Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida




Download 41.5 Kb.
bet4/6
Sana24.03.2017
Hajmi41.5 Kb.
#1868
1   2   3   4   5   6
III. Xizmatning funksiyalari

5. Quyidagilar Xizmatning asosiy funksiyalari hisoblanadi:


Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idoraning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ishlash;
ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, bulletenlar, obzorlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;

idora faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e'lon qilish, tele va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;

idora rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, musohabalari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;

idora faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Idora rahbariyatiga axborot berish uchun e'lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma'lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun idora faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma'lumotlar bankini tashkil etish;
idora faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
internet tarmog‘ida idoraning veb-saytini tashkil etish va uni zamonaviy darajada saqlash.

6. Xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining idora faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.





Download 41.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 41.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida

Download 41.5 Kb.