DOSning asosiy tarkibiy qismlari




Download 245,11 Kb.
bet7/20
Sana08.06.2024
Hajmi245,11 Kb.
#261610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
diplom ishi

DOSning asosiy tarkibiy qismlari
DOS operatsion tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
Kompyuterning doimiy xotirasi (DXSQU – doimiy xotirada saqlab qoluvchi uskuna)da joylashgan kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BTOS). Operatsion tizimining bu qismi kompyuterning bevosita o‘ziga o‘rnatilgan. U amallar tizimining kiritish-chiqarishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan eng oddiy va universal xizmatlarni bajarishga mo‘ljallangan. Kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi, shuningdek, kompyuter elektr ta’minotiga ulanganida uning xotirasi va uskunalarining ishini tekshiruvchi, kompyuter ishining testini ham o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, kiritish-chiqarishning bazaviy operatsion tizimini yuklovchi chiqarish dasturiga ham ega.
Operatsion tizimining yuklovchisi – har bir disketaning birinchi sektorida DOS operatsion tizimi bilan birga joylashgan juda qisqa dastur. Bu qattiq diskning bir nechta bo‘limga (mantiqiy disklarga) bo‘linishi mumkinligi bilan bog‘liqdir. Yuklovchining birinchi qismi qattiq diskning birinchi sektorida joylashgan, u yuklanishni qattiq diskning qaysi bo‘limidan boshlash kerakligini ta’minlaydi. Yuklovchining ikkinchi qismi DOS modulining xotirasiga joylashtirilgan va operatsion tizimiga boshqaruvni topshiradi.
IO.SYS va MS DOS.SYS sistemali fayllari (ular boshqacha ham, masalan, PC DOS uchun IBMBIO.COM va IBMDOS.COM va DR DOS uchun DRBIOS.SYS va DR DOS.SYS – deb atalishi mumkin. Nomlar operatsion tizimining versiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi). Ular xotiraga operatsion tizimining yuklovchisi tomonidan yuklanadi va kompyuterning xotirasida doimiy qoladi. IO.SYS fayli PZU (DXSQU)ga kiritish-chiqarish tayanch tizimiga qo‘shimcha. MSDOS.SYS fayli DOSning yuqori darajadagi xizmatlarini amalga oshiradi. Buyruq beruvchi DOS protsessori foydalanuvchi kiritadigan buyruqlarga ishlov beradi. Buyruq protsessori COMMAND.COM disk faylidagi, operatsion tizimi yuklanadigan diskda joylashgan. Foydalanuvchining, masalan, Type, Dir yoki Copy kabi ayrim buyruqlarini protsessorning o‘zi bajaradi.

Download 245,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Download 245,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DOSning asosiy tarkibiy qismlari

Download 245,11 Kb.