Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr




Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/194
Sana20.02.2024
Hajmi6,33 Mb.
#159185
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   194
Tiplarni rivojlantirish
Dasturlash tilida ma’lumotlar abstarakt tiplarini aniqlash vositalari sintaksik birikmalar 
yaratishni ta’minlaydi, ular tip va abstrakt operatsiyalarni bajaruvchi qism dasturlar qoidalarini 
inkapsulyatsiya qilish mumkin. Tip nomini va qism programmalar sarlovhalarini abstrakt 
mijozlariga ko‘rinarli qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. Bu mijozlarga abstrakt tip 
o‘zgaruvchilarini e’lon qilish va ular ma’nolari bilan manipulatsiya qilish imkoniyatini beradi . 
Tipning nomi tashqaridan ko‘rinarli bo‘lishiga qaramay uning aniqlanishi yashirin bo‘lishi kerak. Tip 
aniqlovchi operatsiyalarga nisbatan abstrakt tiplar ob’ektlari bilan bariladigan umumiy kirish 
operatorlari juda kam. Shunchaki ma’lumotlar abstrakt tipi keng doirasiga kirishi mumkin bo‘lgan 
katta miqdordagi operatsiyalar mavjud emas. Bunday operatsiyalarga o‘zlashtirish ,shuningdek 
tenglik va tengsizlik operatsiyalari kiradi. Agar til foydalanuvchiga o‘zlashtirish operatsiyasini 
yuklash imkoniyatini bermasa, u holda u o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Tenglik va tengsizlikni tekshirish 


Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
264 
oldindan aniqlangan ayrim hollarda aniqlanmagan. Masalan ko‘rsatkichlar tenglikni bildiradi. Lekin 
foydalanuvchi bunday tenglik manzillari ko‘rsatkichlarda saqlangan strukturalar tenglikni bildirishni 
xoxlashi mumkin.
Ayrim operatsiyalar ma’lum abstrakt tiplari ko‘pchilgi uchun kerak. Lekin ular universal 
bo‘lmaganligi tufayli tipni ishlab chiqaruvchi ularni o‘zi aniqlashi kerak. Bunday opeatsiyalarga 
iteratsiyalar, konstruktorlar va destruktorlar kiradi. Iteratsiyalar oldingi mavzularda muhokama 
qilingan. Konstruktorlar yangi yaratilgan ob’ektlar qisimlarini nomlash uchun foydaliniladi. 
Destruktorlar abstract tiplar ob’ektlari bilan band bo‘lgan dinamik xotirani qisimlarini bo‘shatish 
uchun ishlatiladi. Oldin aytib o‘tilganidek ma’lumotlarning alohida tipining va ular bilan bog‘liq 
operatsiyalarni inkapsulyatsiya amalga oshiridi. Concurrent Pascal (Brinch Hansen, 1975), Smalltalk 
(Goldberg and Robson, 1983), C++ va Java tillari ma’lumotlari abstrakt tipini bilvosita qo‘llab-
quvvatlaydi. Bunga alternativ umumiy konstruksiyalarni qo‘llab quvvatlash bo‘lib, ular 
predmetlarning har qanday miqdorini aniqlatdi, ularning har biri alohida xolida moduldan 
tashqarida ko‘rinadi. Bu yondashish Modula-2 va Ada dasturlash tillarida amalga oshirilgan. Biz bu 
loyihalarni inkapsulyatsiya deb atadik. Inskopsulatsiya ma’lumotlar abstract tipi emas balki ularni 
umumlashtiruvchisidir va shu hususida inkapsulyatsiya dan ma’lumotlar abstrakt tipini aniqlashda 
foydalanish mumkin. 
Tiplar ishlanmasi asosiy savollarini inkapsulyatsiya yordamida belgilaymiz. Birinchidan 
abstract bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina tiplarni cheklash kerakmi? Bunaqa chegaralash bir 
qancha ustunliklarga ega. Xususan faqat ko‘rsatkichlar abstract bo‘lsa, dasturlarni ishlashda 
takroriy kompilyatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolardan qochish mumkin. Boshqa 
tamondan ayrim tadqiqotchilar buni juda kuchli cheklanish deb biladilar, chunki u ko‘pgina 
kamchiliklarga ega. Tiplar ishlanmalarining ikkinchi savoli ma’lumotlar abstrakt tipini parametrlash 
mumkinmi? Masalan agar dasturlash tili ma’lumotlar tiplarini parametrlashni qo‘llab-quvvatlasa 
ma’lumotlar abstrakt tiplarini har qanday skalyar tipdagi elementlaran iborat bo‘lgan ma’lumotlar 
abstrakt tiplarining navbatlarini ishlab chiqish mumkin. Ma’lumotlarning parametrlashgan 
abstrakt tiplari keying mavzuda muhokama qilinadi. Xulosa qilib aytamizki yana shunday savollar 
mavjudki ma’lumotlarga kirishni boshqarish qanday amalga oshiriladi va bu boshqaruv qanday 
aniqlanadi. 

Download 6,33 Mb.
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   194




Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr

Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish