31
Agar bitta ifodada qavslar ichma-ich kelsa, ichkarida tur-
gan qavsdan boshlab ifodalar hisoblana boshlaydi. Masalan:
(
) (
)
(
)
(
)
(
)
(
)
3 4 3 1
4 6 1 3 4 4 10 1
+ + + +
+ +
= + + +
+
=
(
)
3 8 1 1 3 1 9 22
+ +
= + =
Sonlarni
guruhlash, odatda hisoblashni osonlashtirish
uchun kerak. Masalan, quyidagi ifoda berilgan bo‘lsin:
3 28 7 33 72
+
+ +
+
Ushbu ifodada sonlarni ketma-ket qo‘shib hisoblasak ham
bo‘ladi. Lekin guruhlash usuli yordamida quyidagicha ko‘ri-
nishga
olib kelsak, hisoblash ancha osonlashadi:
(
) (
)
( ) ( )
3 7
28 72 33 10
100 33 143
+ +
+
+
=
+
+
=
Ko‘rib turganingizdek, guruhlangan sonlar 10, 100 bo‘ldi
va oxirgi ifodani hisoblash ancha osonlashdi.
Xohlagan songa 0 ni qo‘shish ushbu son qiymatini o‘zgar-
tirmaydi:
0 0
a
a a
+ = + =
Kichik sonlarni sonlar o‘qi yordamida qo‘shish oson,
lekin sonlar kattalashsa sonlar o‘qi yordamida qo‘shish de-
yarli ilojsiz. Shuning uchun ko‘p xonali sonlarni
qo‘shishning ustun shakli mavjud bo‘lib quyidagi
havola orqali o‘rganib
olishingiz
mumkin
:
Agar ikkita sonni ustun shaklida qo‘shishni
o‘rgangan bo‘lsangiz, quyidagi havolaga o‘tib,
ixtiyory ikkita sonni ustun shaklida qo‘shish
qadamlari ketma-ketligini o‘rganib, bilimingizni
mustahkamlashingiz
mumkin
:
32
Dasturlash tillarida ikkita sonni qo‘shish uchun +
(qo‘shish operatori)dan foydalaniladi va + hamda qavslar ifo-
dada
qanday kelsa, dasturlash tillarida ham xuddi shunday
yoziladi. Masalan:
(
)
1 2 8 9999999999999
+ + +
Ifodani dasturlash tillarida hisoblab ekranga chiqarmoqchi
bo‘lsak quyidagicha yozamiz:
printf("%llu", 1 + (2 + 8) + 9999999999999LL);
// 10000000000010
print(1 + (2 + 8) + 9999999999999)
# 10000000000010
Faqat
C dasturlash tilida, ifoda natijasi «Musbat
va man-
fiy sonlar» mavzusida berilgan chegaradan oshib ketsa javob
noto‘g‘ri chiqadi.
Endi bizga
3 4
+
ifoda berilgan bo‘lsin. Ushbu ifodani
dasturlash tillarida hisoblab ekranga natijani chiqarmoqchi
bo‘lsak quyidagicha yozamiz:
printf("%d", 3 + 4); // 7
print(3 + 4) # 7
Dastur ishga
tushganda ekranda bitta son, ya’ni faqat 7 soni
ko‘rinadi. Bu to‘g‘ri, chunki
3 4 7
+ =
ga teng va bitta 7 soni
dastur foydalanuvchisi uchun tushunarsiz.
Agar biz natijani foydalanuvchiga tushunarli bo‘lishini
xohlasak faqat ifoda natijasini emas, natija yoniga qo‘shimcha
matnlarni ham chiqarishimiz kerak. Masalan:
Natija: 7 ga teng
33
ko‘rinishida ekranga chiqarmoqchi bo‘lsak
quyidagicha
yozamiz:
printf("Natija: %d ga teng", 3 + 4);
// Natija: 7 ga teng
print(f"Natija: {3 + 4} ga teng")
# Natija: 7 ga teng
C dasturlash tilida printf funksiyaning
birinchi paramet-
rida nima yozsangiz barchasi ekranga chiqadi, faqat birinchi
parametr ichidagi «%d», «%u», «%lld», «%llu»lar o‘rniga
keyingi parametrlarda kelgan ifodalar qiymatlari mos ravishda
almashtiriladi.