• Kitobni qanday o‘qiyman
  • Dasturlash 0-qadam: matematika




    Download 1,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/17
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,28 Mb.
    #123542
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    dasturlash 0 qadam matematika free

    Muallifdan
    Ushbu kitob qo‘lingizdami, demak, siz dasturlashni 
    o‘rganmoqchisiz yoki o‘rganib bo‘lgansiz. Agar o‘rganmoqchi 
    bo‘lsangiz, o‘ylaymanki, kitob o‘qishga erinmaysiz.
    O‘zim ham kitob o‘qisam, muallif yozgan gaplarini 
    o‘qimasdim. Shuning uchun, gapni qisqa qilaman.


    8
    Kitobni qanday o‘qiyman?
    Kitobda dasturlashga aloqador bo‘lgan matematikadagi 
    mavzular va ushbu mavzular dasturlashda qanday yechilishi 
    haqida yoritilgan. Mundarijada faqat matematik mavzular 
    ko‘rsatilgan lekin har bir mavzuda belgisidan keyin 
    C va 
    Python dasturlash tillaridagi dasturlar yoki mavzuga aloqador 
    dasturlash haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilgan.
    Berilgan dastur natijalari esa izoh shaklida yoki rasm shak-
    lida ko‘rsatilgan bo‘lib, izoh shaklida kelsa – 
    C dasturlash 
    tilida 
    // belgisidan keyin, Python dasturlash tilida # belgisidan 
    keyin berilgan:
    printf("%u", 7); // 7
    print(7) # 7
    7 sonini ekranga chiqaradigan dastur qismlari va ularning natijasi.
    Rasm shaklidagi dastur natijasi esa uch xil ko‘rinishda 
    bo‘lishi mumkin:
    Agar natija birorta dasturlash tiliga tegishli bo‘lsa, ushbu 
    dasturlash tilining logotipi keltiriladi. Agar ikkala dasturlash 
    tilidagi natija bir xil bo‘lsa, natijada dasturlash tili logotiplari 
    keltirilmaydi.
    Ikkita dasturlash tilining keltirilish sababi esa, sizga das-
    turlash tillari aslida qanday ishlashi va qanday tuzulganligini 
    tushunishingizga yordam beradi.


    9
    Agar kitobni shu joyigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak, siz 
    haqiqatdan ham dasturlashni o‘rganmoqchisiz.
    Kitobning davomini o‘qishdan oldin, qo‘lingizga ruchka va 
    daftar oling. Chunki, kitobni o‘qish jarayonida sizda savollar 
    paydo bo‘lishi tabiiy hol. Agar kitobda nimadir tushunarsiz 
    bo‘lsa, darhol daftarga savolingizni va kitobning qavsi betida 
    ekanligini yozib qo‘ying, kitobni o‘qishda davom eting. 
    Agar savollaringizga kitob o‘qish davomida ham javob 
    topa olmasangiz, itboom.uz platformasidagi “Yordam” bo‘li-
    miga kiring.
    Har bir mavzuning oxirida 

    Download 1,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1,28 Mb.
    Pdf ko'rish