• 10.12. Solishtirish operatorlari
  • 10.13. Mantiqiy operatorlar
  • 10.14. Qatorlar ustida ishlaydigan funksiyalar
  • -misol: Matematik funksiyalarni ishlatishga loyiha




    Download 5,61 Mb.
    bet129/143
    Sana15.03.2021
    Hajmi5,61 Mb.
    #13226
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143

    6-misol: Matematik funksiyalarni ishlatishga loyiha


    -10 dan +10 gacha bo‘lgan oraliqdan tasodif son olinadi. Sonning ishorasi aniqlanadi. So‘ng tasodif sonning absolyut qiymatining kvadrat ildizi va ikkilangan burchakning sinusi hisoblanadi.

    10.14-rasm




    Ob’yekt



    Xossa


    O‘rnatilgan qiymatlari

    Label1

    Caption

    Tasodifiy son

    Label2

    Caption

    Ishorasi

    Label3

    Caption

    Kvadrat ildizi

    Label4

    Caption

    Ikkilangan burchakning sinusi

    Command1

    Caption

    Bajarish

    Command2

    Caption

    Yakunlash

    Text1

    Text2

    Text3

    Text4

    Text


    Text xossasi maydonini tozalash



    Dastur kodi

    Option Explicit

    Private Sub Command1_Click()

    Dim dblx As Double

    Dim dblx1 As Double

    Dim dblx2 As Double

    Dim intx As Integer

    dblx = 20 * Rnd – 10

    intx = Sgn(dblx)

    dblx1 = Sqr(Abs(dblx))

    dblx2 = 2 * Sin(dblx) * Cos(dblx)

    Text1.Text = Str(dblx)

    Text2.Text = Str(dblx1)

    Text3.Text = Str(intx)

    Text4.Text = Str(dblx2)

    End Sub
    Private Sub Command2_Click()

    End

    End Sub
    Private Sub Form_Load()



    Randomize

    End Sub


    10.15-rasm


    10.12. Solishtirish operatorlari


    Solishtirish operatorlari shartli ifodalarda ishlatiladi. Shartli ifoda xossaning “rost” yoki “yolg‘on” ligini dastur matnidagi boshqa bir elementining o‘zgaruvchisi yordamida aniqlaydigan dastur operatorlarining bir qismi hisoblanadi. Masalan, X>=0 ifodasi True qiymatini qabul qiladi, agar X o‘zgaruvchisi musbat yoki nol qiymatiga ega bo‘lsa, False qiymatini qabul qiladi, agar X o‘zgaruvchisi manfiy qiymatiga ega bo‘lsa.


    Visual Basic ning solishtirish operatorlarining jadvali


    Operatorlar

    Vazifalari

    =

    Barobar

    >

    Katta

    <

    Kichik

    <>

    Teng emas

    >=

    Katta yoki teng

    <=

    Kichik yoki teng

    10.13. Mantiqiy operatorlar




    True (Rost) qiymatini qabul qiluvchi yoki False (Yolg‘on) qiymatini qabul qiluvchi ifodalar bulli ifodalar kabi bizga ma’lum, ammo True (Rost) yoki False (Yolg‘on) natijalari esa bulli o‘zgaruvchilariga yoki xossalariga o‘zlashtiriladi. Bulli o‘zgaruvchilar As Boolean tavsiflagichli Dim operatori yordamida e’lon qilinadi.
    Visual Basic muhitining mantiqiy operatorlari jadvali


    Operator

    Amallar

    And

    Agar ikkala operandning qiymati True bo‘lsa, True bo‘ladi.

    Agar hech bolmaganda bitta operandning qiymati False bo‘lsa, False bo‘ladi.



    Or

    Agar hech bolmaganda bitta operandning qiymati True bo‘lsa, True bo‘ladi.

    Agar ikkala operandning qiymati False bo‘lsa, False bo‘ladi.



    Not

    Unar amal (bitta operand yordamida bajariladi)

    Agar operand True bo‘lsa, False bo‘ladi

    Agar operand False bo‘lsa, True bo‘ladi


    Xor

    Agar operandning qiymatlari o‘zaro bir-biriga teng bo‘lmasa (biri – True, ikkinchi - False), u holda True qiymatini oladi

    Agar operandning qiymatlari o‘zaro bir-biriga teng bo‘lsa (ikkalasi ham – True yoki ikkalasi ham - False), u holda False qiymatini oladi.


    10.14. Qatorlar ustida ishlaydigan funksiyalar

    Qatorlar ustida ishlaydigan bitta amal – biriktirish amali yoki konkatenatsiya amali mavjud.

    Konkatenatsiya amali & belgisi bilan belgilanadi. Ikkita qatorning konkatenatsiya amalining natijasi – biriktirilgan qator.

    Masalan: Mayli uchta o‘zgaruvchi strS1, strS2, strS0 dasturda quyidagi operatorlar yordamida tavsiflangan bo‘lsin:

    Dim strS1, strS2, strS0 As String

    strS1 o‘zgaruvchisining qiymati: strS1 = “Bizning kollej”

    strS2 o‘zgaruvchisining qiymati: strS2 = “Toshkentda joylashgan”

    strS0 =strS1 & strS2 amallari bajarilgandan so‘ng strS0 o‘zgaruvchisining qiymati “Bizning kollej Toshkentda joylashgan” bo‘ladi.

