|
Pensiya miqdori qanday hollarda qayta hisoblab chiqiladi?
|
bet | 10/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet17. Pensiya miqdori qanday hollarda qayta hisoblab chiqiladi?
49-modda. Pensiyalarni qayta hisoblash shartlariPensiyalarni qayta hisoblash:pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;nogironlik guruhi o‘zgarganda;boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda;pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda;(49-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
(49-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajid qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik m an kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
18. Qanday hollarda murojaatlar ko‘rmasdan qoldiriladi?
29-modda. Murojaatlarni ko‘rmay qoldirishQuyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
|
| |