• III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotla) Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-modul. “Pedagogika nazariyasi”.
  • Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi




    Download 92.92 Kb.
    bet2/19
    Sana19.12.2022
    Hajmi92.92 Kb.
    #35954
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    YANGI 2-kurs TEXNOLOGIK TA\'LIM Sirtqi....
    8 MARUZA Ko’pyoqliklar haqida umumiy ma`lumotlar Ko’pyoqlar va, Akad yozuv 11-mavzu., qish, harflar, umk-loyihalash-lotin, proektnaya-kultura-studentov-v-kontekste-hudozhestvennogo-obrazovaniya, tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari reja, C da massivlar, Pul massasi va pul agregatlari-fayllar.org, Mamtqulova Mamura Turdavoy, Taqriz, меҳиржон байрами, 9-sinf monit. 1-ch Buxoro tuman Xaydarova Iroda, baliqlardi aziqlandiriw h osiriw tabiyiy h jasalma aziqlardan paydalaniw
    II. FANNING MAZMUNI
    Fanninig mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik fanining nazariy-tarixiy asoslari va o’qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida belgilangan talablar asosida uzluksiz ta’lim-tarbiya jaraѐnini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta’lim amaliѐtida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoѐn eta olishga o’rgatish. Fanning vazifasi: – talabalarni milliy va innovatsion pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga o’rgatish; – o’quv-tarbiya jaraѐnini samarali boshqarish, o’quv-me’ѐriy hujjatlar bilan ishlash hamda ta’lim olganlikni tashxis etish qoninuyat va tamoyillari bilan tanishtirish; -o’quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ish yo’nalishlari hamda rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarni o’qitish va rivojlantirish mazmunini o’zlashtirish; –milliy va jahon pedagogik fikrlari taraqqiѐti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; –global doirada ta’lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo’nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy o’ziga xosliklardagi umumiy ko’rinishlarni ochib berish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqlashtirish; –talabalarni o’qituvchi faoliyatida kasbiy mahoratning tutgan o’rni, mazmun-mohiyatiga doir nazariy bilimlar hamda pedagogik faoliyatning turli ko’rinishlarida o’qituvchining muomala madaniyati, o’quvchilar bilan aloqa o’rnatish va muloqotga kirisha olish metodikasini to’liq o’zlashtitirishlariga erishish.
    III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotla)
    Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-modul. “Pedagogika nazariyasi”.
    1-mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Ta’lim sohasidagi davlat siѐsatining asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari.
    2-mavzu. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari.
    Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.
    3-mavzu. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi.
    “Individ” va “shaxs” tushunchasi. Shaxs rivohlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni. Shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlari.
    4-mavzu. Yaxlit pedagogik jarayon.
    Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi. Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari. Pedagogik jara jarayon nda tarbiyaning mohiyati va maqsadi.
    5-mavzu. Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
    Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Ta’lim jarayonining mohiyati. O’qitish va o’rganish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim tamoyillari va qonuniyatlari.
    6-mavzu. Ta’lim mazmuni.
    Ilmiy-texnik jaraѐn va ta’lim mazmuni. Hozirgi vaqtda ta’lim mazmunini belgilashga doir asosiy g’oyalar. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar. Kompetentsiyaviy ѐndashuvga asoslangan Davlat ta’lim standarti. Yangi avlod darsliklarini yaratishga qo’yiladigan talablar. Darslikdagi o’quv materiallarini tizimlashtirish tamoyillari.
    7- mavzu. Ta’lim metodlari va vositalari.
    Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Ta’lim metodlarining mohiyati. Interfaol ta’lim metodlari. Evristik metodlar. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari. Ta’lim vositalari va ularning funktsiyalari. Interaktiv dasturiy vositalar.
    8- mavzu. Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
    Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari. Darsning turlari va tuzilishi. Nostandart darslar. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari. O’qituvchining darsga tayyorlanishi.
    9-mavzu. STEAM ta’lim (STEAM Education)
    STEAM – Science (fan), Technology (texnologiya), Engeneering (injeneriya), Mathematics (matematika) o’qitish: hayot ta’limi (STEAM Learning: Education for life). Transversal va tajribaga asoslangan ta’lim (Tranversal and experiental knowledge). STEAM shaxs rivojining ijodiy aspekti. Art (san’at) – STEAM kontseptsiyasi: Music (musiqa) – STEMM, Reading (o’qish san’ati) – STREAM. STEAM ta’lim dasturlari. STEAM texnologiyalarning ahamiyati. Geymifikatsiya: o’yin orqali o’rgatish (gamifasion: learning through play).
    10-mavzu. Iqtidorli o’quvchilarni o’qitish (Education of gifted children). Zamonaviy iqtidorlik kontsepsiyasi. Iqtidorli bola shaxsining o’ziga xosliklari. Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash. “Noosfera” modeli asosida iqtidorli o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish. TRIZ va ARIZ. Prezident maktablari. Ijod maktablari.
    11-mavzu. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. O’quv jaraѐnida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari.
    12- mavzu. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
    Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. 13- mavzu. Jamoa tarbiya ob’yekti va sub’ekti sifatida Jamoa tushunchasi. O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari. O’quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi va bosqichlari. O’quvchilar jamoasi rivojining asosiy shart-sharoitlari.
    14- mavzu. Tarbiyaning umumiy metodlari.
    Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
    15- mavzu. O’quvchilarning ilmiy dunѐqarashini shakllantirish. Aqliy tarbiya.
    Mustaqil fikrlash, ilmiy dunѐqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv-tarbiya jaraѐnining tarkibiy qismlari. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismlari. Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Aqliy tarbiya vositalari. Iqtisodiy tarbiya – o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida. O’quvchilarning ekologik tarbiyasi.
    16-mavzu. Fuqarolik tarbiyasi.
    Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. Huquqiy tarbiya. Yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.
    17-mavzu. Mafkuraviy tarbiya. Mafkuraviy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Mafkuraviy tarbiya shakl, metod va vositalari. Mafkuraviy tarbiya texnologiyasi. Neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyasi.
    18-mavzu. Ma’naviy-axloqiy tarbiya.
    Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’naviyaxloqiy tarbiya shakl va metodlari. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
    19-mavzu. O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi.
    Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari.
    20-mavzu. O’quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish. Axborot iste’moli madaniyati: mazmuni va mohiyati. Shaxsiy axborot xavfsizligi. O’quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish metodlari. O’quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish texnologiyasi.
    21- mavzu. Ta’lim muassasasi menejmenti.
    Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. Ta’lim muassasasini boshqarish. Ta’lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat. Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish. Ta’lim sifati monitoringi.
    22-mavzu. Xalqaro baholash dasturlari (Programme for the International Assesment)
    Xalqaro baholash dasturlarining me’yoriy asoslari. Xalqaro baholash dasturlari metodologiyasi. PISA – o’quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi. PIRLS – matnni o’qish va 6 tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot. TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring. ISILS – kompyuter va axborot savodxonligi bo’yicha xalqaro tadqiqot
    23- mavzu. Korrektsion pedagogika asoslari.
    Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog’i sifatida. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko’rish, nutqida nuqsoni bor bolalar. O’zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati.
    24-mavzu. Inklyuziv ta’lim (Inclusive education).
    Inklyuziv ta’lim siѐsatining huquqiy asoslari. Inklyuziv ta’lim tamoyillari. Muvaffaqiyatli inklyuziya resurslari. Inklyuziyaning komponentlari, mezonlari va ko’rsatkichlari. Inlyuziv ta’lim variantlari: doimiy, to’liq; doimiy, noto’liq; vaqtinchalik, qisman; epizodik; masofaviy ta’lim. Maktabgacha ta’lim muassasasida inklyuziv ta’lim. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish. Inklyuziv jaraѐnni boshqarish. Individual ta’lim dasturlari. Inklyuziv ta’limning maxsus usullari. Imkoniyati cheklangan bolalarni qo’llab-quvvatlashning pedagogik metodlari. Inklyuziv ta’lim sharoitida tyutorlik amaliyotini tashkil etish.

    Download 92.92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 92.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi

    Download 92.92 Kb.