|
Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qaysi huquqiy ta’sir choralari faqatsud tartibida qo‘llaniladi?
|
bet | 37/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet58. Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qaysi huquqiy ta’sir choralari faqatsud tartibida qo‘llaniladi?
42-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashQonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi:faoliyatni tugatish;atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno;banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish;tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.Favqulodda holat sharoitida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 29-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 23-martda ma’qullangan
59. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkentshahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori qaysi holatdaqabul qilinadi?
4-bob. Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash tartibi55. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risida qaror loyihasi barcha mulkdorlarga tegishli kompensatsiya berilganidan keyin, shuningdek, turar va noturar joylar, ishlab chiqarish hamda boshqa bino va inshootlar amalda to‘liq bo‘shatib qo‘yilganidan so‘ng ikki ish kuni mobaynida tayyorlanadi.Ushbu qaror loyihasi adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Qaror loyihasini ko‘rib chiqishda adliya organlari tomonidan zarur hollarda boshqa tegishli hujjatlar talab qilib olinishi mumkin. Qaror loyihasini ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha xulosa berish muddati ikki ish kunidan oshmasligi lozim.56. Ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.57. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorida quyidagilar aks ettirilishi lozim:mazkur yer uchastkasi olib qo‘yilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori rekvizitlari;buzib tashlanishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining manzilli ro‘yxati;buzib tashlanishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlariga kompensatsiya to‘liq berilganligini tasdiqlovchi ma’lumot;har bir ko‘chmas mulk obyektining buzib tashlanishi boshlanish sanasi va buzib tashlash muddatlari;shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha talablar.Shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qurilish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.Keyingi tahrirga qarang.
58. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimining ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash haqidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida:Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish uchun yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallariga;tegishli soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilish uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yuboriladi;o‘zlarining rasmiy saytlari va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimining ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risida qabul qilgan qarori ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning tugatilishiga asos bo‘ladi.
59. Muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan uzishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent tuman (shahar) hokimlarining ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganidan so‘ng belgilangan tartibda ishlab chiqilgan texnik shartlarga asosan yo‘l qo‘yiladi.60. Ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash tashabbuskor tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga bevosita yoki pudratchi tashkilotni yollagan holda amalga oshiriladi. Mulkdor tashabbuskor bilan kelishgan holda o‘z mablag‘lari hisobiga ko‘chmas mulk obyektini o‘z hisobidan buzib tashlashi va qurilish materiallarini olib chiqib ketishi mumkin.
|
| |