• 6.Mavzu: Fayllar bilan ishlash Reja: 1. Matnli fayllarni yaratish 2. Fayllarni o‘chirish.
  • Buyruqlarni bajarishdagi tanaffus (pauza)




    Download 245,11 Kb.
    bet10/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    Buyruqlarni bajarishdagi tanaffus (pauza)
    DOSning buyrug‘i bajarilayotganda ekranda Strike any key when ready| (Tayyor bo‘lganingizda istalgan tugmachani bosing) yoki Strike any key to continue (Davom ettirish uchun istalgan tugmachani bosing) xabari paydo bo‘lsa, ishni davom ettirish uchun istalgan harf yoki raqam tugmachasini, probel yoki Enterni bosish kerak bo‘ladi.
    6.Mavzu: Fayllar bilan ishlash
    Reja:
    1. Matnli fayllarni yaratish
    2. Fayllarni o‘chirish.
    Shuni taa’kidlash joizki, buyruqlar o‘zining nomi va ehtimol bo‘sh joylar bilan ajratilgan par-ametrlaridan iborat bo‘ladi. Buyruqning nomi va parametrlari bosh harflarda bo‘lganidek, kichik lotincha harflar bilan ham terilishi mumkin. Biz qavslarda buyruqlarning majburiy bo‘lmagan un-surlarini ham ko‘rsatib boramiz.
    Matnli fayllarni yaratish.
    Matnli faylni yaratish uchun matn fayllari bilan ishlay oladigan, masalan, kompyuterga qo‘shib ishlangan Norton Commander yoki leksikon (quyiga qaralsin) kabi istalgan muharrirdan foydalanish mumkin.
    Uncha katta bo‘lmagan matn fayllarini bevosita klaviaturadan terish mumkin. Buning uchun copycon faylining buyrug‘ini hamda qatorlarini navbatma-navbat kiritish lozim. Har bir qator oxirida Enter tugmachasini, so‘nggi qator kiritilgandan so‘ng esa F6 tugmachasini keyin esa En-ter tugmachasini bosish lozim bo‘ladi. Copy buyrug‘i 1 file(s) copid. (Bitta fayldan nusxa olib bo‘lindi) xabarni chiqaradi va diskda ko‘rsatilgan fayl nomi paydo bo‘ladi.
    Fayllarni o‘chirish.
    Fayllarni olib tashlash uchun del buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati quyidagicha:
    Del [diskovod:] [yo‘l\] faylning nomi
    Faylning nomida * va ? simvollarini qo‘llash mumkin.
    Misollar:
    Del *.bak - joriy katalogdan kengaytmasi bak bo‘lgan hamma fayllarni o‘chiradi;
    Del paper.doc - joriy katalogdan paper.doc faylini o‘chiradi.
    Agar siz katalogdan hamma fayllarni, masalan, del *.* buyrug‘i yordamida olib tashlashni xohlamasangiz, unda DOS sizdan Are you Sure (Y|N) ? (Siz bunga aminmisiz?) deb so‘raydi.
    Fayllarni olib tashlash uchun Y va Enter tugmachalarini bosish, buyruqni bekor qilish uchun esa N va Enter tugmachalarini bosish kerak.
    Fayllarni qayta nomlash.
    Fayllarni qayta nomlash uchun ren (Rename) buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati quyidagicha:
    ren [diskovod:] [yo‘l\] faylning nomi yangi fayl nomi
    Buyruqdagi birinchi faylning nomi qayta nomlanayotgan faylning nomini, ikkinchisi esa yangi faylning nomini bildiradi.
    Diskovod va yo‘l qaysi katalogda fayllar qayta nomlanayotganini ko‘rsatadi. Agar diskovod yoki yo‘l tushib qolgan bo‘lsa, unda joriy diskovod va joriy katalog nazarda tutiladi.
    Fayllarning nomlarida * va ? simvollarini ham ishlatish mumkin.
    Berilgan katalog va buyruqdagi faylning birinchi nomida berilgan andozaga to‘g‘ri keluvchi hamma fayllar qayta nomlanadi. Agar * va ? simvollari buyruqdagi faylning ikkinchi nomida bo‘lsa, unda fayllarning nomlarining simvollari tegishli porsiyalarda o‘zgarmaydi.
    Misollar:
    Ren xxx.doc.xxx.txt - joriy katalogdagi simvollari xxx.doc faylini qayta nomlaydi.
    Faylning yangi nomi - xxx.txt
    Ren a:\*.doc x.txt - A: diskovodidagi barcha doc kengaytmali hamma fayllarini qayta nomla-nadi va fayllar kengaytirilgan txt ga ega bo‘ladilar.
    Fayllardan nusxa ko‘chirish
    Fayllardan nusxa olish uchun copy buyrug‘i mavjud.
    Buyruqning kengaytmasi: copy faylning nomi yangi faylning nomi yoki copy faylning nomi [katalogning nomi].
    Fayllarning nomlarida * va ? simvollarini qo‘llash mumkin.
    Buyruqning birinchi parametrida ko‘rsatilgan katalogdan, buyruqning birinchi parametrida faylning nomidan berilgan fayllarning nusxalari olinadi. Diskovod va buyruqning ikkinchi parametridagi yo‘l fayllar nusxasi qaysi katalogga olinayotganini ko‘rsatadi. Agar ikkinchi parametrida faylning nomi yo‘q bo‘lsa, unda nusxa ko‘chirilayotganda fayllarning nomlari o‘zgarmaydi. Agar buyruqning ikkinchi parametrida faylning nomi berilgan bo‘lsa, u nusxa oli-nayotgan faylning yangi nomini bildiradi. Buyruqning ikkinchi parametridagi * va ? sim-vollari nusxasi ko‘chirilayotganda fayllarning nomlaridagi tegishli simvollari nusxa ko‘chirilganida o‘zgartirilmasligini bildiradi.
    Misollar:
    Copy xxx.doc xxx.txt - joriy katalogdagi xxx.doc faylidan nusxa olib, joriy katalogda xxx.txt fayli tuziladi.
    Copu a:\ *.* – axboroti to‘plovchining tub katalogidagi hamma fayllaridan joriy katalogga nusxa olish.
    Copu \t\*.doc c:\ *.txt - joriy diskning \t katalogidan doc kengaytmali hamma fayllardan c: diskning joriy katalogiga nusxa olish, fayllar *.txt kengaytmaga ega bo‘ladi.
    Copy buyrug‘ida fayllar nomlarining o‘rniga uskunalarning ifodalari ishlatilishi mumkin. Ma-salan:
    CON - konsol (kiritish uchun klaviatura, chiqarish uchun monitor). Klaviaturadan kiri-tilayotganda faylning oxiri Ctrl+Z yoki F6 bilan tugatiladi;
    PRN - printer (faqat chiquvchi fayl sifatida).
    Misol: copy paper.txt prn – paper.txt faylini pechatga chiqarish.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Download 245,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyruqlarni bajarishdagi tanaffus (pauza)

    Download 245,11 Kb.