ishlab chiqarish foydasi.


    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning shakllanishi bilan talab va taklif nazariyasi mavzusida tanishgan edingiz.
    Narx — (baho) tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo`lishi mumkin, bu esa bozordagi o`sha tovarga bo`lgan talab va uning taklifiga bog`liq bo`ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaligi sifati va boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga xam bog`liq bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy muammolaridan biri — nima ishlab chiqarish kerakligini xal etadilar. Baho tovar taklifi, axolini to`lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarini oshib yoki kamayib ketishi to`g`risida korxona egalariga axborot beradi.
    Baxoning ya’na bir vazifasi qiymat o`lchovidir bunda qilingan xarajatlar va olingan natija (mahsuot yoki xizmatlar) biron bir narx yordamida hisob kitob qilinadi.
    Rag`batlantirish vazifasi — foyda, tovar bahosi bilan uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar o`rtasidagi farqqa teng bo`ladi. Muayyan baho sharoitida ko`proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish zarur. Shu sababli, korxonalar tejamli ish tutib xarajatni pasaytirishga xarakat qiladi. Buning uchun, ishlar chiqaruvchilar resurslardan ratsional foydalanishi ilg`or texnika va texnologiyani, mehnatni ilmiy tashkil qilishni, ishlab chiqarishga joriy qilishga majbur bo`ldilar. Baho yana bir taqsimlash vazifasini bajaradi. Ma’lumki korxonalarning olgan daromadi tovarning narxiga bog`liq. Muayyan xarajatlar qilingan sharoitda baxoni qiymatga nisbatan pastga va yuqoriga o`zgarishi foydaning ishlab chiqaruvchilar o`rtasuda har xil taqsimlanishga olib keladi. Buning natijasida bir xil ishlab chiqaruvchilarni daromadlari o`sadi, boshqalar esa tovar sotishdan zarar ko`radilar. Baholar tovar pul muomalasi shakli va realizatsiya qilinadigan mahsulot turiga muvofiq farqlandi, ammo bahoning har xil turlari bir-biri bilan o`zaro bog`liq va yagona tizimini tashkil etadi. Bularga: a) ulgurji baholar bilan firmalar o`z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotadilar. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni va zarur foydani olishni ta’minlab berishi zarur. b) tovarlar aholiga chakana baholar yordamida sotiladi. Bu baholarga davlat savdosi, ite’mol kooerasiyasi, kolxoz bozori, komission savdo baholari kiradi. Chakana baho darajasiga aholining real daromadlari bog`liq bo`ladi. v) xarid baholari qishloq xo`jalik mahsulotlarini davlat tamonidan sotib olishda ishlatiladi. g) dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo`llaniladi. Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o`zining vazifalari orqali ta’sir etadi. Korxonalarning ish faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ko`rsatkichlar mavjud. Ulardan birinchisi sotilgan mahsulot hajmi yoki korxonani yalpi maxsulotidir.Firma tomonidan bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatllarni puldagi ifodasiga uning yalpi maxsuloti deyiladi. Masalan, korxona bir yilda 20 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi va uni har birligini 300 so`mdan sotdi, unda korxona mahsulotini sotish hajmi yoki mahsulot 6 million so`mni tashkil etadi. (20 ming*300 so`m=6 mln. so`m).
    Korxona faoliyatini aks ettiruvchi asosiy ko`rsatkichlardan yana biri bu firmani yalpi foydasi. Korxonani yalpi mahsulotidan uning ishlab chiqarishga sarf etilgan xarajatlari chegirib tashlanadi. Bizning misolimizda, agar biz korxonaning xarajatlari 3mln. so`mni tashkil etadi. (6 mln.—3 mln. so`m=3 mln so`m).
    Korxonani yalpi foydasidan u soliq to`lashi lozim va hamma to`lovlarni to`lab bo`lgandan so`ng qolgan qismi korxonani sof foydasini tashkil etadi. Agar biz ushbu to`lovlar 1 mln. so`mni tashkil etdi deydigan bo`lsak, unda korxonani sof foydasi 3-1=2 mln
    so`mga teng bo`ladi. Ana shu sof foydani korxona mustaqil ishlatadi. U ishchilarni va xodimlarni moddiy rag`batlantirishga, ishlab chiqarishga, ijtimoiy sohaga va sug`urta fondlariga sarf etiladi.
    Sof foydani ishlatish yo`llarini tanlashga davlat sog`liqlari, soliq imtiyozlari, shuningdek iqtisodiy choralar bilan ta’sir ko`rsatadi. Foydani taqsimlash asosida butun jamiyat manfaatlarini, mehnat jamoalarining manfaatlari bilan muvofiqlashtirish, ularda o`z faoliyatini takomillashtirishdan, foydaning yaratilishi va undan ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishchilarni moddiy rag`batlantirish uchun foydalanishdan manfaatdorlikni vujudga keltirishga ketadi.
    O`zbekistonda bozor manfaatlariga o`tilishi korxona va davlat o`rtasida o`zaro aloqalarning iqtisodiy asosini tubdan o`zgartirdi. O`zbekistonda soliqlar to`g`risidagi qonunga muvofiq hamma turdagi korxonalar uchun foydadan yagona soliq joriy etildi. Bunda to`lanadigan soliqning eng yuqori miqdori 50 % belgilangan. Davlatning amalgam oshirayotgan soliq siyosati, rivojlanishi zarur bo`lgan tarmoq korxonalariga ma’lum imtiyozlar ham ko`zda tutilgan. Shuningdek yangi texnika — texnologiyani o`zlashtirishga, ilmiy tadqiqot ishlarini amalgam oshirishga, tabiatni muhofaza qilish ishlariga sarf etiladigan mablag`larga ham imtiyozli soliq belgilangan. Korxonalarga foydadan olinadigan soliqdan tashqari yana, oborot solig`i, mahsulot sotish solig`i, eksport—import solig`i, tashqariga olib-chiqib ketiladigan xom-ashyo resurslarga solinadigan soliq turlari joriy etilgan. Korxonadan olingan foydani mutloq miqdori emas, uning foydaliligi darajasi yoki rentabilligi qiziqtiradi.
    Rentabellik — xo`jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko`rsatkichlardan biri bo`lib, u ma’lum vaqt (yil, oy, kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko`rsatadi.
    Korxona rentabelligi olingan foydani qilingan sarflarga taqqoslash orqali aniqlanadi va u foizlarda ifodalanadi. Korxona umumiy xo`jalik faoliyati rentabelligini biror turdagi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi (p) quydagicha aniqlanadi:
    foyda
    P`= —————*100
    joriy sarflar
    Xuddi shunga o`xshash ayrim mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi (p) hisoblash mumkin, u quydagicha hisoblanadi:
    Mahsulot sotishdan olingan foyda P`=———————————————*100%
    Mahsulotga xarajatlar
    Undan tashqari mahsulotni sotish rentabelligi hisoblanadi, u quydagicha hisoblanadi:
    mahsulotni sotishdan olingan foyda P`=————————————————*100%
    Mahsulotga xarajatlar
    Undan tashqari mahsulotni sotish rentabelligi hisoblanadi, u quydagicha hisoblanadi:
    Foyda P`=——————*100%
    sotish xajmi
    Rentabellik darajasini o`sishiga quyidagi omillar ta’sir ko`rsatadi; ishlab chiqarish unumdorligini oshishi, materiallar, yoqilg`i, xom-ashyo, asosiy fondlarni iqtisod qilish, korxona fondlarini aylanishini tezlashtirish, ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatish va boshqaruvga sarflarni kamaytirish va h.k.
    Adabiyotlar:

