25
printf("%d %u", -5, 7); // -5 7
print(-5, 7) # -5 7
printf("%d %u %lld", -55, 17, 4532984684LL);
// -55 16 4532984684
print(-55, 17, 4532984684)
# -55 17 4532984684
Ikkala dasturlash tilida chiqarish funksiyalari natijalari bir
xil bo‘lib, ular ekranda sonlarni
funksiyalardan yozilgan ket-
ma-ketlikda bo‘shliq (" ") belgisi bilan ajratilgan holda chiqa-
radi.
C dasturlash tilida nechta
sonni ekranga chiqarmoq chi
bo‘lsak, printf funksiyasi birinchi
parametrida shuncha son
turiga mos «%d», «%lld», «%u», «%llu»larni yozishimiz
shart.
Mavzuda doir masalalar:
Sonlar toʻplami
Matematikada sonlar yozilishi
shakli va qiymatidan kelib
chiqib bir nechta to‘plamlarga ajratiladi. Ayrim son to‘plamlari
o‘z ichiga boshqa son to‘plamlarini ham olishi mumkin.
Garchi dasturlash sonlar to‘plamiga to‘g‘ridan to‘gri
bog‘liq bo‘lmasa-da, masalalar ishlaganda sonlar to‘plamiga
murojaatlar bo‘ladi.
Quyidagi masalalarga e’tibor bering:
berilgan ikkita natural
sondan kattasini toping yoki haqiqiy
sonning butun qismini
va kasr qismi yig‘indisini hisoblang, shu kabi
masalalarni
yechishda sizda sonlar to‘plamiga qaysi
sonlar kirishi haqida
tushuncha bo‘lishi lozim.
26
Natural sonlar toʻplami
Sanashda ishlatiladigan barcha sonlar to‘plamiga
natural
sonlar to‘plami deyiladi va ushbu sonlar to‘plamiga 1, 2, 3, 4,
… va hakozo sonlar kiradi. Natural sonlar to‘plamini