• Xona raqami Yuzlar O‘nlar Birlar
  • C dasturlash tilida ushbu imkoniyat  mavjud emas.  Python




    Download 1,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/17
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #123542
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    dasturlash 0 qadam matematika free

    C dasturlash tilida ushbu imkoniyat 
    mavjud emas. 
    Python dasturlash tilida esa, sonlarni sinflarga 
    ajratib yozish, dasturdagi sonlarni o‘qilishini ancha osonlash-
    tiradi.
    Mavzuda doir masalalar:


    15
    Sonlarning oʻqilishi
    Oldingi mavzuda keltirilgan jadvalni yod olish shart. 
    Chunki ushbu jadvaldan biz sonlarni to‘g‘ri o‘qish hamda 
    yozishda foydalanamiz. 
    Agar biz 3 xonagacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri yozishni 
    o‘rgansak, katta sonlarni be’malol yoza olamiz. 3 xonali son-
    larni yozish uchun bizga quyidagi jadval as qotadi:
    Xona raqami
    Yuzlar
    O‘nlar
    Birlar
    0
    no‘l
    1
    bir yuz
    o‘n
    bir
    2
    ikki yuz
    yigirma
    ikki
    3
    uch yuz
    o‘ttiz
    uch
    4
    to‘rt yuz
    qirq
    to‘rt
    5
    besh yuz
    ellik
    besh
    6
    olti yuz
    oltmish
    olti
    7
    yetti yuz
    yetmish
    yetti
    8
    sakkiz yuz
    sakson
    sakkiz
    9
    to‘qqiz yuz
    to‘qson
    to‘qqiz
    Jadvaldan foydalanish, unchalik murakkab emas. 3 xona-
    gacha bo‘lgan sonni olamiz va yuzlar, o‘nlar va birlar xonasida 
    turgan raqamni jadvalda turgan so‘z bilan almashtiramiz:
    • agar son 1 xonali bo‘lsa, yuqoridagi jadvaldan birlar us-
    tunidan raqamga mos qiymatni o‘zini yozamiz: 0 – no‘l
    5 – besh;
    • agar son 2 xonali bo‘lsa, dastlab o‘nlar xonasidagi raqamga 
    mos qiymatni, keyin birlar xonasiga mos qiymatni olib 
    yozamiz: 26 – yigirma olti (o‘nlar ustunidan 2 ga mos qiy-
    mat – yigirma, birlar ustunidan 6 ga mos qiymat – olti);
    • agar son 3 xonali bo‘lsa, mos ravishda yuzlar, o‘nlar va 
    birlar ustunidan mos qiymatlarni olib yozamiz: 152 – bir 
    yuz ellik ikki, 568 – besh yuz oltmish sakkiz;


    16
    • agar son o‘rtasida yoki oxirida 0 raqami qatnashsa ushbu 
    0 raqami o‘rnida hech narsa yozilmaydi: 50 – ellik (ellik 
    no‘l – xato), 100 – bir yuz yoki yuz (yuz no‘l no‘l – xato), 
    207 – ikki yuz yetti (ikki yuz no‘l yetti – xato), 970 – to‘qqiz 
    yuz yetmish (to‘qqiy yuz yetmish no‘l – xato).
    Agar 3 xonali songacha bo‘lgan sonlarni yozishni o‘rgan-
    gan bo‘lsangiz, endi katta sonlarni yozishni o‘rganamiz. Bu-
    ning uchun quyidagi 3 ta qadamni bajarishimiz lozim:
    1. Berilgan sonni sinflarga ajratamiz (oldingi mavzudagi 
    qoida asosida).
    2. Har bir sinfni 3 xonali songacha bo‘lgan sonlarni yozish 
    qoidasi asosida yozib chiqamiz.
    3. Har bir sinfning yozilgan qiymatidan keyin sinf nomini 
    qo‘yamiz va natijalarni birlashtiramiz. Birlar sinfi va 3 ta 
    raqam 0 ga teng bo‘lgan barcha sinf nomlarini tashlab ke-
    tamiz.
    Masalan bizga 52360501000956 soni berilgan bo‘lsin. 
    Ushbu sonni matn ko‘rinishiga o‘tkazish uchun yuqorida kel-
    tirilgan amallarni bajaramiz:
    1. Sonni sinflarga ajratamiz: 52 360 501 000 956 .
    2. Har bir sinfni yozilish shakliga o‘tkazamiz: 
    52 – ellik ikki (trillionlar sinfi) 360 – uch yuz oltmish 
    (milliardlar sinfi) 501 – besh yuz bir (millionlar sinfi) 
    000 – no‘l (minglar sinfi) 956 – to‘qqiz yuz ellik olti (bir-
    lar sinfi).
    3. Har bir sinf natijasidan keyin sinf nomini qo‘yib birlash-
    tiramiz: ellik ikki trillion uch yuz oltmish milliard besh 
    yuz bir million to‘qqiz yuz ellik olti.
    Natijada minglar va birlar sinfini tashlab ketdik. Chunki 
    minglar sinfida barcha raqamlar 0 ga teng. Birlar sinfi hech 
    qachon yozilmaydi. Ya’ni «ellik ikki trillion uch yuz oltmish 
    milliard besh yuz bir million no‘l ming to‘qqiz yuz ellik olti 
    bir» ko‘rinishida yozsak, xato hisoblanadi.


    17
    Ko‘p xonali sonlarda ham, yuz soniga o‘xshab «bir» 
    so‘zini tashlab yozish mumkin. 

    Download 1,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    C dasturlash tilida ushbu imkoniyat  mavjud emas.  Python

    Download 1,28 Mb.
    Pdf ko'rish