• Joriy katalogni o‘zgartirish.
  • Misollar: Cd\ - joriy diskning tub katalogiga o‘tish; Cd \exe\doc - \exe\doc katalogiga o‘tish. Katalogni ko‘rib chiqish.
  • Mavzu: Kataloglar bilan ishlash




    Download 245,11 Kb.
    bet11/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    7.Mavzu: Kataloglar bilan ishlash
     
    Reja:
    1. Joriy diskovodni almashtirish buyrug‘i
    2. Joriy katalogni o‘zgartirish
    Joriy diskovodni almashtirish buyrug‘i
    Joriy diskovodni almashtirish uchun joriyga aylanishi lozim bo‘lgan diskovodning nomi teriladi, keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan:
    A: - A: diskovodga o‘tish;
    B: - B: diskovodga o‘tish;
    C: - C: diskovodga o‘tish.
    Shuni eslatib o‘tamizki, buyruq kiritilganidan keyin Enter tugmachasini bosish kerak.
    Agar:
    • diskovodda disketa yo‘q bo‘lsa;
    • disketa o‘qilmasa;
    • disketa formatlangan bo‘lsa, diskovodni joriy qilish kerak emas.
    Joriy katalogni o‘zgartirish.
    Joriy katalogni o‘zgartirish uchun cd (Change Dinectory) buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati quyidagicha:
    Cd[diskovod:] yo‘l
    Agar diskovod berilgan bo‘lsa, unda joriy katalog shu diskda o‘zgartiriladi, aksi bo‘lganida esa - joriy diskovodda o‘zgartiriladi.
    Misollar:
    Cd\ - joriy diskning tub katalogiga o‘tish;
    Cd \exe\doc - \exe\doc katalogiga o‘tish.
    Katalogni ko‘rib chiqish.
    Katalogdagi fayllar (mundarijasi)ni ekranga chiqarish uchun dir buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati:
    Dir [diskovod:] [yo‘l\] [faylning nomi] [/P] [/W]
    Faylning nomida * va ? simvollarini ishlatish mumkin. Agarda faylning nomi berilmagan bo‘lsa, katalogning hamma boblarining nomlari (mundarijasi) chiqariladi aks holda faqat ushbu fayllar guruhi haqidagi ma’lumotlar chiqariladi, xolos.
    Agar buyruqda diskovod yoki yo‘l ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda joriy diskovod va joriy katalog nazarda tutiladi. Har bir fayl uchun dir buyrug‘i uning nomini, kengaytmasini, faylning baytlardagi o‘lchamini yoki faylning so‘nggi yangilanish sanasi va vaqtini xabar qiladi. Kichik (ostki) kataloglar bilan belgilanadi. Chiqarilgan axborot oxirida disketadagi bo‘sh joyning o‘lchamlari haqida xabar qilinadi (8.1-rasm).
    Dir buyrug‘i kiritiladigan axborot.
    Sana va vaqt haqidagi axborotni berish formati har xil bo‘lishi mumkin. U CONFIG.SYS faylining COUNTRY taklifi bilan belgilanadi. Agar "evropacha" format berilgan bo‘lsa, dir buyrug‘i kiritadigan axborot 8.3-rasmda ko‘rsatilgan shaklga ega bo‘ladi.
    /P parametri kataloog va fayllar nomini ekran bo‘yicha chiqarilishini ta’minlaydi. Bu parametr ko‘rsatilganida DOS ekran to‘latilganidan so‘ng foydalanuvchi istalgan tugmachani bosguncha kutib turadi, undan so‘ng navbatdagi sahifani chiqaradi.
    /W parametrlarni (8.2-rasm) chiqarish topshirig‘ini bajaradi, nomlar har bir qatorda beshtadan chiqariladi.
    Misollar:
    Dir - joriy katalogdagi fayllar va kataloglarni (ro‘yxatini) chiqaradi.
    Dir *.exe - joriy katalogdan exe kengaytmali hamma fayllar haqidagi ma’lumotlarni chiqaradi.
    Dir a:\ - a: diskovodidagi katalog va fayllarning nomlari (mundarijasi)ni chiqaradi.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Download 245,11 Kb.