ELEKTROLITIK DISSOTSILANISH NAZARIYASI
1. Bir asosli kislota eritmasida kislota dissotsilanishidan hosil bo‘lgan barcha zarrachalar konsentratsiyasi dastlabki kislota konsentratsiyasidan 1,8 marta ko‘p bo‘lsa, kislotaning dissotsilanish darajasini (%) aniqlang.
A) 80 B) 85 C) 75 D) 90
2. Suyiltirilgan eritmadagi Na+, OH–, H+, HCO3– ionlari orasida eng ko‘pi bilan necha xil ta’sirlashuv bo‘lishi mumkin?
A) 4 В) 1 C) 2 D) 3
3. pH = 11 bo‘lgan 2,5 ∙ 104 ml ishqor eritmasini tayyorlash uchun necha gramm natriy gidroksid talab etiladi? (α = 100%)
A) 4 B) 8 С) 1 D) 2
4. H+ ionlari OH– ionlaridan 106 marta ko‘p bo‘lgan 25°C dagi suvli eritma uchun quyidagilardan qaysi(lar) to‘g‘ri?
1) рH = 10; 2) [H+] = 1 ∙ 10–4; 3) pH < pOH.
A) 1, 2 B) 2, 3 C) faqat 2 D) faqat 1
5. Konsentratsiyasi 0,5 mol/l bo‘lgan ammiak eritmasining dissotsilanish darajasini (%) hisoblang. ( Kdiss = 2 ∙ 10–6 )
A) 2 B) 0,1 С) 1 D) 0,2
6. Konsentratsiyasi 0,5 mol/l bo‘lgan metilamin eritmasining dissotsilanish darajasi 0,2 % bo‘lsa, dissotsilanish konstantasini hisoblang.
A) 5 ∙ 10–4 В) 5 ∙ 10–5 С) 2 ∙ 10–6 D) 2 ∙ 10–5
7. 200 ml HNO3 eritmasiga 300 ml suv qo‘shilganda pH qiymati 2 ga teng bo‘lgan eritma olindi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 3 ∙ 10–2 B) 1,5 ∙ 10–2 C) 5 ∙ 10–2 D) 2,5 ∙ 10–2
8. pOH = 13 bo‘lgan 400 ml sulfat kislota eritmasiga qancha (g) NaOH qo‘shilganda pH = 7 bo‘lgan eritma olinadi? (α=1)
A) 2 B) 4 C) 3,2 D) 1,6
9. 5,4 g sianid kislota suvda eritilganda eritmada 0,008 mol ion bo‘lsa, kislota dissotsilanish darajasini (%) toping.
A) 4 B) 3 C) 6 D) 2
10. Elektrolitning dissotsilanish darajasi 25% va dissotsilanmagan molekulalar soni 360 ta bo‘lsa, umumiy eritilgan molekulalar soni nechta bo‘lgan?
A) 480 B) 560 C) 120 D) 600
11. Tarkibi alangani sariq rangga bo‘yaydigan aktiv metall kationidan va kumush ioni bilan sariq cho‘kma hosil qiladigan aniondan iborat tuzning molar massasini (g/mol) toping.
A) 212 B) 149 C) 164 D) 310
12. Eritmada nitrat kislotaning 80 ta dissotsilanmagan molekulasiga nechta ion to‘g‘ri kelishini aniqlang. (α=0,9)
A) 800 B) 1440 C) 720 D) 1600
13. Qaysi jarayon natijasida eritmaning pH qiymati kamayadi? 1) suvda ammiak eritilganda;
2) ohakli suvga karbonat angidrid yuttirilganda; 3) ishqor eritmasi orqali vodorod xlorid o‘tkazilganda; 4) suvda metilamin eritilganda.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 4
14. To‘g‘ri fikrlarni toping. 1) sulfat va xlorid kislota eritmalarini metil zarg‘aldog‘i orqali farqlab bo‘lmaydi;
2) pH qiymati 4 bo‘lgan eritmada fenolftalein malina rangga kiradi;
3) [ H+ ] < [ OH– ] bo‘lgan suvli eritmada lakmus qizil rangga kiradi;
4) kaliy gidroksid eritmasida metil zarg‘aldog‘i sariq rangga bo‘yaladi.
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4
15. pH qiymati 1 ga teng bo‘lgan 500 ml eritmaga necha gramm natriy gidroksid qo‘shilsa, pH qiymati 12 ga teng bo‘ladi?
A) 2,2 B) 1,32 C) 1,76 D) 0,88
16. X(YZ)2 + MnSZ4 → XSZ4↓ + Mn(YZ)2↓ reaksiya tenglamasida X, Y va Z noma’lum elementlar hisoblanadi. X va Z ga mos keluvchi elementlarni aniqlang.
A) Sr; S B) Zn; S С) Ba; О D) Сu; O
17. H2XO4 tarkibli kislota va uning dissotsilanishidan hosil bo‘ladigan anionlarning ekvivalent molar massalari yig‘indisi 240 ga teng bo‘lsa, X elementni aniqlang.
A) marganes B) selen C) tellur D) xrom
18. Ikki xil tuz saqlagan eritmaga mo‘l miqdordagi natriy gidroksid eritmasi qo‘shilganda cho‘kma va gaz ajraldi. Oxirgi eritmada faqat Na+, Сl–, SO42– va OH– ionlari bo‘lsa, dastlabki eritmadagi tuzlarni aniqlang. (Suvning dissotsialanishi hisobga olinmasin.)
A) NH4Cl va BaSO4 B) (NH4)2SO4 va SrCl2 C) NH4Cl va CuSO4 D) NH4Cl va CaSO4
19. Ikki xil tuz (baxcha ionlari turlicha) mo‘l miqdordagi sulfat kislota eritmasida eritilganda cho‘kma va gaz ajraldi. Oxirgi eritmada faqat H+ va SO42– ionlari mavjud bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarni aniqlang. (Suvning dissotsilanishi hisobga olinmasin.)
A) BaSO4 va CuCO3 B) BaSO3 va SrCO3 C) MgSO3 va CrCO3 D) BaSO3 va CuSO4
20. Xrom (III)–gidroksid va vodorod xlorid suvli eritmada o‘zaro ta’sirlashib o‘rta tuz hosil qildi. Ushbu jarayonning qisqa ionli tenglamasidagi koeffitsiyentlar yig‘indisini toping.
A) 3 B) 11 C) 8 D) 6
21. Ikki asosli kislota (H2A) ning dissotsilanish darajasi birinchi bosqichda 80%, ikkinchi bosqichda 25 % bo‘lsa, eritmadagi H+, HA–, A2– ionlari qanday mol nisbatda bo‘ladi?
A) 5:4:1 B) 5:3:1 C) 6:4:1 D) 6:3:1
22. 2,5 mol Xn(YO4)m modda suvda eritilganda 48,16 ∙ 1023 ta ion hosil bo‘ldi. Bu moddaning dissotsilanish darajasi 80 % bo‘lsa. n + m ni hisoblang.
A) 3 B) 8 C) 5 D) 4
23. 2,5 mol X3(YO4)m modda suvda eritilganda 48,16 ∙ 1023 ta ion hosil bo‘ldi. Bu moddaning dissotsilanish darajasi 80 % bo‘lsa, m ni hisoblang.
A) 5 В) 3 C) 2 D) 1
24. Zn(NO3)2 ning dissotsilanishiga oid grafikka asosan uning dissotsilanish darajasini (%) toping.
A) 100 B) 90 C) 80 D) 70
25. CaCl2 ning dissotsilanishiga oid grafikka asosan uning dissotsilanish darajasini (%) toping.
A) 70 B) 80 C) 90 D) 100
26. Aluminiy nitratning 200 ta molekulasini tutuvchi eritmada dissotsilanish oqibatida hosil bo‘lgan anionlar soni dissotsilanmagan molekulalar sonidan 480 taga ko‘p bo‘lsa, dissotsilanish darajasini (%) toping.
A) 90 B) 85 C) 80 D) 75
27. 30,4 g ikki valentli metall sulfat tuzi suvda eritilib 250 ml eritma olindi. Olingan eritmada Me+ va SO42– ionlarining konsentratsiyalari yig‘indisi 1,6 mol/l ni tashkil etsa, metallni aniqlang. (Gidroliz hisobga olinmasin, (α=1))
A) Fe В) Сu С) Cr D) Zn
28. Sulfat kislota eritmasi suyultirilganda eritma pH qiymati 1,5 marta yoki bir birlikka ortsa, dastlabki sulfat kislota eritmasining molar konsentratsiyasini (mol/1) aniqlang. (α = 100%)
A) 0,005 B) 0,01 C) 0,05 D) 0,1
29. 2 litr 0,4 M li HX kislota eritmasida kislota hisobiga hosil bo‘lgan zarrachalar Avogadro soniga teng bo‘lsa, HX kislotaning dissotsilanish darajasini toping.
