Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari
Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda
nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday
dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni
o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib,
dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic,
Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci
va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til
inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali
tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta
guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab
bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi
dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin.
Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron
Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar
yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli
sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi
sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan
(yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari
shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash
va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi.
Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi.
Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga
mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini
qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar
kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy
tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET,
JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab
turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java,
Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi:
soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam
ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha
keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir
tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan
e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng
tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu
tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli
hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o'yinlari tuzishda yoki
kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga
xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib
o'tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda
2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha
kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob'yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili
hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun
dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi,
lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini
qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi
dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga
imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: "Vijual Beysik") – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va
uning uchun dasturlash muhitdir. U BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar
taraqqiyot ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET
2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ
darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo
bo'ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion
tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat
boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga
ko'ra bu fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga
almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi. Java Obyektga
Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o'xshash.Eng ko'p yo'l
qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.
Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o'tadi
va bu bayt kod interpretator tomonidan o'qib yurgizdiriladi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli
maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C
dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish
maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++
deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu
xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM
oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan
dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma'lumotlar
keltirilgan.
Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori darajadagi dasturlash tillarida
yozilgan dasturlarni kompyuterga tushuntirish uchun kompilyator degan qo'shimcha dastur kerak bo'ladi.
Web dasturlashda ham huddi shunday jarayon sodir bo'ladi. Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun
ishlatadiganingiz Brauzerlar - web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web
dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera
olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib
berish uchun ham Web server ga o'xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami kerak
bo'ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so'rov yuborganingizda
(istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va hokazo...) shu sayt joylashgan
serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan
joylarini tarjima qilib jo'natadi. Shunday qilib klient - yani siz tomondagi web saytni kodlarini
kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu - Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning
brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib jo'natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi.
Quyida web serverni
Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan web dasturlash tillari
(HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun
interpretator va ma`lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MYSQL, Oracle va boshqalar bo'lishi
mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz
qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS serverdan saytga mos IP
bo'yicha kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda kiritilgani uchun ham ko'pincha standart HTTP
protokoli bo'yicha yuborilgani uchun uni Web server kutib oladi va so'rovingizga mos papkadan index faylni
qidirib topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga
qaraydi, agar kengaytmasi .html bo'lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo'lsa PHP serverdagi
interpretator orqali brauzer tushunadigan tilga tarjima qildiradi(shuni ichida ma`lumotlar bazasidan ham
kerakli ma`lumotlar yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo'natadi. PHP dasturlash tili yordamida
sayt yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda Virtual server o'rnatishingiz lozim. Masalan
Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP Brauzeringiz o'zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini
ekraningizda sizga ko'rsatib beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash bilan
shug'ullanaman deydigan bo'lsangiz, minimum: HTML,CSS,JavaScript,PHP,MySQL larni bilishingiz kerak
ekan. Bunda HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini) amalga oshiradi, Javascript -
saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi(masalan siz login
bo'lganmisiz, yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz sizda nimalar chiqadi, aks xolda nimalar...), MySQL -
PHP bilan hamkorlikda saytga ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun
xizmat qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya programmani
ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha programmaga turli o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi.
Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu
versiyasi orqali sizga yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning buzilishi va
h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib, o`z mahsulotlarini
takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft
korporatsiyasi ham mustasno emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7
va h.k.). Release Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u haqiqiy, sotuvga
chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar qisqacha RC deb ataladi. Shu turdagi
versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya
o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar programmani
yaratgan firma tomonidan qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda qo`yilgan
maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani "alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z
bahosida sotiladi, unga ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan
ko`rsatiladi. Build XXXX(XXXX - qurish) - bu, odatda, versiya hisoblanmaydi. XXXX ning o`rnida biror
son keladi. Bu son programmaning kompilyatsiya(programmalash tilidan haqiqiy bajariluvchi kodga
o`tkazish) sonini bildiradi. Programma yadrosi(qo`shimchalarsiz, asosiy qism)ga nisbatan yuritiladi.
