Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
128
Yuqoridagi dastur shartida biz mantiqiy qiymat qaytaradigan (
true yoki
false)
istalgan tipdagi ifodadan foydalanishimiz mumkin. Uning
siklning tana qismining
necha marta takrorlanishini xisoblashdan iborat va u
shart sikli deb ataladi. Siklning
asosiy tana qismi dasturning asosiy kodini har bir siklda bajarilishi uchun kiritilgan
shart har doim
true bo‘lishi shart.
while sikli quyidagi blok sxema orqali tavsiflangan.
While sikli dastlab mantiqiy ifodani hisoblaydi va agar u
true (rost) bo‘lsa sikl
jarayoni ketma – ketligi davom etadi. Keyin yana kiritilgan ma’lumotlarni tekshiradi
va agar
true (rost) bo‘lsa sikl yana bajariladi.
Shart ifodasi false qiymat
qaytarmaguncha sikl takrorlanadi. Agar shart ifoda
false qiymat qaytarsa va o‘sha
paytda sikl to‘xtaydi va
siklning tana qismidan chiqib, dastur keyingi ishini davom
ettiradi.
Agar
siklning shart qiymati false bo‘lsa,
while siklining asosiy
qismi
bajarilmaydi. Agar siklning jarayoni hech qachon to‘xtamasa bu sikl ishini cheksiz
davom ettiradi. Bu sikl cheksiz sikl jarayoni deb ataladi.
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
129