37
Ko‘p xonali sonlarni ayirganda qo‘shish amaliga o‘xshab
ustun shaklidan foydalanamiz. Faqat sonlarni ayirishda xoti-
rada son saqlab turmaymiz, aksincha qo‘shni xonalardan qarz
olamiz (to‘g‘ri ma’noda qarz olamiz :) ).
Ikki natural sonni ayirishni quydagi havolada-
gi video oraqali o‘rganishingiz
mumkin
:
Qo‘shimcha tushuntirish: videoni ko‘rgan bo‘lsangiz qo‘shni
xonadan qarz olib oldingi xonaga 10 qo‘shildi. Nega aynan
10 qo‘shiladi? Chunki sondagi yonmayon xonalar nisbati
o‘n martaga farq qiladi, ya’ni minglar xonasidan 1 degani
bu aslida 1000 soni degani. Shu minglar xonasidan qarz
olgan ming sonimizni yuzlar xonasiga 10 qilib qo‘shamiz.
Chunki 10 ta 100 soni 1000 qiymatini beradi. Shu qoida
boshqa yonmayon xonalar uchun ham o‘rinli. Masalan,
yuzlar xonasidan 1 bu aslida 100 degani va biz shu 100 ni
o‘nlar xonasiga 10 qilib qo‘shamiz. Chunki 10 ta 10 – bu
100 ga teng.
Agar ko‘p xonali sonlarni ayirishni tushungan bo‘lsangiz,
quyidagi havolaga o‘tib har xil sonlarni kiritib,
ikkita sonni ayirishning qadamlari ketma-ketligini
o‘rganib, bilimingizni yanada mustahkamlashingiz
mumkin
:
Dasturlash tillarida ayirish qo‘shish amali bilan bir xil
bo‘lib, ifoda matematikada qanday yozilsa dasturlash tillarida
ham xuddi shunday yoziladi.
Bizga quyidagi ifoda berilgan bo‘lsin:
(
)
(
)
256456 125487 22 8889
−
+
−
Ushbu ifodani