    1. Egamberdqv E. Mikroiqtisodiyot: Darslik. - T:.TMI, 2004.- 226 b.

    2. G’ulomov S.S, Alimov R.Х, Salimov B.T. Mikroiqtisodiyot: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik .-T.: SHarq, 2001. – 320 b.

    3. Falьtsman V.K. Osnovo’ mikroekonomiki. - M.: TEIS, 2003. – 310 s.

    4. Nureev R.M. Kurs mikroekonomiki.- M.: NORMA-Infra, 2005.-576 s.

    5. Salimov B.T., O’roqov N.I., Mustafaqulov SH.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Ma’ruzalar matni . – T.: Moliya iqtisodchi, 2005.- 360 b.

    6. Salimov B.T., Hamdamov Q.S., O’raqov N.I. Mikroiqtisodiyot: Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma- T.: “Ijod dunyosi”, 2003.- 256 v.
    7. CHekanskiy A.N., Frolova N.L. Mikroekonomika-2: Uchebnoe posobq. - M.: TEIS, 2003.- 245 s.


    Internet saytlari:
    WWW.banking.com WWW.state.us
    WWW.bankreferatov.ru WWW.bizcom.ru
    WWW.bankofengland.co.uk/markets/money/index/htm





    Download 110.64 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 110.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish хarajatlarini o’zgarishi

    Download 110.64 Kb.