Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlarini tushuntiring




Download 71,39 Kb.
bet38/47
Sana18.07.2024
Hajmi71,39 Kb.
#267810
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
elyor otvet

60. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlarini tushuntiring.
II. FERMER XO‘JALIGINI TAShKIL ETISh
5-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.Keyingi tahrirga qarang.Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)Keyingi tahrirga qarang.Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom” va nizomning 2-ilovasi.
6-modda. Fermer xo‘jaligini tashkil etish tartibi
Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.

Download 71,39 Kb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Download 71,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlarini tushuntiring

Download 71,39 Kb.