• Faqat amalga oshish fazasida bevosita dasturlash sodir bo‘ladi. U hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak, chunki hujjatlshtirilmagan dasturlar qiymatga ega emas.
  • Dasturlash asoslari




    Download 5.61 Mb.
    bet15/111
    Sana11.11.2022
    Hajmi5.61 Mb.
    #29912
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
    Bog'liq
    Dasturlash asoslari
    download, 6 5A21101-Adabiyotshunoslik(o\'zbek adabiyoti) Dastur, Web, Amaliyot hisoboti, Ahmadjonov Sherbek , 1, 10, 9 jadid, 2 4м elektron тижорат raqamli imzo, obektivka-namuna-uzb, Haydash cho’kma hosil qilish, ekstraksiya xromotografiya ajratis-fayllar.org (1), 2. Bеnzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar Bеnzinla-fayllar.org, avto, 8-mashg`ulot
    1.3.1.7 Faza 4: Amalga oshirish

    Dizayn fazasi natijasi sifatida tizimning tasnifi ko‘rsatilgandan so‘ng, amalga oshishdan ishga yaroqli dastur (yoki ma’lumotlar bazasi) ishlab chiqish kerak bo‘ladi, bu ishlab chiqish kiritish va chiqarish usullarida tasnifdagi topshiriqlarga amal qiladi. Bu o‘rinda modullar tarkibli dasturlash usuli yoki ob’ektga qaratilgan dasturlash usuli orqali realizatsiya’ni amalga oshirishni hal qilish kerak. Bunga bevosita yana dasturlash uchun foydalanilayotgan til haqidagi savol ham qo‘shiladi.


    Bu masalani hal qilish uchun VBdagi tarkiblashgan dasturlash bo‘yicha ob’ektga yonaltirilgan dasturlash tili C++ dagi va MS Access dagi ma’lumotlar bazalarini dasturlash bo‘yicha darslikka murojaat qilishi lozim.
    Realizatsiya (amalga oshirish) fazasi so‘ngida birlashtirish kerak bo‘lgan modullar yig‘indisi kabi hujjatlashtirilgan dastur (yoki ma’lumotlar bazasi) mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqilgan dasturiy rasmiy tavsifi boshqalar qatori quyidagilar orqali amalga oshiriladi:



    • Dasturning mantiqiy chizmasi (3.1.2-bob);

    • Tarkibiy diagrammasi (Struktogramme) (3.1.3-bob);

    • Modellashning yagonalashgan tili diagrammasi (UML, ob’ektga qaratilgan dasturlash bo‘yicha darslik).

    Aytib o‘tilgan barcha texnikalar amalga oshirish fazasining bosh mahsuloti uchun, dastur matniga tushuntirish bo‘lib xizmat qiladi (Quellcode).


    Faqat amalga oshish fazasida bevosita dasturlash sodir bo‘ladi. U hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak, chunki hujjatlshtirilmagan dasturlar qiymatga ega emas.

    Tasnif mazmuni modullarni amaliy taqbiq qilishga muvofiqligini qayta tekshirib ko‘rish uchun bevosita amalga oshishdan keyin keladigan test fazasi xizmat qiladi. Modulni testlashda barcha testdan o‘tkazilgan va xatosiz modullar integratsiya doirasida ishga yaroqli dasturiy ta’minot dasturiga yoki tizimiga birlashadi.


    Agar integratsiyadan so‘ng oxirgi dastur taqdim qilingan bo‘lsa, uning masalani hal qilish texnik yoki ishlab chiqish iqtisodiy layoqatini tekshiruvchi batafsil integratsiya testiga jalb qilinishi kerak. Shu o‘rinda qayd etish kerak-ki, integratsiyali testlash dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari tomonidan emas, balki, yaxshisi professional, malakali foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak. Nihoyat dasturiy ta’minot buyurtmachisi va ishlab chiqaruvchisi o‘rtasidagi qabul qilish va uzatish doirasida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotga texnik topshiriqda aytilgan va shartnomaga muvofiq majburiy talablar bajarilganligini tekshirib ko‘rish kerak.
    Ma’lum sharoitlarda dasturning keyingi tekshiruvi yaratilgan dasturiy ta’minot buyurtmachida mavjud ma’lumotlarga elektron ishlov berish tizimiga (dasturiy ta’minot va yoki apparat vositalari) ulanganida amalga oshadi va faqat shundagina keng qamrovli dasturiy mahsulot topshiriladi. Dasturlash munosabati bilan bu erda dasturiy ta’minot tizimining bo‘lg‘usi foydalanuvchilarini o‘qitish haqidagi masala ko‘tariladi.

    Yuqorida bayon qilingan nazariy mulohazalarni ko‘zdan kechirish uchun “kaskad” modelining quyidagi batafsil rasmi orqali tushunib olish mumkin:







    1.3-rasm: Testlash fazasida (“kaskad” modeli) Forward Engineering





    Download 5.61 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




    Download 5.61 Mb.