6
3. INDIVIDUAL LOYIHANING TARKIBI
Individual
loyiha kirish, nazariy, amaliy (dasturiy) qism, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.
Har bir bo‘lim bo‘yicha
qisqacha tushuntirish
3.1. KIRISH
Bu bo‘limda talaba o‘ziga berilgan mavzu bo‘yicha dasturlash tillarining
rivojlanishi, yurtimizda AKTga bo‘lgan e’tibor haqida qisqa ma’lumotlar
berib
o‘tadi.
Masalan talaba tomonidan “Oziq ovqat maxsulotlarini yetkazib beruvchi
mobil ilova ishlab chiqish mavzusi” tanlangan bo‘lsa,
u holda talaba kirish
qismida qisqacha axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi,
umuman qisqacha aytganda shu individual ishini
bajarishdan asosiy maqsadini,
dastur yaratilgandan so‘ng uning qanchalik darajada jamiyat foyda keltirishi haqida
to‘xtailb o‘tishi tavsiya etiladi. Bundan tashqari kirish
qismida berilgan mavzu
doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.