A) 1/2 B) 1/5 C) 1/4 D) 1/3
30. 2 litr 0,7 M li HX kislota eritmasida kislota hisobiga hosil bo‘lgan zarrachalar Avogadro sonidan 2 marta ko‘p bo‘lsa, HX kislotaning dissotsilanish darajasini toping.
A) 1/3 B) 2/3 C) 3 /7 D) 4/7
31. 40 litr suvda 19,6 g H2SO4 eritildi. Hosil bo‘lgan sulfat kislota eritmasining pH qiymatini aniqlang. (α=100%)
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3
32. 40 litr suvda 34,2 g Ba(OH)2 eritildi. Hosil bo‘lgan bariy gidroksid eritmasining pOH qiymatini aniqlang. (α=100%)
A) 4 B) 3 С) 1 D) 2
33. 600 ml 0,2 M xlorid kislota eritmasiga necha millilitr 0,05 M li xlorid kislota eritmasi qo‘shilganda pH = 1 bo‘ladi?
A) 400 B) 1500 C) 1200 D) 200
34. Ikki kislotali asos (Me(OH)2) ning dissotsilanish darajasi birinchi bosqichda 90%, ikkinchi bosqichda 25 % bo‘lsa, eritmadagi OH–, MeOH+, Me2+ ionlari qanday mol nisbatda bo‘ladi?
A) 5:4:1 B) 5:3:1 C) 6:4:1 D) 6:3:1
35. Quyidagi xossalar qaysi moddalarga tegishliligi to‘g‘ri moslab ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) eritmasiga sulfat kislota qo‘shilganda cho‘kma ajraladi;
2) eritmasiga natriy gidroksid qo‘shilganda gaz ajraladi;
3) eritmasiga sulfat kislota qo‘shilganda gaz ajraladi;
4) eritmasiga natriy gidroksid qo‘shilganda cho‘kma ajraladi.
a) kaliy karbonat; b) temir (III)–xlorid; c) bariy gidroksid; d) ammoniy sulfid.
A) 1–c; 2–d; 3–d; 4–c B) 1–c; 2–d; 3–a, d; 4–c
C) 1–c; 2–d; 3–a, d; 4–b D) 1–c; 2–a, d; 3–d; 4–b
36. Bariy gidroksid va bariy xlorid saqlagan 50 ml eritmada 0,1 mol xlorid va 0,075 mol bariy ionlari bo‘lsa, eritmaning pH qiymatini hisoblang.
A) 12 B) 11 C) 13 D) 14
37. Titri 100 mg/sm3 bo‘lgan temir (III)–sulfat eritmasidagi temir ionlarining konsentratsiyasini (mol/d3) hisoblang. (α = 1. Titr – eritmada erigan modda og‘irligining eritmaning hajmiga nisbati.)
A) 0,025 B) 0,5 C) 0,25 D) 0,05
38. 0,4 M li 250 ml sirka kislota eritmasida 0,102 mol kislota hosil qilgan ionlar va uning molekulalari bo‘lsa, dissotsilanish darajasini (%) aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 10 D) 20
39. 0,1 M li kuchsiz bir asosli kislota eritmasining pH qiymati 3 ga teng bo‘lsa, kislotaning dissotsilanish darajasini (%) toping.
A) 2 В) 1 C) 4 D ) 3
40. pH = 13 bo‘lgan eritmada qaysi ion bo‘lishi mumkin? 1) K+; 2) NH4+ ; 3) Sr2+; 4) Cu2+.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1 ,4 C) 1 ,3 D) 1, 3, 4
41. Cu2+ + H2O → CuOH+ + H+ Suvli eritmadagi ekzotermik jarayonning muvozanatini o‘ngga siljitish uchun quyidagilardan qaysilarini bajarish kerak? 1) NaCl qo‘shish; 2 ) suv qo‘shish;
3) temperaturani ko‘tarish; 4) temperaturani pasaytirish; 5) H2SO4 qo‘shish; 6) Na2CO3 qo‘shish.
A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 2, 4, 6
42. 25°C da tayyorlangan eritmaning pH qiymati pOH qiymatidan to‘rt birlikka ko‘p bo‘lsa, quyidagi fikrlardan qaysilari to‘g‘ri? a) [H+] = 1 ∙ 10–5; b) [OH–] = 1 ∙ 10–5; c) fenolftalein to‘q qizil ranga kiradi;
d) metil zarg‘aldog‘i pushti ranga kiradi; e) pH < 7; f) [OH–] > [H+]
A) a, d, e B) a, c, e C) b, c, f D) b, d, f
43. Keltirilgan grafikdan foydalanib to ‘g‘ri fikrlarni toping.
1) С nuqtadagi pOH qiymati В nuqtadagidan kichik;
2 ) x = 10–2; у = 10–4;
3) A nuqtadagi pH qiymati В nuqtadagidan 1 birlikka katta;
4) С nuqtada [H+] ioni [OH–] dan 105 marta kam.
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 4
44. Ma’lum hajmdagi suvda 1 mol aluminiy sulfat va 2 mol aluminiy xlorid tuzlari eritildi. Hosil bo‘lgan 2 litr eritmadagi ionlar konsentratsiyalari c(Al3+) = 1,5 mol/1 va с(SO42–) = 1,2 mol/1 bo‘lsa, tuzlarning dissotsilanish darajalarini (%) mos ravishda aniqlang. (Gidrolizlanish jarayoni inobatga olinmasin).
A) 70; 80 B) 80; 60 C) 80; 70 D) 60; 80
45. Kaliy gidrosulfat eritmasida kationlar va anionlar 3:2 mol nisbatda bo‘lib, dissotsilanish darajasi birinchi bosqich uchun 80 % bo‘lsa, ikkinchi bosqich uchun dissotsilanish darajasini (%) aniqlang. (Suvning dissotsilanishi inobatga olinmasin.)
A) 50 B) 40 C) 25 D) 20
46. 0,25 mol X2YО4 tuzi 100 ml suvda eritildi. Tuz erishidan hosil bo‘lgan kation tarkibida 4 ∙ NA ta, anion tarkibida 10 ∙ NA ta elektron bo‘lsa, tuzni aniqlang. (α = 80%)
A) Na2SO4 B) K2SeO4 C) Na2SeO4 D) K2SO4
47. 0,25 mol X3YO4 tuzi 100 ml suvda eritildi. Tuz erishidan hosil bo'lgan kation tarkibida 6 ∙ NA ta, anion tarkibida 13,6 ∙ NA ta elektron bo‘lsa, tuzni aniqlang. (α = 80 %)
A) Li3РО4 B) Na3AsO4 C) Li3AsO4 D) Na3PO4
48. 298 K haroratdagi 0,1 M li HX eritmasida ОH– ionlarining konsentratsiyasi 5 ∙ 10–10 M bo‘lsa, shu haroratdagi HX kislotaning dissotsilanish konstantasini toping.
А) 2 ∙ 10–9 B) 2 ∙ 10–5 С) 4 ∙ 10–5 D) 4 ∙ 10–9
49. 298 K haroratdagi 1 M li HX eritmasida OH– ionlarining konsentratsiyasi 5 ∙ 10–10 M bo‘lsa, shu haroratdagi HX kislotaning dissotsilanish konstantasini toping.
A) 4 ∙ 10–5 B) 2 ∙ 10–5 C) 2 ∙ 10–10 D) 4 ∙ 10–10
50. 298 K haroratdagi 0,1 M li XOH eritmasida H+ ionlarining konsentratsiyasi 5 ∙ 10–10 M bo‘lsa, shu haroratdagi XOH asosning dissotsilanish konstantasini toping.
А) 2 ∙ 10–9 B) 4 ∙ 10–9 C) 2 ∙ 10–5 D) 4 ∙ 10–5
51. 298 K haroratdagi 1 M li XOH eritmasida H+ ionlarining konsentratsiyasi 5 ∙ 10–10 M bo‘lsa, shu haroratdagi XOH asosning dissotsilanish konstantasini toping.
A) 2 ∙ 10–5 B) 4 ∙ 10–5 C) 4 ∙ 10–10 D) 2 ∙ 10–10
52. 1 litr suvda 117 g NaCl eritildi. Tuzning dissotsilanish darajasi 90 % bo‘lsa, eritmadagi gidratlangan zarrachalar sonini toping. (NA – Avogadro soni)
A) 3,8 ∙ NA B) 4 ∙ NA C) 3,6 ∙ NA D) 3,4 ∙ NA
53. 1 litr suvda 149 g KCl eritildi. Tuzning dissotsilanish darajasi 95 % bo‘lsa, eritmadagi gidratlangan zarrachalar sonini toping. (NA – Avogadro soni)
A) 3,6 ∙ NA B) 3,9 ∙ NA C) 4 ∙ NA D) 3,4 ∙ NA
54. Kaliy fosfatning dissotsilanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsilangan molekulalaridan hosil bo‘lgan kationlar sonidan 2,408 ∙ 1023 taga kam, anionlar sonidan esa 2,408 ∙ 1023 taga ko‘p bo‘lsa, dissotsilanish darajasini hisoblang.
A) 60 B) 70 C) 80 D) 50
55. Natriy digidrofosfat eritmasida dissotsilanish darajasi birinchi bosqich uchun 80%, ikkinchi bosqich uchun 20% va uchinchi bosqich uchun 5% bo‘lsa, eritmadagi gidrofosfat va fosfat ionlarining miqdoriy nisbatini aniqlang.
A) 40:1 B) 19:1 C) 20:1 D) 38:1
56. 29,5 g H2XO4 tutgan eritmada 0,28 mol H3O+, 0,12 mol HXO4–; va 0,05 mol H2XO4 bo‘lsa, X elementni aniqlang.
A) Cr B) Mn C) S D) Se
57. 2 mol metall (III) – sulfat tuzi suvda eritildi. Eritmadagi tuz hosil qilgan ionlar va uning molekulalari yig‘indisi 9,2 mol bo‘lsa, metallni aniqlang. m(Me3+) – 201,6 g. (Gidroliz hisobga olinmasin.)
A) xrom B) temir C) aluminiy D) marganes
58. 100 ml sirka kislota eritmasiga 300 ml suv qo‘shilsa, kislotaning dissotsilanish darajasi bir foizdan necha foizgacha oshadi?
A) 4 B) 2 C) 3 D) 5
59. 500 ml 0,04 M li sirka kislota eritmasiga 0,16 mol sof sirka kislota qo‘shilganda kislotaning dissotsilanish darajasi necha foizdan bir foizgacha kamayadi?
A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
60. 295 g H2XO4 tutgan eritmada 2,8 mol Н3O+, 1,2 mol HXO4– va 0,5 mol H2XO4 bo‘lsa, X elementni aniqlang.
A) oltingugurt B) selen C) xrom D) marganes
61. Eritmada 0,05 mol ammoniy va kaliy kationlari, 0,81 g aluminiy kationi, 0,03 mol sulfat anioni hamda nitrat anioni mavjud. Ushbu eritmadagi nitrat ionlarining massasini (g) hisoblang. (Gidroliz jarayoni hisobga olinmasin)
A) 4,96 B) 4,34 C) 5,58 D) 3,72
62. Metall sulfat tuzi eritmasida sulfat ionlarining miqdori erigan tuz miqdoridan 0,84 molga ko‘p hamda 0,912 mol Me3+ ionlari bor bo‘lsa, gidrolizlanish darajasini aniqlang. (α = 80 %)
A) 10 B) 2,5 C) 7,5 D) 5
63. Ме(NО3)2 ning 200 ml (p = 1,5 g/ml) 45 % li eritmasida anionlarning konsentratsiyasi 6 mol/l bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang. (α = 80 %)
A) Сu B) Fe C) Zn D) Cr
64. 500 ml 0,1M li temir (III) – nitrat eritmasida 0,164 mol ion bo‘lsa, tuzning dissotsilanish darajasini (%) aniqlang. (Gidrolizlanish darajasi 10% va gidroliz birinchi bosqichda amalga oshgan)
A) 90 B) 80 C) 70 D) 75
65. Aluminiy nitratning o‘ta suyultirilgan eritmasida anionlar soni kationlar sonidan 2,5 marta ko‘p bo‘lishi uchun tuzning necha foizi gidrolizlanishi kerak? (Gidroliz faqat birinchi bosqichda amalga oshgan deb hisoblang.)
A) 16 B) 8 C) 20 D) 15
66. Bir asosli kuchsiz kislotada 25°C da Kdiss = 1 ∙ 10–5 bo‘lsa, 0,1M li eritma tarkibidagi N(H+)/N(OH–) qiymatini aniqlang.
A) 106 В) 107 С) 105 D) 108
67. 400 ml 0,2M li sulfat kislota eritmasiga 600 ml KOH eritmasi qo‘shilganda eritmaning pH qiymati 2 ga teng bo‘lib qoldi. KOH eritmasining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 0,10 B) 0,25 C) 0,20 D) 0,15
68. Teng hajmdagi NaOH eritmasi va suv aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmaning pH qiymati 11 ga teng bo‘ldi. Natriy gidroksid eritmasining boshlang‘ich molar konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang.
A) 5 ∙ 10–2 B) 3 ∙ 10–2 C) 2 ∙ 10–3 D) 4 ∙ 10–3
69. Kaliy gidroksid eritmasiga HBr qo‘shildi. Olingan eritmada bromid anionining konsentratsiyasi 0,015 mol/l, pH = 2 bo‘lsa, m(K+) ni toping. (Eritma hajmi 400 ml, α = 1)
A) 78 mg B) 39 mg C) 234 mg D) 117 mg
70. Natriy gidroksid eritmasiga HBr qo‘shildi. Olingan eritmada bromid anionining konsentratsiyasi 0,02 mol/l , pH = 2 bo‘lsa, m(Na+) ni toping. (Eritma hajmi 200 ml, α = 1)
A) 92 mg B) 46 mg C) 138 mg D) 69 mg
71. 800 ml 0,5 M li H2EO4 eritmasi mavjud. Eritmadagi vodorod tutgan anion tarkibida 17,4 ∙ NA dona elektron mavjud bo‘lsa, noma’lum elementni aniqlang. (Dissotsilanish darajasi birinchi bosqichda 4/5, ikkinchi bosqichda 1/16)
A) Cr B) S C) Mn D) Se
72. 2 mol metall (III) – sulfat tuzi suvda eritildi. Eritmadagi tuz molekulari va ionlar yig‘indisi 9,2 mol bo‘lsa, metallni aniqlang. m(Me3+) = 97,2 g.
A) aluminiy B) temir C) xrom D) marganes
73. 0,1 mol NaH2PO4 eritmasida 0,16 mol kation mavjud. Kislota qoldig‘ini birinchi bosqich dissotsilanish darajasi 0,5 bo‘lsa eritmadagi anionlarning mol nisbatini toping. (Tuz to‘liq dissotsilanadi, gidroliz va suvning dissotsilanishi hisobga olinmasin.)
A) 3:1:1 B) 2:2:1 C) 5:4:1 D) 4:3:3
74. Bir asosli kislotaning (Kdiss = 5 ∙ 10–4) 0,4 % li eritmasida (p = 1 g/ml) pH = 2 bo‘lsa, kislota formulasini aniqlang.
A) HNO2 B) HF C) CH3СООН D) HCOOH
75. Suvda eruvchan tuzning dissotsilanishidan hosil bo‘lgan ionlar soni 4,8 ∙ NA ta, dissotsilanmagan molekulalar soni 24,08 ∙ 1022 ta ekanligi ma’lum. Agar eritmadagi anion va kationning massa farqi 80 g bo‘lsa, tuzni aniqlang. (α = 80%)
A) Li2SO4 B) SrSO4 C) MgSO4 D) Na2SO4
76. Suvda eruvchan tuzning dissotsilanishidan hosil bo‘lgan ionlar soni 4,5 ∙ NA ta, dissotsilanmagan molekulalar soni 30,1 ∙ 1022 ta ekanligi ma’lum. Eritmadagi anion va kationning massa farqi 123 g bo‘lsa, tuzni aniqlang. (α = 75%)
A) Li2SO4 B) Na2SO4 C) SrSO4 D) MgSO4
77. Metall nitrat dissotsilanishidan hosil bo‘lgan ionlar soni 4,5 mol, dissotsilanmagan molekulalar soni 3,01 ∙ 1023 ta ekanligi ma’lum. Eritmadagi kationning massasi 60 g bo‘lsa, necha gramm tuz suvda eritilganligini aniqlang. (α = 75 %)
A) 328 B) 296 C) 202 D) 170
|