Dasturlash 0-qadam: matematika




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana19.12.2023
Hajmi1,28 Mb.
#123542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
dasturlash 0 qadam matematika free

raqamlari deyiladi. Shu belgilardan foydalanib sonlar hosil 
qi lamiz. Sonlarni esa hayotda sanaladigan narsalarni ifodalash 
uchun qo‘llaymiz.


11
Qiziq fakt: 0 raqami dastlab Hindistonda paydi bo‘lgan, 
Al-Xorazmiy esa 0 raqamidan algebrada qanday foydala-
nishni tushuntirib bergan.
Tarixda raqamlarni nafaqat biz bilgan belgilar, balki soʻzlar 
va harflar oraqali ham ifodalashgan. Jumladan, rim raqamlari 
shu toifaga kiradi. 
Dasturlash tilida raqamlar bilan ishlash juda oddiy. Kla-
viatura (tugmatag) orqali mos belgilarni bosib yozsa boʻladi.
Ya’ni, dasturlash tillarida ishlatiladigan raqamlar oʻzimiz 
ishlatadigan raqamlar bilan bir xil ma’noga ega.
Endi tasavvur qiling, biz oddiy bitta kichik dastur tuzdik. 
Bu dasturning vazifasi 7 raqamini ekranga chiqarish boʻlsin. 
Raqamlarni kiritish klaviatura orqali amalga oshiriladi lekin 
dasturga kiritilgan raqamni ekranga chiqarish uchun maxsus 
funksiyalardan (funksiya haqida kitob oxirida yoritilgan) foy-
dalanamiz. 
Quyida ikkita dasturlash tilida kiritilgan 7 raqamini 
ekranga chiqarish funksiyalari ko‘rsatilgan. 
printf("%u", 7); // 7
print(7) # 7
Koʻrib turganingizdek har bir dasturlash tillarida bir xil 
vazifani bajaradigan oʻxshash funksiyalar juda koʻp. Faqat 
ularning asosiy farqlari dasturlash tilining sintaksisidir, ya’ni 
yozilish qoidalaridir. 
Yuqorida keltirilgan ikkita funksiya: printf va print 
haqida kitob davomida qo‘shimcha ma’lumotlar
berilgan.
Mavzuga doir masalalar: 


12
Sonlar
Sonlarni hosil qilish juda oddiy, arab raqamlarini olamiz va 
xohlagan ketma-ketlikda joylashtiramiz. Hosil bo‘lgan raqam-
lar ketma-ketligiga 
son deyiladi. Masalan:
1; 23; 445; 556444; 145389089374; 17934745992792347927
Ko‘rib turganingizdek raqamlarning o‘zi ham son bo‘lib 
kelishi mumkin.
 Dasturlash tilida sonlar bilan ishlash xuddi raqamlar 
bilan ishlash bilan bir xil.
Mavzuga doir masalalar: 
Sonlarni sinflarga ajratish
Raqamlarni ketma-ket yozib sonlarni hosil qildik ham dey-
lik, lekin u yozilgan sonlar nima ma’no anglatishini insonlar 
tushunishi uchun bir nechta xususiyatlarini o‘rganishimiz 
kerak bo‘ladi.
Shulardan birinchisi, sondagi har bir raqamning joylashgan 
joyga nisbatan xona tushunchasi mavjud bo‘lib, ular o‘ngdan 
chapga (←) qarab o‘z nomiga ega (jadvalga qarang).


13
Ikkinchisi, 
o‘ngdan 
chapga 
qarab 
ajratilgan 
har 

ta 
raqam 
guruhlari 
sonning 
sinfi 
deb 
nomlanadi
va har bir sinf ham o‘z nomiga ega (jadvalga qarang).

Download 1,28 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish