• Ogohlantirish.
  • Dasturiy taʼminot




    Download 245,11 Kb.
    bet15/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    Disketalarni formatlash
    Disketani birinchi marta ishlatishdan oldin uni DOS ning Format dasturi ishlay olishi uchun tayyorlash kerak.
    Bu jarayon initsiallashtirish yoki formatlashtirish deb ataladi. Buyruqni ko‘rinishi quyidagicha:
    Format diskovod: [/S]
    Misol: format a:
    Ogohlantirish. Agar disketaga qandaydir axborot yozib qo‘yilgan bo‘lsa, u Format dasturi tomonidan yo‘q qilinadi. Shuning uchun buyruqni kiritishdan avval “Enter” tugmachasini bosish bilan buyruq qatorida hammasi to‘g‘ri yozilganligiga amin bo‘lish uchun yana bir bor o‘qib chiqing.
    Agar buyruqda /S parametri ko‘rsatilsa, unda "tizimli" disketa, ya'ni undan DOS amallar tizimini yuklash mumkin bo‘lgan disketa tayyorlanadi. Sig‘imi 360 K bayt bo‘lgan disketalar uchun mo‘ljallangan diskovod disketalarni 360 yoki undan kamroq K baytga formatlashtirish mumkin, sig‘imi 1,2 M bayt bo‘lgan disketalar uchun mo‘ljallangan diskovodda disketalarni 1,2 M bayt va undan kam sig‘imiga formatlashtirish mumkin. Buyruqda mavjud bo‘lgan parametrlar disketalarni maksimal sig‘imda formatlash uchun berilmagan, ular haqida hujjatlarning va "foydalanuvchining IBM PC bilan ishlash" dasturlari to‘plamidan o‘qish mumkin. Buyruq parametrlarsiz kiritilganida disketa diskovodning maksimal sig‘imiga mos keluvchi sig‘imga formatlanadi. Buyruq kiritilganidan so‘ng:
    Insert newdiskette to drive x: and strike ENTER when ready (disketani o‘rnating va “Enter” tugmachasini bosing) xabari paydo bo‘ladi.
    Agar disketa buzilgan bo‘lsa, unda Track 0 bad - disk unusable (0 yo‘lka buzilgan, disketadan foydlanib bo‘lmaydi) xabari paydo bo‘ladi.
    Bu xabar, shuningdek, 360 K bayt sig‘imli disketalar uchun diskovodda yuqori zichlikdagi yozuvli (ya’ni 1,2 M bayt sig‘imli) disketani formatlashga uringan paytda ham paydo bo‘lishi mumkin.
    Shuni ta’kidlash kerakki, formatlashtirilayotgan paytida "Track 0 bad - disk unusable" xabari paydo bo‘ladigan disketani ham ba’zida har holda PCTools dasturi bilan formatlashga erishiladi.
    Disketa formatlab bo‘linganda quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi:
    Format another (Y/N)?
    (Yana formatlashtirilsin (Y-ha, N-yo‘qmi?)
    Agar disketalarni boshqa formatlash kerak bo‘lmasa, N deb javob beramiz.
    Ogohlantirish. Qattiq disk (vinchester)ni formatlashga harakat qilish kerak emas, chunki bunda vinchesterdagi hamma ma’lumotlar yo‘q qilib yuboriladi.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 245,11 Kb.