Masalan, Windows Vista Beta 2 Build 5308 - Windows Vistaning Beta 2 versiyasi turkumida 5308-
kompilyatsiya(OSga nisbatan "kompilyatsiya"ni ishlatish noo`rinroq:)). Update(yangilash) - programmaning
biror teshigini(biror kichik xato, kamchiligi) tuzatuvchi kichik yordamchi programma. Bu yordamchi
programmaning hajmi, odatda, kichik bo`lib, faqat o`sha kamchilikni tuzatishgagina xizmat qiladi. Ya'ni bu
programmacha biror *.dll faylni yoki programmaishlatuvchi funksiyalardan birortasini "tuzatib" qo`yadi,
xolos. Bunday Update("qarz")lar har doim tekin bo`ladi. Service Pack(xizmat paketi) - o`zida bir qancha
Update lar bajaruvchi amallarni saqlovchi paket. Uning qisqacha nomi SP. Programmaning haqiqiy versiyasi
yoki avvalgi SP dan shu paytgacha bo`lgan xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir qancha
Update lar ishini o`zi bajaradi. Masalan, Windows XP chiqqanidan so`ng, taxminan bir yildan keyin SP1
chiqdi. Bundan kelib chiqadiki, Windows XP SP1 bir yil davomidagi xatoliklarni tuzatuvchi paket
hisoblanadi. SP ham programma ishlab chiqaruvchi firmaning xatolari tufayli kelib chiqqan xatolarni
tuzatgani uchun tekin bo`ladi. Trial(yoki demo)-versiya(vaqtinchalik) - bu versiya, programma sotuvga
chiqarilgandan so`ng tekin tarqatila boshlaydi. Bu versiyaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarni ushbu
programmani sotib olishga jalb qilish va ularni programma bilan tanishtirish. Trial versiyalar, odatda, ikki
xil bo`ladi: a) vaqt bo`yicha chegalangan; b) imkoniyatlar bo`yicha. Vaqt bo`yicha chegaralangan versiya
ma'lum muddat, masalan, 30 kun ishlaydi va shundan so`ng boshqa ishga tushmaydi. Bu holatda siz
programmani sotib olishingiz kerak. Odatda, vaqt bo`yicha trial-versiyalar programmaning hamma
imkoniyatlarini o`zida saqlaydi. Imkoniyatlar bo`yicha versiya esa programmaning sotib olingan
versiyasining nechadir foiz imkoniyatlarini o`zida saqlaydi yoki ma'lum cheklanishlar qo`yilgan bo`ladi. Bu
versiyaning ishlash muddati chegaralanmaydi. Yuqo`ridagi ikki holatdan tashqari yana bir holat bor. Bunda
programmaning hamma imkoniyati saqlanadi, muddat ham berilmaydi, faqat foydalanuvchiga programmani
sotib olish haqida eslatib turiladi. Bu esa ko`pchilikning jig`iga tegishi mumkin. Ko`pchilikka ma'lum Total
Commander programmasi shu kabi programmadan biri, u har ishga tushganida 1, 2, 3 deb nomlangan
knopkalardan birini bosishingizni talab qiladi. Dasturlashni o'rganishni nimadan boshlash kerak? Eng avvalo
insonda kuchli qiziqish bo'lishi kerak. Lekin bu hammasi emas. Dasturchi bo'lish uchun matematika yoki
geometriya fanlarini ham yaxshi o'qigan bo'lishingiz kerak deb o'ylaymiz. Aslida dasturlash uchun
matematika yoki geometriya unchalik ishlatilmasligi mumkin. Aytmoqchimizki aniq fanlarni yaxhsi
tushunaolgan inson dasturchi bo'lishi ham oson bo'ladi. Agar dasturchi bo'lishga qaror qilgan bo'lsangiz,
Dastlab eng sodda tildan boshlash kerak 1-navbat HTML tilini o'rganasiz. 2-navbat CSS va Javascript
asoslarini o'rganasiz. 3-navbat Delphi yoki Java asoslarini o'rganasiz. Yana Mobile telefonlar (Android, iOS)
uchun dastur tuzish usullari bilan qiziqib ko'rasiz Endi oldingizda 3 ta katta yo'l chiqadi. Siz esa shu yo'lning
biridan yurishingiz kerak. 1-yo'l. Web App yoki web dasturlash yo'nalishi. asosan internet bilan ishlaydigan
dasturlar yaratish 2-yo'l Win, Linux App ya'ni Faqat Komputer uchun dasturlar tuzish 3-yo'l Mobile
dasturlash ya'ni Hozirda ommabop Android, iOS (Iphone) uchun dasturlar tuzish Agar 3 ta yo'lni ham
o'rganaman desangiz katta natijaga erishish qiyin. Chunki ularning har biri katta bir olam misolidir. Xullas
ishlarinngizga omad tilab qolamiz. Agar bu borada savollar bo'lsa www.aql.uz sayti orqali bizga maktub
yuboring... Foydalanilgan Manbalar: Ki.uz , qalam.uz, qanday-qilib.uz
|