• Katalog yaratish Yangi katalogni yaratish uchun md (Make Directory) buyrug‘idan foydalaniladi. Buyruqning formati: Md [diskovod:] yo‘l Misollar
  • Katalogni o‘chirish Bo‘sh katalogni o‘chirish uchun rd (Remove Directory) buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati: rd [diskovod:] yo‘l Misollar
  • 8.Mavzu: Ekran va printer bilan ishlash Reja: 1. Faylni ekranga chiqarish 2. Monitorning ekranini tozalash Faylni ekranga chiqarish
  • Dasturiy taʼminot




    Download 245,11 Kb.
    bet12/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    Eslatma (mulohaza)lar. MS DOS 5.0 va 6.0 da dir buyrug‘ining ekranga fayllarning nomini (alifbo, modifikatsiyalash vaqti va boshqalar bo‘yicha) chiqarishga ko‘rsatilgan katalog va fayllarning kichik (ostki) kataloglaridagi fayllarning nomlarini chiqarish tartibini boshqarish imkonini beruvchi boshqa rejimlariga ham ega. Bu rejimlarning ro‘yxatini dir /? buyrug‘ini kiritib, MS DOS 6.0 ga, shuningdek, help dir buyrug‘i yordamida ham kiritib olish mumkin.
    Katalog yaratish
    Yangi katalogni yaratish uchun md (Make Directory) buyrug‘idan foydalaniladi. Buyruqning formati:
    Md [diskovod:] yo‘l
    Misollar:
    Md xxx - joriy katalogda xxx katalogni yaratadi.
    Md a:\work - a: diskda work katalogini yaratadi.
    Katalogni o‘chirish
    Bo‘sh katalogni o‘chirish uchun rd (Remove Directory) buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati:
    rd [diskovod:] yo‘l
    Misollar:
    Rd xxx - joriy katalogdan xxx katalogni o‘chirish.
    rd a:\ work - a:diskdan work katalogini o‘chirib tashlash.
    Shuni ta’kidlash kerakki, rd buyrug‘i faqat bo‘sh katalogni, ya’ni fayllar va katalogga ega bo‘lmagan kataloglarni o‘chirib tashlash mumkin.
    8.Mavzu: Ekran va printer bilan ishlash
    Reja:
    1. Faylni ekranga chiqarish
    2. Monitorning ekranini tozalash
    Faylni ekranga chiqarish
    Matnli faylni ekranga chiqarish uchun Type buyrug‘idan foydalaniladi.
    Buyruqning formati: type faylning nomi.
    Misollar:
    Type paper.doc - joriy katalogdan paper.doc faylini ekranga chiqarish;
    Type a:\doc\t.doc - a: \doc katalogidan t.doc faylini ekranga chiqarish.
    Ekranga chiqarishni “Ctrl+S” tugmachalarini qo‘shib bosish bilan to‘xtatish mumkin. “Ctrl+S” tugmachalarining kombinatsiyasini qayta bosish bilan (yuqorida ko‘rsatil-ganidek “Ctrl+S”ni bosish “Ctrl” tugmachasini bosish va uni qo‘yib yubormasdan turib “S” tugmachasini bosishni bildiradi) ekranga chiqarish tiklanadi. Ekranga chiqarishni yakunlash uchun “Ctrl+C” yoki “Ctrl+ Break” tugmachalarini bosib amalga oshirish mumkin.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




    Download 245,11 Kb.