|
Element (сущность, entity) —
|
bet | 4/53 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #108476 |
Bog'liq Dasturiy injiniringElement (сущность, entity) — real hayotdagi biror ob’ekt.
MySQL – erkin foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimi.
ADO.NET – Microsoft .NETga asoslangan ma’lumotlarga доступни ta’minlovchi texnologiya.
Entity SQL – SQL tiliga o’xshash til hisoblanib, Entity Framework da konseptual modellarda so’rovlarni amalga oshirishga mo’ljallangan.
LINQ to Entities – LINQ vositalari orqali ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish interfeysi.
Model First – Vizual muharrir asosida edmx model va ma’lumotlar bazasini shaklantirish texnologiyasi.
Code First – C# tilida yozilgan model kodi asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish texnologiyasi.
Database First – Ma’lumotlar bazasi asosida edmx modelni shallantirish texnologiyasi.
Entity Framework ga kirish
Entity Framework – .NET Framework asosida ma’lumotlar bilan ishlashni ta’minlovchi maxsus ob’ektga yo’naltirilgan yondashuvni ifodalaydi. Agar an’anaviy ADO.NET vositalari orqali DBga ulanishlar, sql-buyruqlar va boshqa shu turdagi ob’ektlar orqali DB bilan ishlash amalga oshirilsa, Entity Framework orqali yuqori darajadagi abstraktsiya hosil qilinib, DB va undagi ma’lumotlarni saqlagichlar tipidan qat’iy nazar abstraktsiyani tashkil qilishga imkon yaratadi.
Entity Framework da fizik darajada jadval, indeks, birlamchi va ikkilamchi kalitlar bilan ish ko’rsak, konseptual darajada ob’ektlar ustida amal bajariladi.
Entity Framework - 1.0 versiya – 2008 yil yaratilgan bo’lib, chekli funksionalga ega bo’lib, oddiy ORMni va DB bilan ishlashda faqatgina Database First yondashuvni amalga taklif qilgandi.
2010 yilda 4.0 versiya yaratilgach, ushbu texnologiya DB bilan ishlashda yetakchi texnologiya sifatida ishlatilmoqda. Ushbu versiyada Model First va Code First kabi yondashuvlar yaratildi.
|
| |