• 10.2. Ma’lumotlarning turi
  • Variant ); Ma’lumotlarning asosiy turlarining jadvali
  • Misollar Integer
  • 10.3. O‘zgaruvchilarni e‘lon qilish Visual Basic dasturlash muhitida o‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagi sintaksis bo‘yicha amalga oshiriladi: Dim
  • Tools
  • 10.4. O’zgaruvchiga qiymatlarni o’zlashtirish
  • 10.5. Varianta turidagi o’agaruvchialarni ishlatish afzalliklari
  • Empty, Null yoki Error
  • Null qiymati . Varianta
  • Varianta
  • Dasturlash asoslari




    Download 5,61 Mb.
    bet125/143
    Sana15.03.2021
    Hajmi5,61 Mb.
    #13226
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
    Ma’lumotlarning turi

    Prefiks

    Misol

    Boolean

    bin

    binSuccess

    Currency

    cur

    curPrice

    Date

    dtm

    dtmFinish

    Double

    dbl

    dblSum

    Integer

    int

    intQuantity

    Long

    Ing

    IngTotal

    Single

    sng

    sngLength

    String

    str

    strLastname

    Variant

    vnt

    vntValue


    10.2. Ma’lumotlarning turi
    Visual Basic dasturiy muhitida quyidagi ma’lumlarning asosiy turlarini ishlatishingiz mumkin:

    • sonli (Integer, Long, Single, Double, Currency);

    • qator (String);

    • sana (Date);

    • mantiqiy (Boolean);

    • ixtiyoriy (Variant);


    Ma’lumotlarning asosiy turlarining jadvali


    Ma’lumotlar-ning turlari

    O‘lchami (baytlarda)

    Qiymatlar diapazoni

    Misollar

    Integer

    (Butun)


    2 bayt

    –32 768 dan + 32 767 gacha

    Dim intX as Integer

    intX = 23546



    Long

    (Uzun butun)



    4 bayt

    -2 147 483 648

    dan


    +2 147 483 647 gacha

    Dim lngY as Long

    lngY = 1000000



    Single

    (Bir karra aniqlikdagi siljuvchi nuqtali o‘nlik son)



    4 bayt

    -3.402823Е38 dan +3.402823Е38 gacha

    Dim sngA as Single

    sngA = 4.781



    Double

    (Ikki karra aniqlikdagi siljuvchi nuqtali o‘nlik son)



    8 bayt

    -1.79769313486 232D308 dan +1.79769313486232D308 gacha

    Dim dblB as Double

    dblB = 1.00000000001



    Currency

    (Pullik)


    8 bayt

    -922337203685 477.5808 dan +922337203985477.5807gacha

    Dim curM as Currency

    curM =25456.20



    String

    (Qator)


    har bir belgi

    1 bayt


    1 dan 1 65535 belgigacha

    Dim strS as String

    strS = “Basic”



    Boolean

    (Mantiqiy)



    2 bayt

    True (Rost) yoki

    False (Yolg‘on)



    Dim binL as Boolean

    binL = True



    Data

    (Sana)


    8 bayt

    January-1-100 (1.01.0100) dan

    December-31-9999 gacha



    Dim dtmD as Data

    dtmD = #03-08-2005#



    Variant

    (Variant)



    16 bayt (son uchun)

    22 bayt + bitta belgi 1 bayt

    (qator uchun)


    Barcha turlar uchun

    Dim vntV

    vntV = 13.45

    yoki

    vntV = “Техт”




    10.3. O‘zgaruvchilarni e‘lon qilish
    Visual Basic dasturlash muhitida o‘zgaruvchilarni e’lon qilish quyidagi sintaksis bo‘yicha amalga oshiriladi:

    Dim O‘zgaruvchiNomi [As Ma’lumotlar_turi]

    Quyidagicha misollarni keltirish mumkin:



    Dim bInSuccess As Boolean

    Dim strLastname As String, dblSum As Double

    Fiksirlangan uzunlikdagi qatorlarni e’lon qilish uchun quyidagi sitaksis ishlatiladi:



    Dim O‘zgaruvchinomi As String * O‘zgaruvchi_uzunligi

    O‘zgaruvchi_uzunligi parametri belgilarning maksimal sonini ko‘rsatadi. (*) belgisi esa o‘zgaruvchi uzunligining fiksirlanganligini ko‘rsatadi.



    O‘zgaruvchilarni aniq turda e’lon qilish orqali dastur translyatsiyasi rejimini o‘rnatish tavsiya etiladi. Buning uchun modulning boshida Option Explicit (Aniq turda e’lon qilish) operatorini kiritish kerak.

    10.1-rasm


    Bu operatorni Visual Basicning dastur oynasidagi barcha modullarga avtomat ravishda qo‘shish uchun Tools (Servis) menyusidagi Options (Parametrlar) buyrug‘I bajariladi. Options muloqot oynasi ochiladi va undagi Editor ilovasining Require Variable Declaration jumlasi to‘g‘risiga bayroqcha (flajok) o‘rnatiladi.

