|
Yuridik shaxsning huquq layoqati qachon vujudga keladi?
|
bet | 47/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet73. Yuridik shaxsning huquq layoqati qachon vujudga keladi?
41-modda. Yuridik shaxsning huquq layoqatiYuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi.Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi (ushbu Kodeks 44-moddasining to‘rtinchi qismi) va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi (ushbu Kodeks 55-moddasining o‘ninchi qismi).Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi.Yuridik shaxs qonunda ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishi mumkin.Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 42-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishiYuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi.Mulkdorlar, xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi subyektlari yoxud ular vakil qilgan shaxslar yuridik shaxslarning muassislari hisoblanadi.
74. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi?
3-modda. Tadbirkorlik tushunchasiTadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) — qonun hujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) yo‘li bilan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyat.Tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor).
75. Soliq nazoratining shakllarini tushuntiring? «Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
soliq to‘lovchilarni hisobga olish;soliq solish obektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obektlarni hisobga olish;byudjyetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni hisobga olish;kameral nazorat;xronometraj ko‘zdan kechirish;xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring;soliq tekshiruvlari;mavzuli ekspress-o‘rganish;fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish; boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish;soliq monitoringi».
|
| |