|
Dasturlash tillari
|
bet | 2/8 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 24,83 Kb. | | #141052 |
Bog'liq Mustaqil ishi termiz -2023 Mavzu Borland C Builderda PrintDia-fayllar.orgDasturlash muhitining asosiy tashkil etuvchilari.
Quyida C++ Builder ning asosiy tashkil etuvchilari keltirilgan:
1. Formalar dizayneri (Form Designer)
2. Dastur matni muharriri (Editor Window)
3. Komponentlar to‘plami (Component Palette)
4. Ob’ektlar inspektori (Object Inspector)
5. Yordam tizimi (On-line help)
C++ Builder ning bulardan tashqari sizga dasturlash muhiti va dasturni sozlash uchun xizmat qiluvchi tizim menyusi, uskunalar chizgichi kabi boshqa vositalari ham bor.
C++ Builder da dasturchilar ko‘p vaqtlarini Formalar dizayneri va Dastur matni muharriri orasida o‘tish bilan o‘tkazadilar. Siz dasturlashni boshlashdan oldin shu ikki muhim elementni ajrata olishingizga ishonch hosil qiling.
Formalar dizayneri.
Dastur matni muharriri
C++ Builder dagi Formalar dizaynerining tuzilishi shu qadar oddiyki, dasturning tashqi ko‘rinishini yaratish bolalar o‘yiniga o‘xshab ketadi. Formalar dizayneri dastlab oddiy bo‘sh oynadan iborat bo‘ladi va siz uni keyinchalik komponetlar to‘plamidan olingan ob’ektlar bilan to‘ldirishingiz mumkin.
Formalar dizaynerining muhimligiga qaramasdan, dasturchiliarning ko‘p vaqtlari Dastur matni muharririda kechadi. Chunki bu yerda dasturning asosiy kodi (ish bajaruvchi qismi) yoziladi.
Komponentlar to‘plami sizga formalar dizayneriga o‘rnatish va dasturning tashqi ko‘rinishida ishtirok etuvchi ob’ektlarni tanlash uchun xizmat qiladi. Komponentlar to‘plamidan foydalanish uchun avval kerakli ob’ekt ustiga sichqonchani bosing va so‘ngra formalar dizayneriga sichqonchani bosish bilan tanlangan ob’ektni formaga qo‘yishingiz mumkin.
Komponentlar to‘plami.
Komponentlar to‘plamida ob’ektlar guruhlar buyicha alohida sahifalarga bo‘lingan. To‘plamda Standard, Additional, Dialogs va ho kazo sahifalar yig‘ilgan. Agar siz bu nomlarning ixtiyoriysini bossangiz, shu guruh ob’ektlari joylashgan sahifaga o‘tishingiz mumkin.
Masalan, siz formaga TEdit ob’ektini tashladingiz; siz uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishingiz va uning o‘lchamlarini o‘zgartirishingiz mumkin. Boshqa ko‘pchilik ob’ektlar bilan ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirish mumkin. Lekin, dastur bajarilishida formada ko‘rinmaydigan (TMenu yoki TdataBase kabi) ob’ektlar o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmaydi.
Formalar dizayneridan chap tomonda siz ob’ektlar inspektorini ko‘rishingiz mumkin. Bu oynadagi ma’lumotlar formada tanlangan ob’ektning tipiga qarab, o‘zgarib borishiga e’tibor bering. Har bir komponent bu ob’ektdir, va uning ko‘rinishi hamda harakatini ob’ektlar inspektori yordamida o‘zgartirish mumkinligini unutmang1.
Ob’ektlar inspektori.
Ob’ektlar inspektori joriy ob’ektning harakatlarini aniqlash uchun ikki sahifadan tashkil topgan. Birinchi sahifa – xususiyatlar ro‘yxati bo‘lsa, ikkinchisi ob’ektning holatlari ro‘yxatidir. Joriy ob’ektning biror tomonini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, siz albatta Ob’ektlar inspektoriga murojaat qilishingiz kerak. Misol uchun siz TLabel elementining nomini o‘zgartirishingiz, yoki uning Caption, Left, Top, Height, va Width kabi xususiyatlari yordamida joylashishini o‘zgartirishingiz mumkin.
Ob’ektlar inspektori oynasining quyi qismidagi sahifa nomlaridan ob’ektlarning xususiyatlari va holatlari oynasiga o‘tish mumkin. Holatlar sahifasi dastur matni muharriri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, undagi holatlarning ixtiyoriysiga sichqonchani ikki marta bossak, ob’ektning shu holatiga tegishli dastur sarlavhasi muharrirda paydo bo‘ladi va sizga shu holatda bajariladigan ishlarni dastur ko‘rinishida yozish imkoniyati beriladi. C++ Builder bu imkoniyatini keyinoq to‘liq ko‘rib o‘tamiz.
|
| |