Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
268
end if;
end
PUSH;
procedure
POP(STK : in out
STACKTYPE) is begin
if
STK.TOPSUB = 0
Asosiy adabiyotlar
1. Robert W. Sebesta, Concepts of Programming Languages, John Wiley & Sons, USA 2015.
2. Fundamentals of Computer Programming With C# (The Bulgarian C# Programming Book). Svetlin
Nakov & Co., 2013
3. Andrew Troelsen. Pro C# 5.0 and the .NET 4.5 Framework Sixth Edition 2012 apress.
Glossariy
▪
Metodlar – ma’lum bir klass bilan bog‘langan funksiyalar hisoblanadi. Bunday funksiyalar
sifatida klass nusxasi metodlari yoki klass nusxasi hosil qilinishini
talab qilmaydigan statik
metodlar (masalan, Console.WriteLine) tushuniladi.
▪
Xususiyatlar – mijoz tomonidan murojaat qilish imkoni mumkin bo‘lgan funksiyalar bo‘lib,
klassning ochiq maydonlariga o‘xshash. C# tilida xususiyatlar bilan ishlovchi maxsus read va
write sintaksislari mavjud. Xususiyatlar maxsus sintaksisga ega bo‘lib, oddiy funksiyadan
farq qiladi.
▪
Konstruktorlar – klass nusxasi hosil qilinganda avtomatik
chaqriladigan funksiya
hisoblanadi. Ushbu funksiyalarning nomi klass nomi bilan ustma-ust tushishi va hech
qanday qiymat qaytarmasligi lozim. Konstruktorlar klass
nusxasi osil qilinganda
maydonlarga boshlang‘ich qiymat berishda foydalaniladi.
▪
Destruktorlar – konstruktorlarga o‘xshash bo‘lib, klass nusxasi xotiradan o‘chirilganda
avtomatik chaqiriladi. Ular ham klass nomi kabi nomlanib, oldiniga tild belgisi (-) qo‘yiladi.
Dasturning keraksiz ma’lumotlardan tozalashni CLR bajarishini inobatga olib,
qachon
destruktor chaqirilishini aytish qiyin. C# tilida destruktorlar kamroq qo‘llaniladi
▪
indeksatorlar – ob’ektlarni massiv va kolleksiya kabi indekslash uchun qo‘llaniladi.
▪ Qism dastur – dasturning bir qismi bo‘lib, qachonki unga murojat qilinsagina o‘sha dastur
ishga tushadi
▪ Void – qism dasturni qiymat qaytarmasligini anglatuvchi tipi hisoblanadi
▪ Lokal o‘zgaruvchi - qism dastur ichida e’lon qilgan yoki blok chegarasida ko‘rinish sohasiga
ega
▪ Global o‘zgaruvchi - har qanday qism dasturlardan tashqarida e’lon
qilinadi va
programma bajarilishining oxirigacha amal qiladi. Bunday o‘zgaruvchilarga
programmadan ihtiyoriy funksiyalardan murojat qilish mumkin
▪ New - massiv yaratishda bu operatordan foydalaniladi