V. Xizmat faoliyatini tashkil etish




Download 41.5 Kb.
bet6/6
Sana24.03.2017
Hajmi41.5 Kb.
#1868
1   2   3   4   5   6
V. Xizmat faoliyatini tashkil etish

8. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga ko‘ra idora rahbari tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.

9. Xizmat faoliyati idora rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ishlar rejasi asosida tashkil etiladi.

10. Xizmatni idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshqaradi. Xizmat rahbari ayni bir vaqtda idora rahbarining matbuot kotibi hisoblanadi.

Xizmat rahbari:

Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, idoraning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;

Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta'minlaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Xizmat xodimlarining malakasini va kasb bo‘yicha saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

11. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



12. Xizmat faoliyatining axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport ta'minoti, shuningdek uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish idoraning tarkibiy bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 41.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 41.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V. Xizmat faoliyatini tashkil etish

Download 41.5 Kb.