• Misollar: Print file.lst – file.lst faylini chop etish uchun navbatga qo‘yadi. Print/t - fonli bosishni bekor qiladi. Eslatma (mulohazalar).
  • 9.Mavzu: Disklar bilan ishlash Reja: 1. Diskka yozish paytida tekshirish rejimini o‘rnatish va bekor qilish 2. Disketalarni formatlash
  • Fayllarni fon rejimida chop etish




    Download 245,11 Kb.
    bet14/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    Fayllarni fon rejimida chop etish.
    Print dasturi fayllarni bosmaga chiqaradi. Chop etish paytida kompyuterda istalgan boshqa ishni bajarish mumkin, ya'ni bosish "fon" rejimida boradi. Alohida sahifalarni bosish o‘rtasida to‘xtashlar bo‘lmaydi, shuning uchun printer uzluksiz qog‘oz tasmasi yoki qog‘ozning alohida varaqlarini avtomatik tarzda yetkazib turuvchi uskuna bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
    Buyruqning formati: print fayl nomi.
    Bunda fayl chop etish uchun navbatga qo‘yiladi. Print dasturining birinchi chaqirilishida ekranda ushbu xabar paydo bo‘ladi: Name of list device (PRN);
    (Bosish uskunasining nomi, xususiy holda - PRN).
    Bu xabarga javoban fayllar chop etiladigan uskunaning nomini kiritish lozim. Agar darhol “Enter” tugmachasi bosilsa, fayllar PRN uskunasida (LPT1 portiga ulangan printerda) bosiladi.
    Agar fonli bosishni bekor qilish talab etilsa: *print/t buyrug‘ini kiritish kerak. Bunda printerda All files cancelled by operator (Hamma fayllar operator tomonidan chiqarib tashlangan) xabari bosib chqariladi.
    Parametrlarsiz Print buyrug‘i chop etishni kutayotgan fayllarning ro‘yxatini chiqaradi. Agar bunday fayllar bo‘lmasa, ekranga Print queue is empty (bosilishni kutayotgan fayllar navbati bo‘sh) xabarini chiqaradi.
    Misollar:
    Print file.lst – file.lst faylini chop etish uchun navbatga qo‘yadi.
    Print/t - fonli bosishni bekor qiladi.
    Eslatma (mulohazalar). Ayrim dasturlar, masalan, hujjatlarning muharrirlari yoki Windowsning qobig‘i fonli bosish uchun o‘z vositalariga ega. Bu dasturlar bilan ishlaganda, odatda, Print buyrug‘idan foydalanmasdan, ularga o‘rnatilgan fonli chop etish uskunalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    9.Mavzu: Disklar bilan ishlash
    Reja:
    1. Diskka yozish paytida tekshirish rejimini o‘rnatish va bekor qilish
    2. Disketalarni formatlash
    Diskka yozish paytida tekshirish rejimini o‘rnatish va bekor qilish.
    Odatda, diskka yozish xatolarsiz amalga oshiriladi, shuning uchun uning to‘g‘riligi tekshirilmaydi. Ammo write buyrug‘i yordamida tekshirish rejimini yoqish yoki o‘chirish mumkin. Bu rejimni disketalarga muhim axborotni yozishda (masalan, arxivlashtirishda), shuningdek, "adashuvchi" disketalarga yozish paytida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Yozuvning to‘g‘riligini tekshirish uchun yozilgan ma’lumotlar o‘qiladi va agar bunda xatolarga yo‘l qo‘yilmasa, yozuv to‘g‘ri hisoblanadi. Bunday tekshirish to‘liq emas: bunda diskdan unga yozilgan aynan shu axborot qo‘yilganmi yoki boshqasi qo‘yilganligi tekshirilmaydi. Har holda hech narsa bo‘lmagandan ko‘ra, bunday bo‘lsa ham, shu tekshirishning bo‘lgani yaxshiroqdir.
    Buyruqning ko‘rinishi quyidagicha:
    Verify on - disklarga yozishda tekshirish rejimini yoqish;
    Verify off - disklarga yozishda tekshirish rejimini o‘chirish;
    Parametrlarsiz verify - disklarga yozishda tekshirish rejimini yoqilgan yoki o‘chirilganligi haqida axborotlarni chiqaradi.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 245,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fayllarni fon rejimida chop etish

    Download 245,11 Kb.