Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan ma’lumotlarning abstrakt tiplari




Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/194
Sana20.02.2024
Hajmi6,33 Mb.
#159185
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194
3.2. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan ma’lumotlarning abstrakt tiplari 
Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan ma’lumotlar abstraksiyasi tushunchasi nisbatan yaqin 
vaqt ichida paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar tomonidan ma’lumotlar abstraksiyasi tiplari huddi 
haqiqiy sonlarning hususiyatlari kabi bo‘lishi kerak: 
1) 
Tipni aniqlashning modullari dasturlariga bu tip o‘zgaruvchanligi e’lon qilishga yo‘l 
qo‘yadigan hotirada bu o‘zgaruvchilar haqida aniq tasavvur hosil qiladigan aniq qoida 
2) 
Berilgan tip ob’ektlari bilan minipulyatsiyalari uchun operatsiyalari to‘plami. 
Keyinchalik foydalanuvchi aniqlagan tiplar kontekstidagi ma’lumotlar abstrakt tipining 
shakliy qoidasi keltiriladi. Ma’lumotlar abstrakt tipi – bu quyidagi ikki shartni qoniqtiradigan 
ma’lumotlar tipidir: 
▪ 
Tip haqidagi tasavvur va shu tipdagi ob’ektlar ustidagi operatsiyalar bitta sintaktik 
birikmada mavjud. Bundan tashqari bu tip o‘zgaruvchilarini boshqa modullarda ham yaratish mumkin. 
▪ 
Berilgan tip ob’ektlari haqidagi tasavvur dasturiy modullardan bekitilgan, demakki bunday 
ob’ektlar ustida faqatgina tip aniqlanishida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ko‘zda tutilgan operatsiyalarni amalga 
oshirish mumkin. 
Ayrim ma’lumotlar abstrakt tipidan foydalanuvchi dasturiy modullar shu tipning modulari 
deb ataladi. 
Tip va operatsiyalarni alohida sintaktik birikmaga joylashning asosiy afzalliklari huddi 
inkapsulyatsiyadagidek, ya’ni, birinchidan bu dasturlarni alohida kompilatsiya qilish mumkin 
bo‘lgan logik birikmalarni tashkil qilish imkonini beradi, ikkinchidan shu tip ob’ektlaridagi 
tasavvurlar yoki ular bilan bo‘lgan operatsiyalarni dasturni alohida qismida modifikatsiya qilish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. Tip tasavvuri detallarini ochishning bir qancha afzalliklari bor. Bulardan 
eng muhimi shuki, mijozlar ob’ektlar tasavvuri detallarini ko‘ra olmaydilar va bundan kelib 
chiqadigi ularni ko‘di bu tasavvurga bog‘liq emas. Shunday qilib ob’ektlar tasavvurlarini xoxlgan 
paytda o‘zgartirish mumkin. Bunda mijozlar kodini o‘zgartirishni talab qilishni xojati yo‘q. Abstrakt 
interfeysni uning ayrim (hammasi emas) xususiyatlarini namoyish etadi. 
Ma’lumotlar ochishning boshqa aniq va muhim ustinligi uning yuqori ishonchliligidir. 
Mijozlar ob’ektning asosiy tasavvurlarini bilvosita ataylab yoki tasodifan o‘zgartira olmaydilar. 
Shuning uchun bunday ob’ektlarning yaxlitligi ortadi. Ob’ektlarni faqatgina ular uchun 
mo‘ljallangan operatsiyalar yordamida o‘zgartirish mumkin. Ma’lumotlar abstrakt tiplari 
tasavurlarini ochish detallarini muhimligini qayta baxolash qiyin.

Download 6,33 Mb.
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194




Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan ma’lumotlarning abstrakt tiplari

Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish