Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019




Download 2,32 Mb.
bet12/25
Sana14.05.2024
Hajmi2,32 Mb.
#230559
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
DTM-2019 word

ERITMALAR

1. Ma’lum temperaturada NaOH ning eruvchanligi 20 ga teng. 327 g suvda qancha (g) Na eritilsa to‘yingan eritma hosil bo‘ladi?


A) 28,75 B) 40,25 C) 23 D) 34,5

2. 20°C dagi eruvchanligi 42 g bo'lgan tuzning 568 g to‘yingan eritmasi 40°C gacha isitilganda yana qancha (g) tuz erib, to'yingan eritma hosil qiladi? S(40°C) = 57


A) 33 B) 66 C) 45 D) 60

3. Zichligi 1,2 g/ml bo'lgan 600 g eritmada 147 g ortofosfat kislota mavjud. Eritma konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. (Zichlik nisbiy olingan)


A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

4. Kaliy oksidi ma’lum massadagi suvda to‘liq eritildi. Olingan asos massasi eritilgan oksid massasidan 36 g ga ko‘p bo‘lsa, necha gramm 40 % li eritma hosil bo‘lgan?


A) 420 B) 480 C) 540 D) 560

5. 57,5 g natriy 15⦁NA dona atom tutgan suvda to‘liq eritildi. Olingan eritma massasini (g) hisoblang.


A) 147,5 B) 145 C) 327,5 D) 325

6. 40 % li (p = 1,2 g/ml) 500 ml suvli eritmaga qanday massali (g) suv qo‘shilganda 12 % li eritma hosil bo‘ladi?


A) 1640 B) 1760 C) 1400 D) 1040

7. 720 g (p = 1,2 g/ml) 0,3 M li sulfat kislota eritmasi bilan 200 ml 0,6 M li X eritmasi to‘liq reaksiyaga kirishdi. X ni toping.


А) КОН B) Ca(OH) 2 C) NH3 D) Al(OH) 3

8. 8 g NaOH dan foydalanib qanday massali (g) 4 molyalli eritma tayyorlash mumkin? (Molyallik – 1 kg erituvchiga mos keluvchi erigan modda miqdori)


A) 46 B) 58 C) 40 D) 50

9. Kalsiy xlorid eritmasiga tegishli miqdorda Na2CO3 qo‘shilganda 100 g cho‘kma tushdi va 4 molyalli eritma hosil bo‘ldi. Dastlabki kalsiy xlorid eritmasining massasini (g) aniqlang.


A) 617 B) 500 C) 622 D) 611

10. Natriy nitrat tuzining to‘yingan eritmasi (S = 17) 2 M li bo‘lsa, 100 ml eritma massasini (g) toping. (S – eruvchanlik)


A) 340 B) 234 C) 170 D) 117

11. 240 g to‘yingan eritma 30°C dan 50°C gacha qizdirildi. Ushbu jarayon uchun to‘g‘ri bo‘lgan javobni belgilang. S(30°C) = 20; S(50°C) = 60


A) to‘yinmagan eritmaga aylanadi va 80 g eruvchi qo‘shilsa to‘yinadi
B) to‘yingan eritmaga aylanadi va 80 g eruvchi ajraladi
C) to‘yingan eritmaga aylanadi va 60 g eruvchi ajraladi
D) to'yinmagan eritmaga aylanadi va 60 g eruvchi qo‘shilsa to‘yinadi

12. 300 ml 15 % li NaOH eritmasiga (p = 1,2 g/ml) 13,8 g Na bo‘lakchasi solindi. Olingan eritmadagi ishqorning massasini (g) hisoblang.


A) 80 B) 84 C) 82 D) 78

13. Kumush nitrat eritmasiga ikki marta ko‘p hajmdagi kalsiy xlorid eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmada kalsiy va xlorid ionlari 3:2 mol nisbatda bo‘lsa, dastlabki eritmalarning molar konsentratsiyalari qanday nisbatda (berilgan tartibda) bo‘lgan?


A) 3:5 B) 8:3 C) 3:8 D) 5:3

14. 200 g 10 % li natriy gidroksid eritmasidan ma’lum miqdor suv bug‘latilganda eritmadagi umumiy atomlar soni 3 marta kamaydi. Bug‘latilgan suv massasini (g) hisoblang.


A) 72 B) 108 C) 90 D) 126

15. X°C da A modda to‘yingan eritmasining molyal konsentratsiyasi 2 mol/kg bo‘lsa, A moddaning molar massasini (g/mol) aniqlang. S(X°C) = 80 (Molyal konsentratsiya – erigan modda miqdorining erituvchi massasiga nisbati.)


A) 400 B) 80 C) 40 D) 200

16. Kislorod atomlari soni 5,8⦁Na ta bo‘lgan 10 % li kaliy gidroksid eritmasi massasini (g) hisoblang.


A) 180 B) 112 C) 168 D) 120

17. 40 g 30 % li natriy gidroksid eritmasida qanday massadagi (g) fosfat angidrid eritilganda ekvimolar nisbatdagi nordon tuzlar aralashmasi hosil bo‘ladi?


A) 56,8 B) 14,2 C) 28,4 D) 42,6

18. 40 g natriy gidroksid eritmasida 14,2 g fosfat angidrid eritilganda ekvimolar nisbatdagi nordon tuzlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Ishqor eritmasining konsentratsiyasini (%) hisoblang.


A) 10 B) 40 C) 30 D) 20

19. 30 % li natriy gidroksid eritmasida 14,2 g fosfat angidrid eritilganda ekvimolar nisbatdagi nordon tuzlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Ishqor eritmasining massasini (g) hisoblang.


A) 40 B) 60 C) 80 D) 100

20. Ma’lum massadagi eritma bug‘latilganda eritma massasi 20 % ga, erituvchi massasi 25 % ga kamaydi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) hisoblang.


A) 25 B) 50 C) 40 D) 20

21. 44,1 g ortofosfat kislotaning suvli eritmasiga 180 ml 5 M li ammiak eritmasi qo‘shildi. Natijada konsentratsiyasi 2 mol/l bo'lgan eritma olindi. Hosil bo‘lgan eritma hajmini (ml) aniqlang.


A) 250 B) 275 C) 225 D) 200

22. 32,1 g uch valentli metall asosi bilan 900 ml 0,5 mol/l sulfat kislota eritmasi to‘liq reaksiyaga kirishdi. Metallni aniqlang.


A) Al B) Fe C) Mn D) Cr

23. 250 g 20 % li natriy gidroksid eritmasida 10 g NaOH eritilganda hosil bo'lgan eritmaning konsentratsiyasini (mol/kg) aniqlang. (Molyal konsentratsiya – 1 kg erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.)


A) 5,25 B) 7,5 C) 4,5 D) 6,25

24. 250 g 20 % li natriy gidroksid eritmasida necha gramm NaOH eritilsa, hosil bo'lgan eritmaning molyal konsentratsiyasi 7,5 mol/kg ni tashkil etadi? (Molyal konsentratsiya – 1 kg erituvchiga to'g'ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.)


A) 16 B) 20 C) 8 D) 10

25. 180 g NaOH eritmasining (ω(NaOH) — 0,2) molar konsentratsiyasi 6 mol/l bo'lsa, eritma hajmini (ml) aniqlang.


A) 140 B) 150 C) 100 D) 120

26. 40 g eritmaga suv qo'shib, 50 g 14,4 % li eritma olindi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang.


A) 17 B) 16 C) 18 D) 19

27. 600 ml AgNO3 (C = 0,05 mol/l) va 400 ml NaCl (С = 0,1 mol/l) eritmalari aralashtirildi. Eritmadan cho'kma ajratib olingach, barcha ionlar konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.


1) Ag+; 2) NO3 3) Na+; 4) Сl a) 0,02; b) 0,03; c) 0,04; d) 0,01.
A) 3–c; 4–b; 2–b B) 3–c; 4–d; 2–b
C) 3–c; 4–d; 2–b; 1–b D) 3–c; 4–d; 2–b; 1–a

28. Metall bromidni kislotali muhitda bromgacha to'liq oksidlash uchun 0,2 mol/l li kaliy permanganat eritmasidan 300 ml sarflandi. Xuddi shunday miqdordagi metall bromidni kislotali muhitda, bromgacha to‘liq oksidlash uchun 0,2 mol/l li kaliy dixromat eritmasidan qancha (ml) talab etiladi?


A) 500 B) 250 C) 1000 D) 125

29. 0,7 mol natriy bromid va kalsiy bromid aralashmasidagi bromid ionlarini to'liq cho'ktirish uchun 670 g 2 molyalli AgNO3 eritmasi sarflandi. Boshlang'ich aralashmadagi natriy bromid massasini (g) hisoblang. (Molyal konsentratsiya – 1 kg erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.)


A) 41,2 B) 30,9 C) 51,5 D) 20,6

30. 150 g 8 % li mis (II) –sulfat eritmasida qanday massadagi (g) CuSO4 ⦁ 5H2O eritilganda eritmaning foiz konsentratsiyasi 2 marta ortadi?


A) 100 B) 25 C) 75 D) 50

31. Normal konsentratsiyasi 3 N bo’lgan mis (II) –sulfat eritmasi (ω = 0,2) ning zichligini (g/ml) aniqlang.


A) 1,8 B) 1,6 C) 1,2 D) 1,4

32. 0,05 M li 500 g Na2SO4 eritmasida 2,84 g erigan modda bo'lsa, eritma zichligini (g/ml) aniqlang.


A) 1,42 B) 1,5 C) 1,3 D) 1,25

33. 300 g 10 % li eritmadan ma’lum miqdor suv bug‘latilganda tuz cho‘kmaga tushdi va eritma massasi 100 g ga kamaydi. Natijada 12 % li eritma olingan bo'lsa, cho‘kmaga tushgan tuz massasini (g) hisoblang.


A) 6 C) 7 B) 5 D) 8

34. Sulfat kislota eritmasining molar va foiz konsentratsiyalari nisbati 1:7 bo‘lsa, uning zichligi (g/ml) qandayligini toping.


A) 1,2 B) 1,5 C) 1,4 D) 1,6

35. 125 g NaCl eritmasiga 20 % li 75 g shu tuz eritmasidan qo'shilganda 40 % li eritma hosil bo’ldi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) toping.


A) 48 B) 46 C) 50 D) 52

36. Ma’lum temperaturada KOH ning eruvchanligi 56 ga teng. 58,5 g K necha gramm suvda eritilsa to ‘yingan eritma hosil bo‘ladi?


A) 177 C) 227 B) 277 D) 327

37. 15°C dagi eruvchanligi 44 g bo‘lgan tuzning to'yingan eritmasi 35°C gacha isitilganda 80 g tuz erib, to ‘yingan eritma hosil qiladi. 15°C dagi to'yingan eritmaning massasini (g) hisoblang. S(35°C) = 60


A) 720 C) 715 B) 725 D) 710

38. Tarkibida aluminiy xlorid va xlorid kislota saqlagan 200 ml eritmaga cho'kma hosil bo‘lishi tugaguncha 1,5 mol/l ammiak eritmasidan 200 ml quyildi. Hosil bo‘lgan eritma bug‘latildi va cho‘kma massasi o'zgarmay qolguncha qizdirilishi natijasida 4,08 g qoldiq qoldi. Dastlabki eritma tarkibidagi moddalarning konsentratsiyalarini hisoblang.


A) c(AlCl) = 0,3 mol/l; c(HCl) = 0,1 mol/l B) c(AlCl) = 0,4 mol/l; c(HCl) = 0,3 mol/l
C) c(AlCl) = 0,4 mol/l; c(HCl) = 0,2 mol/l D) c(AlCl) = 0,3 mol/l; c(HCl) = 0,2 mol/l

39. 19,2 g misning konsentrlangan nitrat kislotada erishidan olingan gaz yetarli kislorod ishtirokida 67,6 g suvda eritilishidan hosil bo'lgan moddaning eritmadagi massa ulushini (%) aniqlang.


A) 39,7 C) 37,8 B) 27,6 D) 25,2

40. To’yingan eritmadan 400 g suv bug'lanishi natijasida 160 g kristallogidrat cho'kmaga tushdi. Kristallogidrat tarkibidagi tuzning massa ulushini (%) hisoblang. (S = 25)


A) 64 C) 70 B) 56 D) 60

41. 63,6 g mis (II) –yodid 360 ml natriy gidroksid eritmasida eritildi. Hosil bo'lgan eritmadagi ishqor massasi tuz massasidan 3 marta kam bo‘lsa, dastlabki ishqor eritmasining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.


A) 4 C) 2 B) 1,5 D) 2,5

42. 500 ml 0,8 mol/l temir (III) –sulfat eritmasiga necha mol sulfit angidrid yuttirilganda eritmadagi temir ionlarining molar konsentratsiyalari tenglashadi? Fe2(SO4) 3 + SO2 + H2O → FeSO4 + H2SO4


A) 0,3 B) 0,1 C) 0,2 D) 0,4

43. 1,25 mol/l temir (III) –sulfat eritmasiga 0,25 mol sulfit angidrid yuttirilganda eritmadagi temir ionlarining molar konsentratsiyalari tenglashdi. Temir (III) –sulfat eritmasining hajmini (ml) hisoblang.


Fe2(SO4) 3 + SO2 + H2O → FeSO4 + H2SO4
A) 1600 B) 400 C) 200 D) 800

44. 25 ml 4M li aluminiy sulfat eritmasiga 2M li natriy sulfid eritmasidan qanday hajmda (ml) qo‘shilganda eritmadagi sulfat va sulfid ionlari miqdori teng bo‘ladi? (Faqat to'liq boradigan gidroliz jarayoni hisobga olinsin, α = 1)


A) 400 B) 150 C) 300 D) 100

45. 252 g 25 % li HNO3 eritmasiga ekvivalent miqdorda Na2CO3xH2O qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmada 48,5 mol atom bo‘lsa, x ning qiymatini aniqlang.


A) 8 B) 9 C) 7 D) 6

46. Si, Сu va (NH4) 2SO4xH2О dan iborat 38,1 g aralashma 100 g 20 % li natriy gidroksid eritmasida eritilganda o‘rtacha molar massasi 11 g/mol bo’lgan gazlar aralashmasi va 12,8 g cho‘kma hosil bo‘ldi. x ning qiymatini aniqlang.


A) 1 B) 3 C) 4 D) 2

47. Sof nitrat kislotaning zichligi 1,26 g/ml. Zichligi 1,052 g/ml bo‘lgan nitrat kislota eritmasining molyal konsentratsiyasini (mol/kg) hisoblang. (Molyal konsentratsiya – erigan modda miqdorining erituvchi massasiga nisbati.)


A) 1,2 B) 10 C) 5 D) 2,4

48. 200 g 7,4 % li kalsiy gidroksid eritmasiga qanday hajmdagi (l, n.sh.) karbonat angidrid yuttirilganda 10 g cho‘kma tushib, gidrokarbonat ioni saqlagan eritma hosil bo‘ladi?


A) 8,96 B) 2,24 C) 4,48 D) 6,72

49. 200 g 7,4 % li kalsiy gidroksid eritmasiga necha litr (n.sh.) karbonat angidrid yuttirilganda kalsiy ionlarining yarmi cho'kmaga tushib, gidrokarbonat ioni saqlagan eritma hosil bo‘ladi?


A) 4,48 B) 2,24 C) 8,96 D) 6,72

50. 20 % li HF va 10 % li NaOH eritmalari aralashtirilishidan olingan neytral eritmaga qanday massada (g) suv qo‘shilganda 42 g 5 % li NaF eritmasi hosil bo‘ladi?


A) 44 B) 17 C) 22 D) 34

51. 160 g sulfat kislota eritmasiga bariy nitrat va qo‘rg‘oshin (II) –nitrat aralashmasi qo'shildi. Reaksiyadan so'ng eritma massasi 5,6 g ga ortdi va eritmada kislotalarning massa ulushi tenglashdi. Dastlabki eritmadagi sulfat kislotaning massa ulushini (%) hisoblang.


A) 24,5 B) 30 C) 28 D) 49

52. 100 ml (p – 1,006 g/ml) 2M li sulfat kislota suvli eritmasi necha gramm kaliy gidrid bilan to'liq reaksiyaga kirshadi? (Zichlik nisbiy olingan)


A) 16 B) 196 C) 32 D) 98

53. 100 ml (p = 1,006 g/ml) 2M li sulfat kislota suvli eritmasi 196 g noma’lum ishqoriy metall gidridi bilan to‘liq reaksiyaga kirishgan bo‘lsa, metallni aniqlang. (Zichlik nisbiy olingan)


A) litiy B) rubidiy C) kaliy D) natriy

54. NaI va CaBr2 ning massa ulushlari teng bo'lgan eritmasi mavjud. Bu eritma mo‘l miqdordagi Na2CO3 bilan ta’sirlashib 15 g cho'kma berishi ma’lum bo'lsa, xuddi shunday tarkibli eritmadagi galogenlarni to‘liq cho'ktirish uchun 17 % li AgNO3 eritmasidan qancha (g) kerak bo‘ladi?


A) 400 B) 200 C) 250 D) 500

55. 80 g mis kuporosi eritmasiga (ω(CuSO4) = 0,1) ma’lum miqdor natriy sulfid to‘yingan eritmasi (S = 25) qo‘shildi. Cho’kma ajratib olingach eritmada Na+ ionlarining konsentratsiyasi S2– ionlarining konsentratsiyasidan 4 marta ko‘p ekanligi ma’lum bo‘lsa, natriy sulfid to‘yingan eritmasining massasini (g) aniqlang. (α = 1, gidroliz hisobga olinmasin)


A) 39,0 B) 31,2 C) 19,5 D) 15,6

56. Mg(H2PO4) 2 ning 218 g 30 % li eritmasiga necha gramm 20 % li NaOH eritmasi qo'shilganda Mg2+ ionlarining barchasi Mg3(PO4) 2 ko‘rinishida cho‘kmaga tushadi?


A) 240 B) 60 C) 120 D) 180

57. 160 g 5 % li MeOH eritmasiga Мe2O qo'shilganda eritmaning massasi 2,5 marta, massa ulushi 19,6 marta ortgan bo‘lsa, metallni aniqlang.


A) seziy B) kaliy C) litiy D) natriy

58. 10 % li tuz eritmasi bug‘lanishi natijasida to‘yingan eritma (S = 25) hosil bo‘ldi. Bunda 1 g tuz cho‘kmaga tushdi va eritma massasi 4 marta kamaydi. Bug'langan suv massasini (g) aniqlang.


A) 5 B) 14 C) 6 D) 15

59. 15 % li tuz eritmasidan 9 g suv bug'lanishi natijasida to‘yingan eritma (S = 25) hosil bo‘ldi. Bunda eritma massasi 2 marta kamaydi. Cho‘kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang.


A) 4 B) 3 C) 2 D) 1

60. NaOH eritmasining molyal va foiz konsentratsiyalari nisbati 1:3,2 bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblang. (Molyal konsentratsiya – 1 kg erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.)


A) 10 B) 6,4 C) 20 D) 3,2

61. Bariy gidroksid eritmasiga vodorod bromid yuttirildi. Bunda ionlarning konsentratsiyalari: c(H+) = 0,05 mol/l va c(Br) = 0,07 mol/l bo‘lsa, eritmadagi 3 tuzning titrini (mg/sm3) hisoblang. (Titr – eritmada erigan modda og'irligining eritma hajmiga nisbati, α = 1)


A) 2970 B) 2,97 C) 5,94 D) 5940

62. 300 g eritmadan ma’lum miqdor suv bug‘latilganda tuzning massa ulushi 1,5 marta ortdi. Olingan eritmada 12,5 g shu tuzdan to‘liq eritilganda 20 % li eritma hosil bo‘ldi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang.


A) 6 B) 10 C) 12 D) 8

63. Natriy gidroksid va natriy karbonatlarning konsentratsiyasi tegishli ravishda 0,2 mol/l va 0,3 mol/l bo’lgan 250 ml eritmaga 5,88 g natriy gidrokarbonat qo‘shildi. Hosil bo’lgan eritmadagi gidrokarbonat va karbonat anionlarining molarligini hisoblang. (jarayonda hajm o‘zgarmagan deb hisoblang)


A) 0,02; 0,125 B) 0,08; 0,5 C) 0,02; 0,03 D) 0,07; 0,075

64. 400 ml 1,5 molyarli kaliy gidrosulfit va 200 ml kaliy sulfit eritmalari aralashtirildi. Ushbu eritmaga 200 ml kaliy gidroksid eritmasi qo‘shilganda, eritmadagi kaliy gidrosulfit konsentratsiyasi 0,5 mol/l gacha kamaydi. Eritmaga qo‘shilgan kaliy gidroksid eritmasining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.


A) 0,4 B) 0,8 C) 1,0 D) 0,6

65. Temir (III) –sulfat eritmasi ma’lum miqdordagi suv bilan aralashtirilganda Fe3+ ionlarining konsentratsiyasi 11,2 g/l bo‘lgan (p = 1,03 g/ml) eritma olindi. Ushbu eritmadagi erigan modda va erituvchining mol nisbatini hisoblang.


A) 1:500 B) 1:550 C) 1:400 D) 1:450

66. CuSO4 ning 80 g 20 % li to‘yingan eritmasiga shu tuzdan 2,75 g qo‘shildi va qizdirildi. So‘ngra eritma boshlang‘ich haroratga qadar sovutilganda qancha (g) CuSO4 ⦁ 5H2O cho‘kmaga tushadi?


A) 8 B) 5 C) 10 D) 4

67. X g 25 % li eritmaga 140 g Y % li eritma qo‘shildi. Bunda 32 % li eritma hosil bo‘ldi. Agar X ning qiymati Y ning qiymatidan 4 marta katta bo'lsa, Y ning qiymatini aniqlang.


