• Monitorning ekranini tozalash.
  • Eslatma (mulohaza)lar
  • Dasturiy taʼminot




    Download 245,11 Kb.
    bet13/20
    Sana08.06.2024
    Hajmi245,11 Kb.
    #261610
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
    Bog'liq
    diplom ishi

    Eslatma (mulohaza)lar
    1. Ikkilangan (matnli bo‘lmagan) fayllar ekranga chiqarilganida turli xildagi maxsus simvollar chiqadi.
    2. Faylni ekranga copy con fayl nomi buyrug‘i yordami bilan ham chiqarish mumkin. Bu buyruq type fayl nomi buyrug‘idan shu bilan farqlanadiki, type buyrug‘i tabulyatsiya simvollari o‘rniga keyingi simvol oldindagiga qaraganda 8 marta katta bo‘lgan pozitsiyadan boshlanishi uchun yetarli bo‘lgan miqdorda bo‘sh joy chiqaradi, copy con esa bu ishni bajarmaydi.
    3. Fayllarni ishlab chiqishning maxsus dasturlari masalan, Norton Commander tarkibiga kiruvchi WPVIEW dasturini ishlatish qulayroqdir. Wpview fayl nomi buyrug‘ini kiritib, siz ekranda faylni u bo‘yicha kursor tugmachalarini va PgDn, PgUp, Home, End bo‘yicha harakat qilib, ko‘rib chiqishingiz mumkin. “F4” tugmachasi faylni o‘n oltilangan ko‘rinishda va aksincha rejimga o‘tish imkonini beradi. “F8” tugmachasi yordamida siz hujjatni ko‘rib chiqish rejimini tanlashingiz mumkin (WPView dasturi hujjatlarning turli muharrirlari: Work, Word Perfekt va hokazolarning fayllarini ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi), chiqish uchun “Esc” tugmachasini bosamiz.
    Monitorning ekranini tozalash.
    Monitorning ekranini tozalash uchun Cls dasturi mavjud.
    Buyruqning formati: cls
    Monitor ekrani tozalanadi. Ekranning birinchi satrida DOS ning taklifi paydo bo‘ladi.
    Faylni bosmaga (chop etishga) chiqarish.
    Matn faylini bosmaga chiqarish uchun copy va prn buyruqlardan foydalanish mumkin.
    Buyruqning formati: copy faylning nomi prn.
    Bu buyruqni berishdan oldin printer yoqilgan va tayyor holatda bo‘lishi kerak.
    Eslatma (mulohaza)lar:
    1. Ikkilangan (matnli emas) fayllarni ekranga chiqarganda va chop etganda turli xildagi maxsus simvollar aks etishi, va har hil kodli bo‘lmagan matnlar ochilishi mumkin.
    2. Copy va Print buyruqlari yordamida chop etishga faqat matn fayllarini va ushbu printerda bosish uchun maxsus tayyorlangan fayllarni (masalan, matn muharriridagi yoki grafik muharrirdagi hujjatni "faylga bosish" natijasi sifatida) chiqarishi mumkin. Agar Copy va Print buyruqlari yordamida buning uchun mo‘ljallanmagan fayllarni chop etishga urinib ko‘rilsa, u holda printer o‘qish mumkin bo‘lmagan matnlarni chiqaradi.
    3. Norton Utilities majmuasidan bo‘lgan LP dasturi matnli fayllarni bosishga betlarni sahifalab, betlarning tartib raqamini sarlavhalarini chiqarib, berilgan (belgilangan) chap va yuqori hoshiyalar va hokazolar bilan chiqarish imkonini beradi.

    Download 245,11 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




    Download 245,11 Kb.