• Kompyuter osilib qolganda yoki noto ‘g‘ri ishlagan paytidagi harakatlar
  • Ekranga chiqarishni to‘xtatish
  • Buyruqda katalogni yaqqol ko‘rsatish




    Download 245,11 Kb.
    bet9/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    Buyruqda katalogni yaqqol ko‘rsatish
    Joriy katalogda joylashmagan va Path buyrug‘ida sanab o‘tilgan kataloglarning birortasida bo‘lmagan dasturni yoki buyruq faylini bajarish uchun DOS ga dasturni yoki buyruq faylini qaysi katalogidan izlash kerakligini xabar qilish lozim. Buning uchun faylning o‘z ichiga zarur dastur yoki buyruq fayli joylashgan katalogga olib boruvchi yo‘lni to‘liq nomini ko‘rsatish kerak. Fayl nomining kengaytmasini (ya’ni COM EXE va BATni) ko‘rsatmasa ham bo‘ladi.
    Kompyuter osilib qolganda yoki noto‘g‘ri ishlagan paytidagi harakatlar
    Ba’zan bajarilayotgan dastur noto‘g‘ri ishlay boshlaydi yoki tugmachalarning bosilishiga javob bermaydi va hokazo. Bunday hollarda dasturning ijrosini to‘xtatish kerak. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
    • dastlab dasturning bajarilishini to‘xtatish yoki uni "osilib qolgan" holatdan chiqarish uchun Ctrl+Break tugmachalarini bir vaqtning o‘zida bosish kerak;
    • agar bu yordam bermasa, unda DOSni qayta yuklash kerak. Buning uchun Ctrl+Alt+Del tugmachalarini bir vaqtning o‘zida bosish lozim;
    • agar Ctrl+Alt+Del tugmachalari bosilganida kompyuter qayta yuklanmasa, unda kompyuter korpusidagi "Reset" tugmachasini bosish kerak;
    • agar sizning kompyuteringizda "Reset" tugmachasi yo‘q bo‘lsa, unda kompyuterni o‘chirish, keyin esa qaytadan yoqish kerak.
    Siz Ctrl yoki Ctrl+Breek tugmachalaridan iborat kombinasiyani bosib DOSning istalgan buyrug‘ining bajarilishini to‘xtatib qo‘yishingiz mumkin (I qismda ko‘rsatilganidek, Ctrl+C kombinatsiyasini bosish, Ctrl tugmachasini bosish va uni qo‘yib yubormay turib C tugmachasini bosishni bildiradi).
    Shuni ta’kidlash lozimki, amaliy dasturlar Ctrl+C yoki Ctrl+Break tugmachalarining bosilishiga (javob bera olsalar ham) javob berishga majbur emas.
    Ekranga chiqarishni to‘xtatish
    Agar DOSning buyrug‘i ekranga haddan tashqari ko‘p axborot chiqarib yuborayotgan bo‘lsa, uni to‘xtatish uchun "Ctrl"+"C" tugmachalari kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Ushbu tugmachalarni qaytadan bosish axborot chiqarishni tiklaydi.
    Boshqa dasturlar uchun ekranga axborot chiqarishni Ctrl+Numlock tugmachalarini kombinatsiyasini bosib to‘xtatish mumkin. Bajarishni davom ettirish uchun istalgan tugmachani bosish kerak.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




    Download 245,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyruqda katalogni yaqqol ko‘rsatish

    Download 245,11 Kb.