Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi




Download 92.92 Kb.
bet3/19
Sana19.12.2022
Hajmi92.92 Kb.
#35954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
YANGI 2-kurs TEXNOLOGIK TA\'LIM Sirtqi....
8 MARUZA Ko’pyoqliklar haqida umumiy ma`lumotlar Ko’pyoqlar va, Akad yozuv 11-mavzu., qish, harflar, umk-loyihalash-lotin, proektnaya-kultura-studentov-v-kontekste-hudozhestvennogo-obrazovaniya, tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari reja, C da massivlar, Pul massasi va pul agregatlari-fayllar.org, Mamtqulova Mamura Turdavoy, Taqriz, меҳиржон байрами, 9-sinf monit. 1-ch Buxoro tuman Xaydarova Iroda, baliqlardi aziqlandiriw h osiriw tabiyiy h jasalma aziqlardan paydalaniw
2-modul. “Pedagogika tarixi”.
1-mavzu. Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Pedagogika tarixi” fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
2-mavzu. VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni. Diniy kitoblarning tarbiyaviy ahamiyati. Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi.
3-mavzu. Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji.
IX-XI asrlar – Sharq Uyg’onish davri. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida ta’limtarbiya masalalari. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari – pandnoma asar sifatida. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.
4-mavzu. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
Ijtimoiy haѐtning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri. So’fiylik ta’limotining ma’naviy haѐtga ta’siri. Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi. Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug’bek davrida maktab islohoti. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni.
5-mavzu. XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnihatga doir dastlabki qo’llanma sifatida. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
6-mavzu. XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati. Turkistonda maktablar tizimi. V.P.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati. Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzum maktablarining tashkil etilishi. Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari.
7-mavzu. 1924-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Turkiston o’lkasida ta’lim siyosati. 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani. 1945-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
8-mavzu. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji.
Mustaqill O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayѐrlash Milliy dasturi” – Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida. Mustaqqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir kontseptual fikrlarning ifoda etilishi. O’zbekiston Respublikasi rivojining yangi bosqichida ta’lim-tarbiya islohotlari: Sh. M. Mirziѐyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari.
9- mavzu. Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya. Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida. Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji. XII asrda Rossiyada pedagogik adabiѐtlarning nashr etilishi. Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. G’arbiy Yevropada maktab va pedagogik fikrlar. Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlang’ich ta’lim metodikasiga qo’shgan hissasi. Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi. Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
10-mavzu. XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi.
XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o’rni. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi.
11-mavzu. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. Ta’lim modellari. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.
3-modul. “Pedagogik mahorat”.
1-mavzu. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliѐtida o’qituvchi mahorati masalalari.
Pedagogik faoliyat va uning o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo’yilgan talablar. “Pedagogik mahorat” tushunchasi.
2-mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o’qituvchi mahorati masalalari.
3-mavzu. O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat.
Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari. Kommunikatsiya haqida tushuncha.
4-mavzu. Kommunikativ malakalar va ta’sir ko’rsatish.
Kommunikatsiya metodlari. O’qituvchining kommunikativ malakasi. Kommunikativ ta’sir etish yo’li. O’qituvchining kommunikativ madaniyati. O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari.
5-mavzu. O’qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi. Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari. Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati. Pedagogik nizo va uning sabablari. Pedagogik nizolarning oldini olish yo’llari.
6-mavzu. Pedagogik takt va pedagogik etika.
Takt va pedagogik takt haqida tushuncha. Takt va taktika. Pedagogik taktni qo’llash shartlari. Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi.
7-mavzu. Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi.
Pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Mimika. Pantomimika. O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari.
8-mavzu. Nutq texnikasi va madaniyati.
Nutq haqida tushuncha. Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika. Lektsik madaniyat. O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari.
9-mavzu. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish.
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati. O’qituvchining kun tartibi va ish o’rni. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo’nalishlari.
10- mavzu. O’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash.
O’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida.
11- mavzu. Pedagogika tajribani to’plash tizimi.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallar to’plash. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va ularni qo’llash metodlari.

Download 92.92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 92.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi

Download 92.92 Kb.