|
Soliq solish ob’ektini tushuntiring?
|
bet | 46/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet71. Soliq solish ob’ektini tushuntiring?
238-modda. Soliq solish obyekti
Quyidagilar soliq solish obyektidir:
1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish;
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o‘tkazish;
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o‘zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi;
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).
72. Qonunchilikka ko‘ra dotatsiya nima?
Dotatsiya (lot. dotatio — tuhfa) — 1) maʼlum harajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir subʼyekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablagʻi berilishi. Dotatsiya, odatda, davlat byudjetidan ajratiladi. Ammo firmalar, korporatsiyalar va uyushmalar oʻz tarkibiga kiruvchi turli boʻlinma va shoxobchalarga ham moliyaviy koʻmak tariqasida dotatsiya beradi. Dotatsiyadan maqsad moliyaviy koʻmakka muxtojlarning qoʻshimcha harajatlarini qoplab, ularning daromad va harajatlarini muvofiqlashtirishdir. Byudjetdan beriladigan dotatsiya aholini ijtimoiy himoyalashni ham moʻljallaydi. Bunda korxona va tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovar va xizmatlarni arzon narxda sotishidan kuradigan zarari qoplanadi. Oʻzbekistonda bozor islohotlarining dastlabki kezlarida barcha aholini qimmatchilikdan himoya etish uchun isteʼmol tovarlari xalqqa arzon narxda sotilib, bundan koʻrilgan zarar davlat byudjeti dotatsiyasi hisobidan qoplandi. Shuningdek, kommunal uy-joy xizmatlariga ham dotatsiya berildi. Bunday dotatsiya uchun 1988-yilda Oʻzbekistan Respublikasi byudjetidan 14,4 mlrd. soʻm, 1999-yil esa 19,3 mlrd so'm dotatsiya ajratildi; 2) muayyan fuqaro yoki alohida tashkilotlarga koʻrilgan zararni qoplash yoki belgilangan maqsadlar uchun davlat tomonidan pul mablagʻlarining ajratilishi.
|
| |