Muammoning o’rganilganlik darajasi. Davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabat, davlat faoliyati ustidan jamiyat nazorati zarurligi haqida umumiy tarzdagi dastlabki qarashlar: Platon, Aristotel, Siseron, T.Gobbs, J.Lokk, Sh.L.Monteskye, J.J.Russo, G.Gegel, I.Kant, M.Veber shuningdek, O’rta Osiyo ma’rifatchilari va siyosiy arboblarnidan Abu Nasr Forobiy, A.Navoiy, Amir Temur kabi buyuk allomalar asarlarida o’z ifodasini topgan.
Jamiyat va davlatning o’zaro aloqasini metodologik asoslarini tarixiy-huquqiy o’rganish masalalari, ijtimoiy-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanish muammolari, bugungi kunda taniqli mutaxassislar diqqat markazida turibdi. Davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabat, davlat va jamoatchilik nazorati bilan bog’liq masalalarni o’rgangan xorij olimlaridan V.P. Belyayev, K.S. Belskiy, S.A. Denisov, A.V. Yerisyan, Diyego Valades, Yu.A.Dmitriyev, Djon X.Xellouell, Ye.A.Mashtakova, A.N.Pilipenko, V.K. Rudenko, V.G. Smolkov, A.M. Tarasov, Entoni Giddens, V.Ye. Chirkin, V.V.Fedorov, A. Shayo kabilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin3.
O’zbekistonda davlat hokimiyati, hokimiyatlar bo’linishi prinsipi, hokimiyat tarmoqlarining o’zaro munosabati, jumladan, davlat nazorati, ijro xokimiyati ustidan parlament nazorati, konstitusiyaviy nazorat masalalari A.A.Azizxo’jayev, S.M.Adilxodjayeva, X.B.Boboyev, .B.Boydadayev, Z.M.Islomov, Sh.I.Jalilov, G.R.Malikova, Z.Yu.Muqimov, H.T.Odilqoriyev, M.X.Rustamboyev, F.X.Rahimov, A.X.Saidov, A.X.Sattarov, O.R.Oqilov, A.T.To’laganov, J.O’.Toshqulov, A.S.Tursunov, E.X.Xalilov, O.T.Husanov, M.M.Fayziyev kabi huquqshunos olimlarning ishlarida muayyan darajada o’zining ifodasini topgan.
Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratiga maxsus bag’ishlangan tadqiqotlar mavjud emasligi bilan bir qatorda, qator yosh mutaxassis tadqiqotchilar maqolalarida fuqarolik jamiyati shakllanishining ayrim jihatlarini tahlil etish bilan bog’liq holda jamoatchilik nazoratining u yoki bu jihatlarini o’rganilganligini ta’kidlash zarur4. Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, bugungi kunda
mamlakatimiz yuridik adabiyotida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy muammolari va uni tashkil etish hamda faoliyat mexanizmini takomillashtirish masalalarini kompleks tarzda tadqiq etgan ishlar mavjud emas.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy – tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi.
|