• Buyruqlarni ishga tushirish va bajarish
  • Bajarilayotgan dasturni izlash.
  • Mavzu: Buyruqlarni kiritish




    Download 245,11 Kb.
    bet8/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    5.Mavzu: Buyruqlarni kiritish
    Reja:
    1. Buyruqlarni ishga tushirish va bajarish
    2. Ekranga chiqarishni to‘xtatish
    Buyruqni kiritish uchun klaviaturada “Enter”ni bosib, bu buyruqni terish kerak. Buyruqlarni kiritayotganda, buyruqni tahrir qilish uchun quyidagi tugmachalardan foydalanish mumkin:
    BackSpace - (Enter tugmachasi ustidan chap tomonga yo‘naltirilgan strelka) - bundan oldingi simvolni o‘chirish;
    F3 - oldingi buyruqning buyruq qatoriga chaqirish;
    Del - joriy simvolni olib tashlash;
    Ins - o‘rtaga qo‘shish rejimini yoqish-o‘chirish;
    Esc - buyruq qatorini hammasini tozalash.
    Agar operatsion tizim yuklanganda DOSKEY dasturi (pastga qaralsin) ishga tushurilgan bo‘lsa, unda quyidagi tugmachalardan foydalanish mumkin:
    ® ¬ kursorni joydan-joyga ko‘chirish;
    ­ – oldingi buyruqning buyruq qatoriga chiqarish;
    ¯ – keyingi buyruqning buyruq qatoriga chiqarish;
    F7 – eslab qolgan buyruqlarning ro‘yxatini va ularning raqamlarini ekranga chiqarish. Buyruq matnining berilgan qatorini chiqarish uchun F9 tugmachasini bosish kerak.
    Kiritiladigan buyruqlarni tahrir qilish haqida mazkur bobning oxirida batafsilroq ma’lumot keltirilgan.
    Buyruqlarni ishga tushirish va bajarish
    Foydalanuvchi kiritadigan har bir buyruq DOSning yo ichki, yo tashqi yoki boshqa dasturlarning yo bo‘lmasa, buyruq fayllarining buyrug‘ini bajarish zarurligini ko‘rsatadi.
    DOSning ichki yoki tashqi buyrug‘ini bajarish uchun bu buyruqning nomini va uning parametrlarini kiritish zarur.
    Bajarilayotgan dasturni izlash. Foydalanuvchi DOSning ichki buyruqlariga mansub bo‘lmagan holatni kiritganda, buyruq protsessori buyruqda ko‘rsatilgan nomli dasturni izlaydi. Izlash quyidagi kengaytmali fayllar orasida olib boriladi:
    COM - dasturiy fayllar;
    EXE - dasturiy fayllar (boshqa formatda);
    BAT - paketli buyruq fayllar.
    Izlash bu kengaytmalar sanab o‘tilgan tartibda amalga oshiriladi. Agar foydalanuvchi dasturni qaysi katalogdan izlash kerakligini ko‘rsatmagan bo‘lsa, izlash joriy katalogda va DOS Path buyrug‘i bergan kataloglardan izlaydi.
    Agar zarur dastur bu kataloglardan topilmasa, unda ekranga "Bad command or file name" chiqariladi.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 245,11 Kb.