Natijalarining joriy etilishi




Download 341,5 Kb.
bet9/17
Sana15.03.2017
Hajmi341,5 Kb.
#143
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Natijalarining joriy etilishi. Tadqiqot natijalaridan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari” qo’mitasining qonun ijodkorlik faoliyatida hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi “Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish Markazi” faoliyatida. Qonunchilik palatasi huquq ijodkorlik faoliyatida, xususan, TDYuI o’quv jarayonida xususan, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari” maxsus kursini o’qitishda foydalanilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi sa’y harakatlar ham sifat, ham sur’at jihatdan yangi bosqichga o’tdi. Binobarin, jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan muhim vazifalar qatoriga fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, ularning faoliyatini yangi darajaga ko’tarish hamda davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kiradi. Jamoatchilik nazorati, xususan ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati o’z pirovard maqsadini qonuniylikni va inson huquqlarini ta’minlashini yanada kuchaytirishga qaratishi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Aytish mumkinki, jamoatchilik nazoratining rivojlanganlik darajasi davlat va jamiyat o’rtasidagi samarali munosabatning ishonchli va xolis ifodasidir.

Yuqoridagilarga asoslangan holda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish va uning huquqiy, tashkiliy va institusional asoslarini mustahkamlash hamda rivojlantirishga qaratilgan tegishli xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Bitiruv malakaviy ishida jamoatchilik nazorati tushunchasiga nisbatan umumiy hisoblangan ijtimoiy nazorat tushunchasi ijtimoiy fanlar yutuqlari asosida tahlil etilgan, jumladan, ijtimoiy nazorat va uning turlari masalasiga oid ilmiy qarashlar, xususan, sosiologik yondashuv tahlil etilgan. Ijtimoiy nazorat o’z ichiga nafaqat davlat nazorati va jamoatchilik nazorati, balki, har qanday ijtimoiy guruh va birliklardagi (oila, guruh, millat, partiya, qatlam va b.) hokimiyatni olishi ta’kidlanishi barobarida mazkur ijtimoiy hodisaga mualliflik yondashuvi shakllantirilgan: ijtimoiy nazorat bu shaxsning jamiyatda mavjud ijtimoiy normalarga mos xulq - atvorini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy ta’sir ko’rsatish tizimidir.

2. Jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning muhim va o’ziga xos ko’rinishi hisoblanib, uning ahamiyati butun dunyoda ortib bormoqda.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni keskin taqozo etmoqda. Garchi, davlat organlari, jumladan, ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati mavjud bo’lsa-da, biroq, demokratik rivojlanish talab va ehtiyojlari davlat faoliyati yuzasidan ijtimoiy tuzilmalar tomonidan jamoatchilik nazorati olib borishni talab etadi. Nodavlat ijtimoiy tuzilmalar tomonidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati davlat nazorati bilan birgalikda davlat organlari foliyatida qonuniylikning kuchayishiga xizmat qilishidan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini oshirishga olib keladi.

3. Jamoatchilik nazorati, jumladan, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining tushunchasi, ta’rifi, subyektlari doirasi, olib boriladigan sohalar va masalalar ko’lami, nazorat olib borish shartlari va chegaralari, shakl va usullari milliy yuridik adabiyotda davlat va huquq fani doirasida yetarli ishlab chiqilmagan. Mazkur dissertasiya ushbu masala yuzasidan amalga oshirilgan dastlabki maxsus tadqiqot bo’lganligi bois, undagi ta’rif va xulosalar qayd etilgan “bo’shliqni” ma’lum darajada to’ldirishga qaratilgan. Jumladan tadqiqotda jamoatchilik nazoratiga mualliflik ta’rifi shakllantirilgan: jamoatchilik nazorati - ommaviy axborot vositalari, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, ijodiy uyushmalar, olimlar jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, fuqarolar hamda ularning o’zini -o’zi boshqarish organlari hamda boshqa uyushmalari tomonidan davlat organlari faoliyatida qonuniylik va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash va mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazoratning bir turidir.

4. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati, umuman jamoatchilik nazoratining muhim ko’rinishi hisoblanadi. Chunki, ushbu hokimiyat tarmog’i davlat organlari va davlat xizmatchilarining asosiy qismini o’z ichiga oladi hamda fuqarolarning kundalik hayotiy talab va ehtiyojlari bilan bog’liq (sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim, jamoat xavfsizligi va b.). Dissertasiyada ushbu institutga mualliflik ta’rifi berilgan: ijro etuvchi hokimiyat faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati – bu fuqarolarning huquq va manfaatlarning buzilishini oldini olish maqsadida jamoat tashkilotlari va tashabbuskor guruhlar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ijro hokimiyati tizimiga kiruvchi korxona, muassasalarda va tegishli davlat organlari tomonidan rioya qilinishi yuzasidan amalga oshiradigan nazoratidir.

5. Ta’kidlash o’rinliki, ilmiy adabiyotda jamoatchilik nazorati, jumladan, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining subyektlari va ushbu nazorat olib boriladigan sohalar va masalalar doirasi yetarli darajada aniq belgilanmagan. Tadqiqotda bu masalaga aniqlik kirtishga harakat qilingan. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, o’zini-o’zi boshqarish organlari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar hamda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. Shunga ko’ra uning subyektlar doirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: jamoat birlashmalari; nodavlat notijorat tashkilotlar; siyosiy partiyalar; mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari; alohida fuqarolar; OAV, davlat boshqaruvi organlari huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari, fuqarolarning turli xil ko’ngilli tashkilotlari va b. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining sohalari aniqlanib, bunda davlat xavfsizligi, mudofaa, tashqi siyosat, davlat sirlariga bog’liq boshqa ayrim sohalar doirasi bilangina cheklanishi mumkinligi ko’rsatilgan.

6. Tadqiqotda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borishning mexanizmi nazariy asoslari ishlab chiqilgan va asoslantirilgan; nazoratning obyekti, predmeti, prinsiplari, maqsadlari, amalga oshirish shakllari va usullari aniqlangan va tahlil etilgan hamda shu asosda uni takomillashtirish bo’yicha taklif va mulohazalar ishlab chiqilgan.

7. Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari va institusiyaviy shakllarini takomillashtirish masalasi tadqiq etilib, bunda dastlab xalqaro tajriba milliy qonunchilik va amaliyot bilan qiyosiy tarzda tahlil etilgan. Ayni paytda jamiyatning davlat faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati rivojlangan davlatlar tajribasi, xususan AQSh tajribasi tahlil etiladi. Bunda mazkur institutning shakllanishi va rivojlanishi chinakam erkin matbuotning rivojlanishi bilan hamohang kechishi qonuniyati asoslantirilgan. MDH davlatlari, xususan, RF da tadqiqot obyektiga doir huquqiy asos va institusional shakllar tahlil etilib, shu asnoda, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini inventarizasiya qilish orqali uni bir tizimga solish zarurati asoslanadi.

8. Ishda bugungi kunda jamoatchilik nazoratining muayyan huquqiy asoslari mavjud ekanligi, biroq,jumladan, qator qonun hujjatlarida “jamoatchilik nazorati” iborasi ishlatilganligi, ayrimlarida esa, bunday nazoratni amalga oshirishning qisqacha mexanizmi ham ko’rsatilgan (kasaba uyushmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlarda)ligiga qaramasdan, amaldagi qonunchilikda jamoatchilik nazoratining huquqiy tushunchasi va tavsifi, uni amalga oshirish mexanizmi, qaysi sohalarda va qanday darajada amalga oshirilishi kabi masalalarga javob yetarli emasligini e’tiborga olgan holda hamda qator davlatlar hamda o’z tajribamizga tayangan holda, “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun qabul qilish zarurligi asoslangan va uning loyihasi dissertasiyaga ilova qilingan.

9. Mamlakatimizda davlat organlari, xususan, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy masalalari maxsus tadqiq etilmaganligini e’tiborga olgan holda, ushbu masalaga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish hamda oliy yuridik o’quv yurtlarida jamoatchilik nazoratining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini o’rganadigan maxsus o’quv kurslarini tashkil etish zarurligi yuzasidan amaliy takliflar ilgari surilgan.


Download 341,5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 341,5 Kb.