|
Foydalanilgan qisqartmalar
|
bet | 3/53 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #108476 |
Bog'liq Dasturiy injiniringFoydalanilgan qisqartmalar
LINQ — Language Integrated Query (tuzilmalangan so’rovlar tili)
EF – Entity Framework (ma’lumotlarga доступни ta’minlovchi ob’ektga-mo’ljallangan texnologiya)
ORM — object-relational mapping ()
EDM — Entity Data Model ()
DB — Database (ma’lumotlar bazasi)
VS 2013 — Visual Studio 2013
OOP — Object-Oriented Programming (ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash)
UML — Unified Modeling Language (unifitsirlangan modellashtirish tili)
TPH — Table Per Hierarchy (klasslar iyerarxiyasiga mos jadval)
TPT — Table Per Type (tipga mos jadval)
TPC — Table Per Concrete Type (har bir alohida tipga mos jadval)
Foydalanilgan terminlar
Klass (класс, class) — mantiqiy tuzilma hisoblanib, maydonlar (atributlar), metodlar va hodisalar majmuasidan iborat.
Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash (объектно ориентированное программирование, Object-Oriented Programming) — asosiy kontseptsiyalari ob’ekt va klass tushunchalari hisoblangan dasturlash paradigmasi.
Ob’ekt (объект, object) — o’zinng holati va harakatiga ega bo’lgan virtual fazodagi bir element bo’lib, xususiyatlari(atributlar)ning qiymatlari aniqlangan bo’lib, ular ustida bir qancha amallar (метод) larni bajarish mumkin. «Кlass nusxasi» va «оb'ekt» terminlari sinonim hisoblanadi.
Klass maydoni yoki аtribut (переменная-член, data member, class field, instance variable) — klass yoki ob’ektga mansub o’zgaruvchi. Ob’ektning barcha ma’lumotlari uning maydonlarida saqlanadi. Ushbu maydonlarga murojaat uning nomi orqali amalga oshiriladi. Har bir maydon tipi klass aniqlanganda ko’rsatiladi.
Ma’lumotlar tipi (тип, type) — qiymatlar va ular ustida aniqlangan amallar to’plami
Metod (метод, method) — muayyan klass yoki ob’ektga tegishli funksiya yoki protsedura. Metod biror amalni bajarish uchun zarur bo’lgan bir nechta operatorlardan iborat bo’lib, kiruvchi argumentlarga ega bo’lishi mumkin..
|
| |