    10.2-rasm


    Agar Option Explicit operatorini modulga kiritmasangiz, unda siz o‘zgaruvchini noaniq e’lonidan foydalanishingiz mumkin. Bunday holatda o‘zgaruvchining turi birinchi o‘zlastirish operatoridayoq aniqlanadi va shu vaqtning o‘zida o‘zgaruvchiga xotiradan joy ajratiladi.
    10.4. O’zgaruvchiga qiymatlarni o’zlashtirish

    Dasturda o’zgaruvchini ishlatishdan avval unga qiymat berish zarur. O’zlashtirishning eng sodda usuli “=” o’zlashtirish operatorini ishlatishdan iborat. U quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:


    O’zgaruvchi = ifoda

    O’zgaruvchi argumentiga o’zgaruvchi nomi beriladi va unga ifoda qiymati o’zlashtiriladi. Masalan,

    sngFirst = 10

    strLastname = "Ivanov"

    Tenglik belgisidan o’ng tomonida faqat o’zgarmaslar joylashib qo’ymasdan birqancha murakkab ifodalar ham joylashishi mumkin.

    sngResult = sngFirst + 255

    strName = "Иванов" & ": " & strTeam


    O‘zgaruvchining tavsifida ma’lumotlar turining ko‘rsatmasi tushirib qoldirilishi mumkin. O‘zgaruvchining turi bunda o‘zgaruvchi nomining oxirgi simvoli bilan belgilanadi:@, #, %, &, /, $ (Currency, Double, Integer, Long, Single, String). Masalan, agar simvol $ qator ma’lumotlari turini aniqlash simvoli bo‘lsa, u xolda text$ nomli o‘zgaruvchi avtomatik xolda "simvollar qatori" "o‘zgaruvchi turi" bo‘lib qoladi

    Keyinchalik bu maxsus simvol ma’lumotlar turining ko‘rsatmasi tushirib qoldirilishi mumkin, lekin o‘zgaruvchining nomida doimo turni aniqlash simvolining ishtirok etishi, qaysi ma’lumotlar turiga tegishli ekanligini eslatib turadi-bu esa bir biriga zid ma’lumotlar turidan foydalanish xato qilmaslikka yordam beradi.

    Agar oxirgi simvol yuqorida ko‘rsatilganlarning hech biriga kirmasa va tur ko‘rsatmalaridan foydalanilmasa foydalanilmasa, u xolda o‘zgaruvchilar ko‘zda tutilgan ma’lumotlar turiVariantda belgilanadi, bu esa unda barcha ma’lumotlarni saqlashga imkon beradi.

    Bir xil protsedurada bir biridan faqat maxsus simvoli bilan ajralib turadigan o‘zgaruvchilar tomonidan foydalanish mumkin emas o‘zgaruvchan oxirida. Masalan o‘zgaruvchining baravar bir vaqtda ishlatilishi mumkin emas var$ va var%. Shuningdek simvol aniqlash turi bo‘lgan o‘zgaruvchining nom oxirida e’lon qilinishi mumkin emas, tavsivchi yordamida As (agar bu aniqlash oddiy simvol aniqlash turini qo‘llashga qarshilik qilmasa)Masalan, agar siz xato xaqida ma’lumot olsangiz, quyidagi barcha aniqlovchilarni kirgizib:

    Dim var 1% as string

    Dim var2% as integer


    Protsedura yoki funksiyaning argumentlarma’lumoti tipini aniqlash uchun protsedura yoki funksiyaning sarlavhasi qatorida ma’lumotlar tipi tavsifi foydalaniladi.

    Masalan, protseduraning keyingi sarlavha satri uning parametrlarini o‘zgaruvchining satr tipida tavsiflaydi:

    Sub splitstr(str1 as string, str2 as string, str3 as string)

    Ma’lumotlar tipini aniqlash qaytayotgan funksiyaning qiymati funksiyaning satrini yakunlaydi, masalan:

    Function Find split space(strl as string)as integer

    tavsiflaydi qaytayotgan funksiyaning qiymatini xuddi o‘zgaruvchining kalta butun tipi.


    Varianta_turidagi_o’agaruvchialarni_ishlatish_afzalliklari'>10.5. Varianta turidagi o’agaruvchialarni ishlatish afzalliklari

    Variant turidagi o’agaruvchialarni barcha turdagi ma’lumotlarni saqlash va amallarni bajarish uchun ishlatiladi. Ikkita holatni esdan chiqarmaslik kerak, ya’ni birinchidan, Variant turidagi o’zgaruvchilar ustida arifmetik amallar va funksiyalarni faqat u sonli qiymatga ega bo’lgandagina ishlatish mumkin, ikkinchidan, qatorlarni konkatenatsiya qilishda “+” operatorining o’rniga & operatorini ishlatish kerak.

    Variant turidagi o’zgaruvchilar Empty, Null yoki Error kabi maxsus qiymatlarga ham egadur.


    • Empty qiymati. Varianta turidagi o’zgaruvchilarga 0 dan farqli qiymatlarni, bo’sh qatorni yoki Null qiymatini o’zlashtirish uchun Empty nomlanadi. Empty qiymatini aniqlash uchun isEmpty funksiyasini ishlatish mumkin:

    If IsEmpty(x) Then x = 0

    • Null qiymati. Varianta turidagi o’zgaruvchilar ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan ilovalardagi bo’sh ma’lumotlarni ko’rsatish uchun Null qiymati ham ishlatish mumkin. isNull funksiyasi yordamida Varianta turidagi o’zgaruvchi Null qiymatiga egaligini tekshiradi. Variant turidagi o’zgaruvchiga Null qiymatini o’zlashtirish uchun Null kalt so’zini ishlatish mumkin: у = Null Varianta turidagi ega bo’lmagan o’zgaruvchiga Null qiymatini o’zlashtirish xato bo’ladi.

    • Error qiymati. Varianta turidagi o’zgaruvchi proceduradagi hosil bo’lgan xatolar uchun Error qiymatini qabul qilishi mumkin. Lekin bu holatda ilova darajasidagi xatolar to’g’rilanmaydi. Ammo dasturchi uningh qiymatiga qarab aniq bir tuzatishlar kiritishi mumkin.




    Download 5,61 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




    Download 5,61 Mb.