    Visual Basic muhitida qatorlar ustuda bajariladigan amallar birnecha o‘rnatilgan fuksiyalari yordamida amalga oshiriladi.


    Qatorlar bilan ishlaydigan funksiyalar

    Funksiya

    Bajaradigan ishi

    As С

    Simvolning ASCII-kodini qaytaradi

    Chr

    ASCII-kodni simvolga o‘tkazadi

    InStr, InStrRev

    Matn ichidan matnni qidirishni amalgam osiradi

    LCase

    Dastlabki qatordagi harf registrini kichigiga o‘zgartiradi

    Left

    Qator boshidan simvollarning ko‘rsatilgan sonini qaytaradi

    Len

    Qatordagi simvollarning umumiy sonini qaytaradi (qatorning joriy uzunligi)

    LTrim, RTrim, Trim

    Simvolli qatorning boshida, oxirida va ikkala tomonida joylashgan probellarni olib tashlaydi.




    Mid

    Qatorning ixtiyoriy joyidadan berilgan sondagi simvollarini qaytaradi

    Right

    Qatorning oxirgidan ko‘rsatilgan sondagi simvollarini qaytaradi

    Str, CStr

    Sonli qimatlarni qator turiga o‘tkazadi

    StrReverse.

    Qatordagi simvolarning joylashish tartibini teskariga o‘zgartiradi

    StrConv

    Simvolli qatorning harflar registrini o‘zgartiradi

    Val

    Qatorni son sifatida ifodalaydi

    UCase

    Dastlabki qatordagi harf registrlarini kattasiga o‘zgartiradi

    Bu funksiyalarning birnechtasini qarab chiqamiz:



    • Str funksiyasi. Str() funksiyasi sonli qiymatlarni qator ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Funksiyaning sintaksisi: Str (Sonli ifoda). Sonli ifoda o’zgarmas, o‘zgaruvchi, matematik operator va funksiya bo‘lishi mumkin,

    • Val funksiyasi. Val() funksiyasi simvolli qatorni sonli qiymatlarga o‘zgartiradi. Funksiyaning sintaksisi: Val (Simvolli qator) Simvollar qatorini songa o‘tkazishda barcha qatorda chapdan o‘nga qarab joylashgan raqamli simvollar hisobga olinadi. Qatorning boshida va oxiridagi probellar tashlab ketiladi. Qator ichiga probellar qo‘yish mumkin emas. Agar ifodaning birinchi belgisi raqam bo‘lmasa, Val funksiyasi nol qiymatini qaytaradi.

    • LTrim funksiyasi. Simvolli qatorning boshidagi probellarni olib tashlaydi. Sintaksisi: LTrim(Simvolli_ifoda)

    • RTrim funksiyasi. Simvolli qatorning oxiridagi probellarni olib tashlaydi. Sintaksisi: RTrim(СимвольноеВыражение)

    • Trim funksiyasi. Simvolli qatorning boshida va oxiridagi probellarni olib tashlaydi.

    Sintaksisi: Trim(Simvolli_ifoda)

    • Left funksiyasi. Chap tomondan boshlab qatorni ajratib oladi. Sintaksisi: Left(Simvolli_ifoda, Simvollar_soni)

    • Right funksiyasi. O‘ng tomondan boshlab qatorni ajratib oladi. Sintaksisi: Right(Simvolli_ifoda, Simvollar_soni)

    • Mid funksiyasi. Ixtiyoriy qismqatorni ajratib oladi. Sintaksisi:

    Mid(Simvolli_ifoda, Pozitsiya_tartibi, Simvollar_soni)

    • UCase funksiyasi. Kichik harflarni katta harflarga almashtiradi. UCase () funksiyasi Variant turidagi qiymat qaytaradi. String turidagi qiymat qaytarishi uchun UCase$() funksiyasini ishlatish zarur. Funksiya Sintaksisi: UCase (Simvolli_ifoda)

    • LCase funksiyasi. Katta harflarni kichik harflarga almashtiradi. LCase () funksiyasi Variant turidagi qiymat qaytaradi. String turidagi qiymat qaytarishi uchun LCase$() funksiyasini ishlatish zarur. Funksiya Sintaksisi: LCase (Simvolli_ifoda)

    • StrConv funksiyasi. Kichik yoki katta harflardagi ifodani shaxsiy nomiga almashtiradi.

    Funksiya Sintaksisi: StrConv (Simvolli_ifoda)

    • InStr funksiyasi. Simvolli qator ichidan boshqa bir qatorni qidirishni amalga oshiradi.

    Sintaksisi: InStr (Dastlabki_qator, Qidirilayatgan_qator)



    Download 5,61 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143




    Download 5,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -misol: Matematik funksiyalarni ishlatishga loyiha

    Download 5,61 Mb.