Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
265
class class_name;
begin
--
sinf o‘zgaruvchilarini e’loni --
-- sinf qism dasturlarining ta’riflari --
-- sinf kodi mavzui --
end class_name;
Kodga ega bo‘lgan sinf aniqlanish sohasi faqat bir marta ob’ekt yaratilgan paytda bir marta
bajariladi. U sinf loyihachisi vazifasini bajaradi va shu vazifada sinfda aniqlangan o‘zgaruvchilarning
nomlanishida foydalaniladi. SIMULA 67 tilining ma’lumotlar abstraksiyasi
ishlanmasiagi hissasi
inkapsulyatsiya imkoniyatlariga yeg‘iladi.
Shunisi qiziqarliki sinflar hususiyatlarining ahamiyti SIMULA 67 ishlanmasi yakunlanganidan
bir necha yil keyin ham tan olinmagan. Ma’lumotlar abstraksiyasini muhimligi 70-yillar
oxirlarigacha anglab yetilmagan.
5.1.2. Ma’lumotlarni ochish
SIMULA 67 tili sinfida e’lon qilingan o‘zgaruvchilar shu sinf ob’ektini yaratuvchi mijozlardan
berkitilmagan. Bu o‘zgaruvchilarga kirishni sinf qism dasturlari bajarayotgan
operatsiyalari orqali
yoki bevosita ularning nomlaridan olish mumkin. Bu ma’lumotlar abstrakt
tipini aniqlashdagi
informatsiyani ochish talablariga zid. Chunki sinf mohiyatiga kirishning ko‘p uslublari mavjud.
Natijada SIMULA 67 til sinflari haqiqiy ma’lumotlar abstrakt tipiga qaraganda kamroq ishonchlidir.
Bundan tashqari sinf mijozlari sinfdagi ma’lum o‘zgaruvchilarga bog‘liq bo‘lganligi
tufayli bu
o‘zgaruvchilar aniqlanishidagi o‘zgarishlar mijozlar kodlaridagi o‘zgarishlarni
keltirib chiqaradi va
bu bunday dasturlarni qo‘llab-quvatlashni murakkablashtiradi.