|
Fermer xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari qancha muddatga ijaragaberiladi?
|
bet | 36/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet56. Fermer xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari qancha muddatga ijaragaberiladi?
11-modda. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibiFermer xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov asosida o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi ochiq elektron tanlov g‘olibi va tuman hokimi o‘rtasida bir ish kuni ichida imzolanadi. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi. Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
57. Qaysi vakolatli organlar qanday hollarda bank sirini talab qilishga haqli?
9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish .Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta’minlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra;tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin.
|
| |