Davlat-xususiy sheriklik tushunchasiga ta’rif bering?




Download 71,39 Kb.
bet39/47
Sana18.07.2024
Hajmi71,39 Kb.
#267810
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
elyor otvet

61. Davlat-xususiy sheriklik tushunchasiga ta’rif bering?
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma’qullanganUshbu Qonunning maqsadi davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan konsessiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarga va davlat xaridlari sohasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. onsessiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek konsessiya shartnomalarini tuzish ushbu Qonunda davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 2-modda. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikDavlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Oldingi tahrirga qarang.Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;davlat-xususiy sheriklik loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi — davlat sherigi va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlangan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tanlovni asoslab beradigan, loyihaning qiymatini, loyihani moliyalashtirish manbaini hamda rentabelligini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini o‘z ichiga olgan hujjat;davlat-xususiy sheriklik obyekti — loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, ekspluatatsiya qilinishi va xizmat ko‘rsatilishi davlat-xususiy sheriklik loyihasini ro‘yobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, yer uchastkalari, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim bo‘lgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar;davlat-xususiy sheriklik obyektidan erkin foydalanilishi uchun to‘lov — davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik obyektidan foydalanish (uni ekspluatatsiya qilish) va (yoki) ushbu obyektga xizmat ko‘rsatish davrida undan erkin foydalanilishini ta’minlaganlik uchun xususiy sherikka davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari;konsessiya — davlat-xususiy sheriklikning shakllaridan biri bo‘lib, bunda davlat xususiy sherikka konsessiya shartnomasida nazarda tutilgan xo‘jalik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergan holda mol-mulkni va yer uchastkalarini taqdim etadi;maxsus loyihalashtirish kompaniyasi — tender g‘olibi, zaxiradagi g‘olib, xususiy tashabbuskor yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ishtirokchisi tomonidan faqat davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs;talabgor — davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan va tenderda ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi;foydalanganlik uchun to‘lov — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilardan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yig‘ib olinadigan to‘lovlar;
xususiy sherik — O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi.

Download 71,39 Kb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Download 71,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat-xususiy sheriklik tushunchasiga ta’rif bering?

Download 71,39 Kb.