A) 36 B) 44 C) 40 D) 50

68. Mol nisbati 1:2 bo‘lgan Сu va Zn aralashmasining 194 grammi 36,5 % li HCl bilan ta’sirlashgandan keyin hosil bo'lgan qotishmadagi metallarning mol nisbati mos ravishda 5:9 bo‘lsa, sarflangan eritma massasini (g) aniqlang.


A) 40 B) 20 C) 30 D) 50

69. 160 g 5 % li MeOH eritmasiga Me2O qo‘shilganda eritmaning massasi 2,5 marta, massa ulushi 19,6 marta ortgan bo'lsa, dastlabki eritmadagi metall ionlari miqdorini (mol) hisoblang.


A) 1/3 B) 1/5 C) 1/4 D) 1/2

70. 11,2 litr is gazi va asetilen (D(H2) = 13,5) to’liq yondirilganda olingan karbonat angidrid 300 g 12 % li NaOH eritmasiga yuttirildi. Hosil bo’lgan tuzlar va ularning miqdorini (g) aniqlang.


A) 63 g NaHCO3, 10,6 g Na2CO3 B) 50,4 g NaHCO3; 15,9 g Na2CO3
C) 50,4 g NaHCO3; 10,6 g Na2CO3 D) 63 g NaHCO3; 15,9 g Na2CO3

71. Mis va mis (II) –oksiddan iborat 40 g aralashma 472 g 80 % li sulfat kislota eritmasida eritilganda eritmadagi tuzning massa ulushi 20% ga teng bo‘ldi. Olingan eritma massasini (g) aniqlang.


A) 490 B) 480 C) 502 D) 512

72. Mis plastinka kumush nitrat eritmasiga tushirilganda massasi 3,04 g ga ortdi. Ushbu plastinkani eritish uchun 8 ml (p = 1,25 g/ml) 63 % li nitrat kislota eritmasi sarflanadi. Mis plastinkaning boshlang'ich massasini (g) hisoblang.


A) 1,6 B) 6,4 C) 3,2 D) 4,8

73. 13,44 litr (n.sh.) H2S mo‘l kislorodda yondirilib, olingan gaz 200 g NaOH eritmasidan o‘tkazildi. Hosil bo‘lgan eritmada nordon tuz massasi o‘rta tuzdan 16,4 g ga ko‘p bo‘lsa, sarflangan ishqor eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang.


A) 32 B) 20 C ) 16 D) 40

74. Kumush nitrat eritmasiga noma’lum massali mis plastinka tushirildi. Kumush plastinkaga batamom o‘tirgandan so‘ng olingan plastinka massasi 118 g keldi. Agar olingan plastinkani to‘liq eritish uchun 350 g 70 % li sulfat kislota eritmasi sarflansa, dastlabki plastinkaning necha foizi kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishganligini aniqlang.


A) 40 B) 20 C) 30 D) 25

75. Nitrat kislota eritmasiga mo‘l miqdorda mis rnetali qo'shilishidan olingan 13,44 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi 2 litr 0,2 molyarli bariy gidroksid eritmasidan o'tkazilganda bariy gidroksidning konsentratsiyasi ikki marta kamaygan bo‘lsa, reaksiyada ishtirok etgan nitrat kislotaning massasini (g) hisoblang.


A) 113,4 B) 94,5 C) 88,2 D) 100,8

76. 120 g MgSO4 ning to'yingan eritmasiga 2,4 g quruq tuz qo'shilib, qizdirildi. Boshlang‘ich haroratgacha sovutilganda 4,8 gramm MgSO4 ⦁ 4H2O cho‘kmaga tushdi. Dastlabki eritma konsentratsiyasi qanday bo'lgan?


A) 10 B) 40 C) 25 D) 30

77. 40 g aluminiy va xrom (III) – gidroksidlardan iborat aralashmaning 48% i kisloroddan iborat bo'lsa, ushbu aralashmani to‘la eritish uchun (reaksiyada Na[Me(OH) 4] hosil bo'ladi) 5 molyalli natriy gidroksid eritmasidan qancha (g) zarur bo‘ladi? (Molyal konsentratsiya – 1 kg erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.)


A) 96 B) 80 C) 120 D) 112

Download 2,32 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Download 2,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat test markazi kimyo 2019–yil test topshiriqlari to'plami davr press nmu toshkent – 2019

Download 2,32 Mb.