Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
132
3. “BREAK” operatori
Break operatoridan sikldan chiqib ketishda foydalaniladi. Qachonki sikl
break
operatoriga yetganida sikl darhol o‘z ishini tugatadi va siklni tana qismidan chiqib,
keyingi qatorga o‘tib ishini davom ettiradi. Sikl ishlash jarayonida uning tana qismida
break operatori ishlatilgan bo‘lsa, u sikldan chiqib ketishni ta’minlab
beradi
Qachonki
break operatori ishga tushganda sikl kodining qolgan qismi bajarilmasdan,
sikldan chiqib ketadi. Biz
break operatori bilan sikldan chiqishni misollar orqali
ko‘rsatib o‘tamiz.
3.1. Faktorialni hisoblash
Konsoldan kiritilgan sonning faktorial qiymatini ushbu misolda ko‘ramiz. Bu
hisoblash
sikl operator va break operatoridan foydalanib amalga oshiriladi. Keling
matematikadan faktorial nima va u qanday hisoblanishini esga olaylik.
n!
shunday
funksiyaki u o‘zidan oldingi barcha sonlarni ko‘paytmasiga teng. Quyidagi misollar
orqali tushuntirib o‘tiladi: